Mavzu: G’ildirak juftligi Reja: G’ildirak juftligi ta’miri G’ildirak juftligi defektlari tasnifi


O`qning bo`yinchasi rezbali qismini ta’mirlash



Yüklə 47,02 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü47,02 Kb.
#166258
1   2   3   4
” 2023 «radiotexnik o’lchovlar»

O`qning bo`yinchasi rezbali qismini ta’mirlash
Keyingi vaqtlarda buksa podshipniklari yon tomonda maxkamlanuvchi rezbalar shikastlanishi tez-tez uchrab turibdi. O`qlar rezbalarini tiklash orqali ular ishlash muddatini uzaytrish katta ahamiyat kasb yetadi. Tozalangan va defektoskopdan o`tgan g’ildirak juftligini dastgohga o`rnatib, eski deformatsiyaga uchragan rezbani kesib tashlanadi. CHarxlangan qismlarni qayta tiklash uchun ular yuzalari flyus yordamida qalin qatlamli payvandlanadi. Buning uchun toporli vint ulovchi dastgohga o`qning markaziy qismiga chog’lab o`rnatiladi. O`q ustiga metallni suyultirib qoplash (naplavka) uchun diametri 1,6-2mm bo`lgan Sv -18XMA va Sv -08A markali simdan foydalaniladi. Metallni suyultirib qoplash teskari kutbli o`zgarmas tokda 180-300A tokda olib boriladi. Metallni suyultirib qoplash payvandlovchi simning diametriga binoan bir -ikki doplat qilib bajariladi. Undan keyin o`qga mexanik ishlov beriladi. Stopor plankasi ariqchasini har xil shlak va sachratqichlardan himoyalash maqsadida bu ariqcha mis belbog’ bilan berkitilib turiladi, rezbavii ariqcha esa - shnurli asbest bilan berkitiladi. O`qning erigan metall bilan ishlov berilgan qismi charxlanadi va unga rezba chiziladi.
G’ildirak stupitsa teshiklariga ishlov berish
Yangi va eski yaroqli g’ildiraklar stupitsalar teshiklari tegishli diametrlardaga asboblar yordamida charxlanadi. Bunda presslovda hosil bo`luvchi taranglakni hisobga olgan xolda 0,1 -0,25 mm o`lchov uzaytirishlik ko`zda tutilishi shart. O`qlar uchutfshgi g’ildiraklarni o`rnatishdan oldin ularga avval xomaki so`ngra nozik-toza ishlov berlishi takozo etiladi. Yangi g’ildiraklar stupitsalariga xomaki ishlov berishlik - metallurgiya zavodlarida bajarilgan bo`ladi. Depo va vagon ta’mirlov zavodlarida g’ildirakni ta’mirlov uchastkalarida faqat toza ishlov berish amallari bajariladi. Depo va vagon ta’mirlov zavodlarida eski yaroqli g’ildiraklar stupitsalariga dastavval xomaki ishlov berib; ulardagi ko`pollik g’adir - budurlar tekislanadi. Bunda teshiklarni silindrik shaklga mosligiga erishish: ba’zi xollarda yo`lak konuslilik 0,1mm.gacha, ovallik 0,05 mm gacha og’ishi, yuza saxni tebranishi 0,02mm.gacha farklanishi ruxsat etiladi. G’ildirak stupitsalariga ishlov berish KS-12, KS-112, KS-1516, KS412 modellaridagi tokar - karusel dastgohlarda bajariladi.

Yüklə 47,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə