Mavzu: Gandbol sport turi bo’yicha musobaqalar tashkil etish va hakamlik qilish Reja



Yüklə 35,62 Kb.
səhifə2/7
tarix24.12.2023
ölçüsü35,62 Kb.
#159795
1   2   3   4   5   6   7
Gandbol sport turi bo’yicha musobaqalar tashkil etish

Musobaqa turlari. Oldiga qo’yilgan vazifalariga qarab musobaqalarni asosiy va yordamchi musobaqalarga bo’lish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan sport tasnifi talablariga muvofiq tashkil etiladigan hamda natijalariga ko’ra g’olib va chempion degan nom beriladigan musobaqalar asosiy musobaqalarga kiradi.
Musobaqalarning asosiy turi-taqvim musobaqalari bo’lib, ular sport tadbirlarining yagona taqvimiy rejasida nazarda tutiladi va tasdiqlangan nizomga muvofiq ravishda o’tkaziladi. Musobaqaning asosiy turlariga: birinchilik yoki chempionatlar, kubok mu­sobaqalari, saralash musobaqalari kiradi. Birinchilik yoki chempionatlar - eng mas’uliyatli musobaqalar bo’lib, ularning natijalari bo’yicha g’olib jamoalarga chempionlik unvoni beriladi. Musobaqalarni tashkil etishning bu turi jamoalar kuchini xolisona baholashga, olib borilayotgan o’quv-mashg’ulot ishining sifatini taqqoslashga imkon beradi. Kubok musobaqalariga juda ko’p jamoalarni jalb etish mumkin va ular g’olibni qisqa muddatlarda aniqlash maqsadida o’tka­ziladi. Kubok musobaqalari eng yaxshilarni izchillik bilan tanlab olish tamoyili bo’yicha o’tkaziladi. Saralash musobaqalari musobaqaning keyingi bosqichida qatnashish uchun eng kuchli jamoalarni aniqlash maqsadida o’tka­ziladi.
Musobaqaning yordamchi turlariga quyidagilar kiradi: nazorat uchrashuvlari, o’rtoqlik uchrashuvlari, qisqartirilgan musobaqalar. Nazorat uchrashuvlari jamoalarni bo’lajak musobaqalarga tayyorlash va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida o’tka­ziladi. O’rtoqlik uchrashuvlari o’quv-mashg’ulot maqsadlarida yoki an’anaviy musobaqalar rejasida o’tkaziladi. Qisqartirilgan musobaqalar bir necha soat mobaynida o’tka­ziladi. Ular, odatda, bayram kunlariga va sport mavsumining ochi-lish yoki yopilish kunlari uchun rejalashtiriladi.
Musobaqalarni rejalashtirish. Gandbol musobaqalarini rejalashtirish markazlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi barcha idoralar va sport tashkilotlari bilan kelishib, musobaqalarning taqvim rejasini ishlab chiqadi: O’zbekiston Respublikasi Gandbol federasiyasining viloyat, o’lka va shahar musobaqalari yig’ma taqvim rejasini yuqori tashkilotlar tomonidan rejalashtirilgan musobaqalarni hisobga olgan holda tuzishi maqsadga muvofiqdir. Zarur o’zgartirishlar kiritilgandan keyin, gandbol bo’yicha umumiy yig’ma reja tegishli jismoniy tarbiya va sport qo’mitalarining ommaviy sport tadbirlari rejasiga kiritiladi hamda barcha sport tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Yüklə 35,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə