Mavzu: Fizika ta`limida interfaol metodlar Reja: I. Kirish II. Asosiy qisim


Interfaol metodlardan foydalanib fizikani o`qitish



Yüklə 36,38 Kb.
səhifə5/5
tarix01.06.2023
ölçüsü36,38 Kb.
#114970
1   2   3   4   5
Fizika ta`limida interfaol metodlar

Interfaol metodlardan foydalanib fizikani o`qitish
Impulsning saqlanish qonuni reaktiv harakatning asosini tashkil etishi, kosmosni o'zlashtirishdagi fan – texnika yutuqlar haqida ma'lumotlar berilishi o'quvchilarning dunyoqarashini rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir.
“Elektr energiya”, “Elektr tokining ishi” mavzulari, ish tushunchasini o'quvchilarga tushuntirishda foydalaniladi. O'shanga qiyoslab kuchning bajargan ishi, potensial va kinetik energiya tushunchasi beriladi.
Bu yerda kuchning bajargan ishi formulasi qaysi hollarda A=F*S va qaysi hollarda esa A=F*A Cosa ko'rinishda yozilishi izohlab beriladi. Potensial energiya jism massasiga va uning ko'tarish balandligiga bog'liqligi, kinetik energiya esa jism massasi va uning tezligiga bog'liqligi tushuntirilgandan keyin masalalar yechish bilan mavzu mustahkamlanadi. Mexanik energiyaning aylanish va saqlanish qonuni tushuntirishda 5-rasmdan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda jismning eng yuqoriga ko'tarilishi balandligining yarmida potensial energiya bilan kinetik energiya Wp=Wk teng bo'lishini o'quvchilarga o'qtirilishi zarur. Keyin albatta mexanik energiyaning saqlanish qonuni E=Wk+Wp=Const ifodasi berilib uning ta'rifi aytiladi.
Wp (max) = mgH
Suyuqlik va gazlar mexanikasi asoslari mavzusi mohiyatini ochib berish, saqlanish qonunlarining qo'llanishiga tayaniladi. Shuning uchun ham ushbu mavzu saqlanish qonunlaridan keyim berilmoqda. Umuman suyuqlik va gazlar mexanikasi asoslari bo'limini o'quvchilar tushunib olishlari uchun murakkablik qilmaydi, chunki har bir nazariy tushunchalarni sodda tajribalar o'tkazish yo'li bilan tez o'zlashtirib olish imkoniyati mavjud. Quyida beriladigan savol va masalalarni dars va darsdan tashqari vaqtlarda yechish o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o'stirishda g'oyat muhim rol o'ynaydi.
1. Suyuqlikning zichligi qanday aniqlanadi? Tajribani o'tkazish rejasini tuzing.
2. Berilgan yog'och taxtacha massasini taxminan qanday aniqlash mumkin?
3. Alyumin folga yaproqchaning qalinligi mikrometrsiz qanday aniqlanadi?
4. Idishga 0,5 m balandlikda kerosin quyilgan. Idish tubidagi kerosin qatlamining bosimi qancha?
5. Agar suv sathidan chuqurligi 8 sm bo’lsa, idish tubidagi suvning bosimi qancha bo'ladi?
6. Shlyzning kengligi 10 m, 5 m chuqurlikgacha suv to'lgan. Shlyz darvozasini suv qancha kuch bilan bosadi? (Izoh: bosimning o'rtacha qiymatini toping).
7. Sisterna neft bilan to'ldirilib 4 m chuqurlikgacha kran qo'yilgan, uni yuzasi 30 sm2. Neft kranga qanday kuch bilan bosadi?
Arximed kuchi, ya'ni suyuqlik tomonidan qattiq jismga ta'sir etuvchi, itarib chiqaruvchi kuchni topish talab qilinadigan sodda hisoblash hamda yuqorida keltirilgan sifatga oid masalalar yechiladi. So’ngra o'qituvchilarga jismning og’irligini siqib chiqarilgan suyuqlik yoki gazning og'irligi bilan taqqoslash tavsiya qilinib, masalalar bir muncha murakkablashtirib beriladi, bu esa jismlarning suzishi haqidagi masalalarni yechishni osonlashtiradi. Dastlab masalalar siqib chiqarilgan suyuqlik (gaz)ning massasi va og'irligini mos ravishda
M= p * v;
P = 9,8 H/ kg * m
formulalar bo'yicha ketma–ket aniqlanib savollar bilan yechiladi. O'quvchilar Arximed kuchini aniqlashning bu usulini o'zlashtirib olganlaridan so'ng ularni F=9,8* pv umumiy formula bilan tanishtirish mumkin, bu yerda p-zichlik, v-hajm, (siqib chiqargan suyuqlikning hajmi). Jismlarning suyuqliklarda suzish haqidagi masalalarni yechishda suyuqlik hajm birligining itarib chiqaruvchi kuchi tushunchasini kiritish mumkin. Ushbu tushunchani gazlarga nisbatan qo'llashni osonlashtiradi, gazlarda esa bu tushunchaning kiritilishi majburiydir. Arximed kuchi mavzusini yoritishda quyidagi eksperimental masalalarni yechish ham yaxshi natija beradi.
Masalan: rezinka ipga kartoshka bog'lang va uni suvga tushuring, ipning qancha santimetrga qisqarganini belgilang. Kartoshkaning bir qismini, so'ngra kattaroq hajmdagi kartoshkani suvga botirib, tajribani takrorlang. Itarib chiqaruvchi kuch botirilgan jismning hajmga qanday bog'langan?
Rezinka ipga bog'langan kartoshkani kerosinga, toza va sho’r suvga tushurib, itarib chuqaruvchi kuchning suyuqlik zichligiga bog'liqligi haqida xulosa chiqaring. Dastlab mexanik tebranishlar o'rganiladi, so’ngra uning timsolida asosiy tushunchalar: ampilituda, davr va chastota kiritiladi va tebranma harakatning muhim qonunlariga qarab chiqiladi. Matematik mayatnikning tebranish davri formulasi
amaliy maqsadlar uchun, faqat ipning vertikaldan uncha katta bo'lmagan og'ish burchaklari (≡30) uchun o'rinlidir.
O'quvchi quyidagi formulaning qanday yozilishini esdan chiqardi:
U yoki bu formulaning to'g'riligini tasdiqlovchi dalillar keltiriladi.
1-usul. Tajribadan ma'lumki, uzun mayatnik kalta mayatnikka nisbatan katta tebranish dabriga ega; demak, 1 kattalik ildiz ostidagi kasrning suratiga tushishi kerak. Tezlanish g qancha katta bo'lsa, tezlik shuncha katta va tebranish davri esa shuncha kichik bo'ladi. Demak, g kattalik kasrning maxrajida turishi izohlanadi.
2-usul. Ushbu ifodalarning halqaro birliklar sistemasidagi o’lchamini aniqlang.
Davr vaqt birligiga ifodalangani uchun ikkinchi formula to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qilish kеrak. Prujinaga osilgan yukning tеbranishini umumiy va o’ziga xos tomonlarini aniqlash uchun matеmatik mayatnik tеbranishlari bilan solishtirish foydalidir. Massasi m bo’lgan prujinaga osilgan yukning tеbranishlar davFormula bo’yicha aniqlanadi. Agar k ning qiymati ma'lum bo’lsa, bu formuladan turli garmonik tеbranishlar davrini aniqlash mumkin. Elastik tеbranishlar k – birlik koeffitsiyenti matеmatik mayatnik tеranishlari uchun esa
tеbranma harakatda enеrgiyaning bir turdan boshqa turga aylanish haqidagi masalalardan asosan kinеtik enеrgiyaning potеnsial enеrgiyaga aylanishi qaraladi. Biroq so’nuvchi tеbranishlardan esa mеxanik enеrgiyaning ichki enеrgiyaga aylanishi hisobga olinadi. Shundan so’ng majburiy tеbranishlar, rеzons, mеxanik to’lqinlar, to’lqinlarning turlari (ko’ndalang va bo’ylanma), to’lqin uzunligi, uning tarqalish tеzligi va davri (chastotasi)ga bog’liqligi bеriladi. Yuqoridagi mavzularni mustahkamlash uchun masalalar yеchishda quyidagilarga amal qilinadi:


Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi-o’quvchilarning muloqot olib borish bo’yicha ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi, o’quvchilar orasida emostional aloqalar o’rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o’z o’rtoqlarining fikrini tinglashga o’rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, amaliyotdan ma’lum bo’lishicha, dars jarayonida interfaol metodlarni qo’llash o’quvchilarning asabiy zo’riqishlarini bartaraf qiladi, ular faoliyatining shaklini almashtirib turish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga jalb qilish imkoniyatini beradi.
Interfaol mashg’ulot turlari ko’p bo’lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda ko’zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko’riladi. Interfaol mashg’ulotda ishtirok etish uchun o’quvchilarning tayyorliklariga o’ziga xos talablar qo’yiladi, bular mashg’ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o’zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o’zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o’z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko’nikmalari va boshqalardan iborat.
Mashg’ulotda vaqtdan unumli foydalanish zarur shart hisoblanadi. Buning uchun zarur vositalarni to’g’ri tanlash, tayyorlash hamda mashg’ulot o’tkazuvchilar va ularning vazifalari aniq belgilangan bo’lishi lozim. Interfaol metodlar bilan an’anaviy ta’lim usullari orasida o’ziga xos farqlar mavjud bo’lib, har bir o’qituvchi bu farqlarni qiyoslashi, ularning bir-biriga nisbatan afzalliklari va kamchiliklarini darsni rejalashtirish va uni o’tkazish usullarini tanlashda to’g’ri hisobga olishi zarur.
Bunda yangi bilimlarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qo’llash mashg’ulotlarida hamda o’quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu bo’yicha mashg’ulot uchun eng maqsadga muvofiq bo’lgan interfaol yoki boshqa metodlarni to’g’ri tanlash nazarda tutiladi.
Adabiyotlar

1.Karimov I. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. T., 2008


2.Barkamol avlod orzusiT.,2000.
3.Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari.T.: “O’zbekiston”,2008
4.Zunnunov A. Hotamov N. Adabiyot o’qitish metodikasi. T., 1992
5.Dolimov S. Ubaydullayev H. Adabiyot o’qitish metodikasi. T., 1967
6.Yo’ldoshev Q. Adabiyot o’qitishning ilmiy-nazariy asoslari. T., 1996
7 .To’xliyev B.Adabiyot o’qitish metodikasi.T., 2006.
8.Yo’doshev Q. Yoniq so’z. T.: “Yangi asr avlodi”, 2006.




Yüklə 36,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə