Mavzu: Galileyning nisbiylik prinsipi. Maxsus nisbiylik nazariyasi asoslari



Yüklə 4,31 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü4,31 Kb.
#180716
27-mustaqil ta\'lim

Mavzu:Galileyning nisbiylik prinsipi.Maxsus nisbiylik nazariyasi asoslari.

  • Galilei nisbiylik prinsipi — Nyutonning klassik mexanikasida barcha inersial sanoq tizimlarining fizikaviy teng huquqlilik prinsipi. Bu holat mexanika qonunlari birday boʻlganida namoyon boʻladi. Biror inersial sanoq tizimida oʻtkaziladigan har qanday mexanik tajribalar asosida muayyan tizim tinch holatda yoki tugʻri chiziqli tekis harakatda ekanligini aniqlab boʻlmaydi. Bu holatni birinchi boʻlib 1636-yilda Galileo Galilei aniqlagan.
  • Moddiy nuqtaning harakati nisbiydir: uning holati, tezligi, trayektoriyasining shakli ushbu harakat qaysi inersial sanoq tizimi (sanoq jismi)ga nisbatan qaralishiga bogʻliq. Shuning bilan birga, klassik mexanika qonunlari barcha inersial sanoq tizimlarida birday boʻladi. Mexanik harakatning nisbiyligi va mexanika qonunlarining turli inersial sanoq tizimlarida birday bulishi Galilei nisbiylik prinsipi mazmunini tashkil qiladi.
  • . Matematik jihatdan Galilei nisbiylik prinsipi mexanika tenglamalarining harakatlanayotgan nuqtalar koordinatalarini (vaqtning ham inersial sanoq tizimidan boshqasiga oʻtishdagi almashtirishlarga — Galilei almashtirishlariga nisbatan invariantligini ifodalaydi (qarang Nisbiylik nazariyasi).
  • Shu sababli Galilei almashtirishlarida yuqoridagi tenglama oʻzgarmaydi. Bu tenglama Galilei nisbiylik prinsipining matematik ifodalanishidir. Galilei nisbiylik prinsipi jismlar yoruglik tezligiga nisbatan ancha kichik tezliklar bilan harakatlangan hol uchungina oʻrinli. ~ s boʻlgan hollarda Galilei almashtirishlari Lorens almashtirishlari bilan almashtirilishi lozim.
  • Maxsus nisbiylik nazariyasi 1905-yilda A. Eynshteyn tomonidan
  • yaratilgan bo‘lib, u fazo va vaqt to‘g‘risidagi eski klassik tasavvurlar o‘rniga kelgan yangi ta’limotdir.
  • Ma’lumki, mexanika – Nyuton mexanikasi bo‘lib, jismlarning harakati kichik tezliklarda, ya’ni u << c (c ≈ 3 · 10 8 m/s) hollarda o‘rganiladi. Bunda barcha sanoq sistemalarida yagona vaqt yoki vaqt sanog‘i qabul qilinadi. 
  • Klassik mexanikada Galileyning nisbiylik tamoyili asos qilib olingan,ya’ni dinamika qonunlari barcha inersial sanoq 
  • sistemalarida bir xilda bajariladi. 
  • Galiley almashtirishlarining mohiyatini eslaylik. U ikkita bir-biriga nisbatan u tezlik bilan harakatlanayotgan K va K' inersial sanoq sistemalariga nisbatan harakatlanayotgan jismning koordinatalar va tezliklarini hisoblashga
  • imkon beradi.Hususiy holda K' sanoq sistemasi K sanoq sistemasining X o‘qi bo‘ylab harakat qilsin (1-rasm). U holda qo‘zg‘almas sanoq sistemasi K ga nisbatan Galiley almashtirishlari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Yüklə 4,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə