Mavzu: Futbol sport turining gender xususiyatlari Reja: Kirish


SPORT FАOLIYATI PSIXOLOGIYASI



Yüklə 39,36 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü39,36 Kb.
#137652
1   2   3
34 Futbol sport turining gender xususiyatlari

SPORT FАOLIYATI PSIXOLOGIYASI
Sobiq Chexoslovakiyada psixolog olimlar motivatsiya muammolarini ishlab chiqqan bo‘lib, ushbu masala sporchi va sport trenerlarini psixodiagnostikadan o‘tkazish usullariga asoslangan edi (Vanek, Goshek, Svoboda, Mosak va boshqalar). Bolgariyadagi olimlar sportchini psixologik jihatdan tayyorlash va guruhlar psixologiyasi bilan bog‘liq muammolarni o‘rgandilar (F. Genov boshqalar). Kubada esa sportchilarni psixologik tayyorlashning turli jihatlari chuqur o‘rganilgan (R. Martines, K. Kanoti va boshqalar). Rus olimlari I.M. Sechenov, P.F.Lesgaftlar o‘z ilmiy ishlarida inson psixikasining rivojlanishiga uning harakatlari nihoyatda muhim ta’sir ko‘rsatishini isbotladilar. I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqidagi ta’limoti sport psixologiyasi muammolarini hal etishda keng qo‘llanildi. MDHda sport psixologiyasiga oid dastlabki tadqiqotlar professor P.A.Rudik tomonidan amalga oshirilgan edi. Uning tadqiqotlari mashqlarning tahliliga va harakat reaksiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan edi. 1958-yilda u jismoniy tarbiya institutlari uchun psixologiya va sport psixologiyasi bo‘yicha ilk darslikni yozgan. Professor A.S.Puni musobaqalarning sportchi psixikasiga ta’sirini o‘rgangan. Shuningdek MDHda sport psixologiyasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan ilk qaldirg‘ochlar sifatida T. Strelsov, G.M. Gagayeva, O.A.Chernikova va boshqalarni alohida e’tirof etish mumkin. 1913-yildan so‘ng, 1965-yilda Rimda sport psixologiyasi Kongressi qaytadan tashkil etildi. Ushbu kongressda Sport psixologlarining xalqaro jamiyati (SPXJ) tashkil topdi va u doimiy faoliyat yurituvchi organini, shuningdek jamiyat Prezidenti – F. Antonellini sayladi (Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti). Sport psixologiyasi haqidagi ma’ruzalarni 1972-yil Myunxenda bo‘lib o‘tgan ilmiy Olimpiya Kongressi, 1979-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan “Bugungi jamiyatdagi sport” mavzuidagi Xalqaro Kongress dasturlarida ham uchratish mumkin. Shuningdek, sport psixologiyasi bo‘yicha 1991-yil Kyoln shahrida, 1992-yil Moskva shahrida, 1994-yil Rostov-Don shahrida va nihoyat yana 1995-yil Moskva shahrida, 2016-yil Iokogoma shahrida Xalqaro Kongresslar o‘tkazilgan. O‘zbekistonda sport psixologiyasi fan sifatida dastlab O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining pedagogika va psixologiya Oybek Hayitov SPORT FАOLIYATI PSIXOLOGIYASI 15 kafedrasi bazasida shakllangan. Dotsent L.E. Lebedyanskaya 1962- yildan 1972-yilga qadar “Sport psixologiyasi”ning metodologik asosini ishlab chiqqan. Kafedra tashabbusi bilan 2009/2010-o‘quv yilida 5210200 – Psixologiya (sport) bakalavr ta’lim yo‘nalishi ochilgan va sport psixologlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgi kunda fanda sport psixologiyasi sohasiga berilgan ta’riflar xilma-xil bo‘lsa-da, ammo ularning barchasida ushbu soha psxologiya fanining sohasi sifatida qayd etiladi. Jumladan: Sport psixologiyasi – bu sportda turli xil psixologik mexanizmlarning shakllanishi va namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganadigan psixologik fan sohasidir,(Wikipedia, 2021-y.). Sport psixologiyasi – bu birinchi navbatda, maxsus sharoitlarda sport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxsning xususiyatlarini o‘rganadigan psixologiya fani sohasidir (V.A. Rodionov, A.V. Rodionov, V.G. Sivitskiy, 2019-y.) Sport psixologiyasi – bu sport tadbirlari va mashg‘ulotlari jarayonida inson psixikasiga daxldor musobaqa oldi hamda musobaqa vaqtidagi o‘zgarishlarni dinamik tabiatining psixologik qonuniyatlarini o‘rganadigan fanning sohasidir (D.N. Arzikulov, N.Sh. Umarova, 2018-y.). Sport psixologiyasi – psixologiya sohasi bo‘lib, u sport musobaqalari va mashqlar vaqtida inson psixikasining holati, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiladi (E. G‘oziyev). Sport psixologiyasi boshqa psixologiya sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Jumladan, umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib boradi. Bu fan sportchilarning sportda yuqori natijalarga erishishlari yo‘lida xizmat qiladi. Kishilarning sport faoliyati uning boshqa faoliyat turlaridan farq qiladi. Sport faoliyatining asosini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari Oybek Hayitov SPORT FАOLIYATI PSIXOLOGIYASI 16 va sport psixologiyasi fanining asosiy vazifasi sportchilarni sport musobaqalarida qatnashishga tayyorlashdan iborat. Bu tayyorgarlik jarayon sportchilardagi maxsus jismoniy sifatlarni, ko‘nikmalarni, qobiliyatlarni shakllantirish, bilimlarni o‘stirish, jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yеngish kabilarga paydo bo‘ladigan jismoniy va ruhiy tayyorgarlik uslublarini yanada takomillashtirishni talab qiladi. Shuningdek, sport psixologiyasi fani sportchining o‘z guruh a'zolari bilan o‘zaro to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatish yo‘llarini ko‘rsatadi. Sportchining jismoniy, psixologik, taktik, texnik tayyorgarligini ham o‘rganadi. Sport psixologiyasi har bir sport turini (masalan, futbol psixologiyasi, suzish psixologiyasi, musobaqa faoliyatining psixologiyasi) alohida o‘rganadi. Sport psixologiyasi fanining rivojlanish tarixi juda qisqa bo‘lib, o‘tgan asrning 60-yillarini oxiriga kelib rivojlana boshlagan. Sobiq ittifoq davrida mazkur fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va ilmiy-tadqiqot ishlari Rossiya olimlari tomonidan yozilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ham sport psixologiyasi fani bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmalar yozilmoqda. Sport psixologiyasining paydo bo‘lishining birinchi bosqichida jismoniy mashq bilan shug‘ullangan kishilarning psixik jarayoniga ta’siri (aqliy, irodaviy) o‘rganilgan bo‘lsa, asta-sekin kishilarning boshqa xususiyatlariga ta’sir etishi, masalan, sportchining harakat malakalari, hissiy-irodaviylik sifatlari, startdan oldingi psixik holati, malakalarining aftomatlashish shakllari kabilar ham o‘rganila boshlandi. Ikkinchi bosqichda sport psixologiyasi fan sifatida pedagogik jarayonlarida qo‘llanila boshladi. Sportchilarning bilish jarayonlari psixologiyasi shakllantirildi, sportchilarning irodaviy sifatlarini tarbiyalash, musobaqaga psixologik jihatdan tayyorlash mexanizmlari ishlab chiqildi. Natijada sportda psixodiagnostika sohasi paydo bo‘ldi. Bu bosqichda ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari bajarilgan. Sportchilarni umumiy psixologik tayyorlash masalalari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Sportchilarning texnik, jismoniy, psixologik va taktik tayyorgarligini, sportchi shaxsini, sportchilar jamoasini takomillashtirish masalalarini hal qilishga erishildi.
Sport psixologiyasi sportda paydo bo‘ladigan muammoli vazifalarni to‘g‘ri hal etish uchun quyidagilarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. 1. Sport faoliyatining sportchilar psixologiyasiga ta’sirini o‘rganish: - sport musobaqasi jarayonini psixologik jihatdan tahlil qilish (sport turlarini alohida va umumiy tahlil qilish); Oybek Hayitov SPORT FАOLIYATI PSIXOLOGIYASI 18 - sport mashg‘uloti va musobaqasining sportchi xarakteriga ta’sirini o‘rganish; - sportchilarning axloqiy va irodaviy sifatlarini o‘rganish; - sport faoliyatining shart-sharoitlarini psixologik tahlil qilish; - sportchilarning o‘zaro munosabatlarini va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish. 2. Sport mashg‘ulotini sifatli tashkil qilish maqsadida maxsus psixologik ko‘rsatmalarberish: - sport mashg‘uloti jarayonini sifatli tashkil qilish uchun sport anjomlari bilan ta’minlash; - sportchi organizmining yuqori darajada ishchanligini ma'rifiy faolligini o‘stirish yo‘llarini topish; - sportning alohida turlari uchun yangi psixogik usullardan foydalanish. Masalan, psixodiagnostika uslublari yordamida sportchining ijtimoiy va moddiy sharoiti, muhit, bilish jarayonlari, sport qobiliyatlari kabilar o‘rganiladi. 3. Sportchining oldingi holatdagi psixologik xususiyatlarini o‘rganish Sportchi yil davomida musobaqaga yuqori darajada tayyorgarlik ishlarini olib borsa, yillik yuklama mashg‘ulotlarini ilmiy asosda rejalashtirsa, bu musobaqada faol ishtirok qiladi va yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Sportchining musobaqadan oldingi tayyorgarlik holatini quyidagi psixolik jihatlariga alohida e’tibor berish kerak: - yuqori darajada ishchanlilikni vujudga keltirish, musobaqaga chidamlilikni o‘stirish uslublaridan foydalanish; - sportchining musobaqadan oldingi va musobaqa jarayonidagi psixik holatini o‘rganish; - noqulay psixologik holatdan chiqib ketish yo‘llarini izlab topish; - sportchilarning psixologik tayyorgarlik va chiniqish uslublaridan foydalanish. Oybek Hayitov SPORT FАOLIYATI PSIXOLOGIYASI 19 4. Sport faoliyatini insonparvarlashtirish maqsadida psixologik muhit va shart-sharoitlarni vujudga keltirish Agar sport faoliyati insonparvarlashtirilsa, sportchilar orasida tan jarohati olish kamayadi, psixik toliqish, zo‘riqish va har xil kasalliklarga chalinishning oldi olinadi. Hamda sportchilarning garmonik rivojlanishi uchun yordam bo‘ladi. Bu masalalarni to‘g‘ri hal qilishda sportchilar hayotida ozodalik va gigiyenik ishlarni tashkil qilish yaxshi natijalar beradi. Sport faoliyatini insonparvarlashtirish masalalarini ijobiy va to‘g‘ri hal qilish uchun sport psixologiyasi quyidagi vositalardan foydalanishni tavsiya qiladi: - sport faoliyatining ichki tomonlarini va sport jamoasi sportchilarining o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini o‘rganish; - sport faoliyati motivlarining tuzilish konuniyatlarini o‘rganish; - sportchi faoliyati psixik holatning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish. 5. Sport jamoasidagi o‘zaro ijtimoiy-psixologik munosabatlar jarayonini, sport guruhlarini boshqarishni va guruh sportchilarini boshqaruvchilik qobiliyatlarini shakllantirish: - sport komandasi va guruhlardagi ichki mexanizmlarining qonuniyatlarini o‘rganish (his etish, milliy mafkura, qadriyatlar), boshqarish uslubiyatlarini ishlab chiqish; - sport komandalaridagi liderlik masalalari va ularning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish; - sportchining xulq-atvorini, qiziqishlarini va ijtimoiy-psixologik motivlarini o‘rganish; - sport musobaqalarida sportchining muvaffaqiyatli qatnashishida murrabiy va boshqa shaxslarning ta'sirini o‘rganish.
Хulоsа
1. Hukumаtimizning jismоniy tаrbiya vа spоrtgа оid qаtоr hujjаtlаridа хаlqimiz milliy qаdriyati bo‟lmish milliy spоrt turlаri vа хаlq o‟yinlаrini rivоjlаntirishgа аlоhidа e‟tibоr bеrilаyotgаnligi yosh аvlоddа milliy аn‟аnаlаrimiz, jumlаdаn, milliy spоrt o‟yinlаrigа nisbаtаn qiziqish, fаоl ijоbiy munоsаbаt, jismоniy fаоliyatgа nisbаtаn mоtivаtsiyani shаkllаntirishgа shаrоit yarаtаdi. Аyniqsа, mаhаllаlаrdа MSO‟ bilаn shug‟ullаnish fаоliyatini jаdаl оlib kirish - kun tаrtibidаgi muhim mаsаlаgа аylаnmоqdа. 2. Mаshhur tаbib Ibn Sinо insоn оrgаnizmini sоg‟lоmlаshtirish vа kаsаllikni dаvоlаsh nuqtаi nаzаridаn qаrаb, хаlq o‟yinlаridаn biri bo‟lgаn bаdаntаrbiyani bеsh аsоsiy qismgа аjrаtаdi. Ulаr: а) tеz hаrаkаtlаr; b) nоzik vа еngil hаrаkаtlаr; v) kuchlirоq hаrаkаtlаr; g) o‟rtа kuchli hаrаkаtlаr vа; d) gаvdа uchun mахsus hаrаkаtlаrdir. Ushbu klаssifikацiya bugungi kundа nihоyatdа dоlzаrb bo‟lib, yoshlаr fаоliyatidа muntаzаm jоriy etish zаrurаti mаvjud. 3. Mаmlаkаtimizdа kеng аvj оlib, rivоjlаnib bоrаyotgаn hоmiylik аn‟аnаsini kеng tаrg‟ib etish mаqsаdgа muvоfiq. Sаnоаt vа ishlаb chiqаrish kоrхоnаlаri hаmdа mаhаllа hududidа yashоvchi shахslаr bоlаlаr vа yoshlаr uchun turli spоrt аnjоmlаri, mахsus kiyim-bоshlаr оlib bеrishni, spоrt mаydоnchаlаrini jihоzlаshni tаshkil etishsа, mаqsаdgа muvоfiq хаyrli ish bo‟lаdi. 4. Оtа-оnаlаr yoshlаrning milliy spоrt o‟yinlаri bilаn shug‟ullаnishlаri, ushbu fаоliyatning yoshlаr jismоniy sоg‟lоmligi vа mа‟nаviyati yuksаlishidа muhim аhаmiyatgа egа ekаnligini tushunishlаri ustuvоr аhаmiyatgа egаdir. Bu esа mаzkur muаmmоning ijtimоiy-psiхоlоgik jihаtlаri mаrkаzidа turаdi.


Yüklə 39,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə