Mavzu: Firma strategiyasini rejalashtirish



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə4/4
tarix06.06.2023
ölçüsü80,5 Kb.
#115649
1   2   3   4
Firma strategiyasini rejalashtirish

- har bir strategik maqsadni boshqarish uchun markazlar tashkil qilish;
har bir ishlab chiqarish bo’limlari va ularning rahbarlarini
strategik maqsadlarga qay darajada erishganligiga qarab, ularga baho berish va rag’batlantirish.
Strategiyani ishlab chiqish boshqaruvning yuqori pog’onasida amalga oshiriladi va quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi: kompaniyaning strategik maqsadlarini ishlab chiqish, uning imkoniyatlariga va resurslariga baho berish, marketing faoliyatining yo’nalishini tahlil qilish, faoliyatning alternativ yo’llariga baho berish, istiqbolga strategiyani aniqlash, batafsil operativ rejalarni va byudjetlarni tayyorlash va firmaning faoliyatiga baho berish.
Bu tizim quyidagilarni e’tiborga oladi:
- tashqi omillarni doimiy ravishda kuzatish va tahlil qilish (bozorning holati, ilmiy texnik, umumiqtisodiy, ijtimoiy holat);
- tahlil natijalarini va ularga baho berish natijalarini
firmaning yuqori pog’onadagi rahbariyatiga yetkazish.
Rahbariyat esa masalalarning yechilishiga va zaruriyatiga qarab, ularni
tartiblaydi:
a) xozirning o’zida ko’rib chiqiladigan eng zarur va muhim masalalar;
b) keyingi rejalangan davrda hal qilinishi mumkin bo’lgan o’rtacha
zarurli muhim masalalar;
v) doimiy nazoratni talab qiladigan muhim, lekin uncha shoshilinch
bo’lmagan masalalar;
g) e’tiborga loyiq bo’lmagan va hal qilinishi uncha shart bo’lmagan
masalalar.
Strategik boshqarish shuni ko’zda tutadiki, firma o’zining istiqbolga mo’ljallangan holatini maqsadlarning ustunligiga qarab aniqlaydi. Ana shuning uchun firmalarning quyidagi klassifikasiyalangan strategiyalari mavjud:
- bozor – mahsulot strategiyasi (mahsulot va texnologiyalarning
turlarini aniqlash, ularni sotish usullari va sohasi, mahsulotni raqobatga ega bo’lish darajasini oshirish yo’llarini aniqlash);
- marketing strategiyasi (maxsulotning bozordagi xolatini
kuchaytirish, maxsulotni realizasiya qilishning tadbirlarini ishlab chiqarish);
- raqobat bilan bog’lik bo’lgan strategiya (ishlab chiqarish
harajatlarini kamaytirish, mahsulot sifatini oshirish);
- tarmoqlarni boshqarish strategiyasi (firmaning yuqori
boshqarmasi yangi tarmoqlar hisobidan faoliyat turlarini va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni diversifikasiya qilish maqsadida faoliyat turlarini va mahsulot nomenklaturasini doimiy nazorat ostiga oladi);
- yangilik kiritish strategiyasi (innovasion siyosat) (yangi texnologiya
va yangi mahsulot turini ishlab chiqish uchun yo’naltiriladigan ishlar);
- kapital quyilmalar strategiyasi (firmaning faoliyati natijasida
mahsulotlarni ishlab chiqarish miqyosida kattaligiga qarab kapital quyilmalar darajasini aniqlab borish);
- rivojlanish strategiyasi (firmaning rivojlanish va ishlash
darajasini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan maqsadlarni ishlab chiqish);
- o’ziga qamrab olish strategiyasi (boshqa kompaniyalarning
aksiyalarini sotib olish);
- chet elda mablag’ sarflash strategiyasi (chet elda o’zining
korxonalarini tashkil qilish);
eksport faoliyatini kengaytirish strategiyasi;
- tashqi iqtisodiyotga tarqalish strategiyasi (ekspansiya) (chet elda
ishlab chiqarishni tashkil qilish, uchinchi mamlakatlarga mahsulotlarni va xizmatlarni eksport qilish, chet elda lisenziyalashtirish).
Strategik-boshqaruv qarorlari ko’p xollarda firmani boshqarish prinsiplariga, uni rivojlanish istiqbollariga va rejalashtirishning qabul qilingan usullariga bog’liq. Xozirgi sharoitda boshqarishning quyidagi uslublari va prinsiplari keng tarkalgan:
- nazorat ostida boshqarish ishlatiladi, qachonkim istiqbolda bir
maromdagi rivojlanish nazarda tutilsa; moliyaviy nazorat ishlatiladi;
ekstrapolyasiya asosida boshqarish (narsa yoki hodisaning bir qismini
kuzatish asosida olingan hulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tadbiq etish) ishlatiladi, qachonkim istiqbolda o’tgan davrdagidek rivojlanish tendensiyalar nazarda tutilayotgan bo’lsa; bu maqsadda joriy byudjetlarni, kapital quyilmalar byudjetini tuzish, maqsadli boshqarish, uzoq muddatli rejalashtirish amalga oshiriladi;
- prinsipial yangi bo’lgan strategiyani ishlab chiqish asosida
boshqarish ishlatiladi, qachonkim boshqarishning yangi uslublari va prinsiplarini qabul qilishni talab qiladigan, rivojlanishning yangi tendensiyalariga zarurat tug’ilsa va qachonkim yangi strategik holatlarni (pozisiyalarni) ishlab chiqish hamda davrlar bo’yicha strategik rejalarni ishlab chiqish qo’llanilsa.
- operativ Qarorlar kabul qilish asosida boshqarish ishlatiladi,
qachonkim rivojlanishning ko’zda tutilmagan holatlari va tendensiyalari behosdan paydo bo’lsa.
Read 1016 times
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Bagiev GL, Tarasevich VM, Enn H. Marketing: Universitetlar uchun darslik. 3 -nashr. / Jami. ed G. L. Bagieva. - SPb.: Piter, 2007.- 736 p.: Kasal. - ("Universitetlar uchun darslik" seriyasi)
3. Marketing: lug'at / Azoev G.L. va boshqalar - M., 2000
4. "Marketing" fanidan kurs ishini bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatma / Ufimsk. davlat Aviatsiya texnologiya un-t; Tuzuvchi: M.A. Bronnikov, U.G. Zinnurov, E.V. Kuznetsova. - Ufa, 2010.- 103 b.
5. Sayt materiallari http://lwww.lesprominform.ru/advertiser.html
Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə