Ma`ruza №4
Mavzu:. Freymlar JavaScript ning qo`llanilishi
Freymlar
Reja:
Javascriptning asosiy hususiyatlari haqida tushuncha.
Freymlar haqida tushuncha
Tayanch so`z iboralari: NOFRAME, FRAME, FRAMESET, Freymlar, Jadvallar, Javascriptning asosiy hususiyatlari
Freymlar (frames) brauzer oynasini bir necha qismga bo’lish uchun ishlatiladi, va xar bir qism bu aloxida HTML-hujjat (freym)dir. Odatda freymlardan sayt bo’ylab navigastiya qilish ya’ni navigastion menyularni yaratish uchun foydalaniladi. Lekin ko’p veb-yaratuvchilar freymlardan iloji boricha kamrok foydalanishga xarakat qilishadi. Freymlarni juda xam zarur bo’lgan xoldagina ishlating.
Freymlar yaratish va ular bilan ishlash uchun zarur elementlar:
FRAMESET
|
Hujjatni saxifada freymlar joylashuvi va razmeri kabi freymli (oynali) strukturasini belgilaydi
|
FRAME
|
Freym va uning FRAMESET-struktura ichidagi xossalarini belgilaydi
|
NOFRAME
|
Brauzer freymlar bilan ishlay olmagan xolatda foydalanuvchiga ko’rsatiladigan ma’lumotlarni belgilaydi
|
Izoxlar:Yuqorida sanab o’tilgan elementlar BODY elementnidan tashqarida bo’lishi kerak. Freymlar bilan ishlash uchun yana bir element mavjud bu IFRAME elementidir. Lekin u brauzerlarning avvalgi versiyalarda to’g`ri namoyish etilmasligi sababli ushbuqo’llanmada ko’rib o’tilmaydi.
|