Talab qilinadi: . “ASILBEK SERVIS” MCHJda mol yetkazib beruvchilardan ishlab chiqarish uskunasini sotib olish bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.
5. “YuTUM-PARRANDA” masʻuliyati cheklangan jamiyat (MChJ) parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadi. MChJda hisobot davri boshiga quyidagi aktivlari va passivlari mavjud boʻlgan:
№
|
Schoʻtlarning nomi
|
Summa, soʻm
|
Balans
|
Aktiv
|
Passiv
|
1
|
Asosiy vositalar
|
136 000 000
|
|
|
2
|
Asosiy vositalarning eskirishi
|
75 000 000
|
|
|
3
|
Mol yetkazib beruvchilarga qarzdorlik
|
6 000 000
|
|
|
4
|
Materiallar
|
800 000
|
|
|
5
|
Xaridorlardan olinadigan schoʻtlar
|
2 500 000
|
|
|
6
|
Kassa
|
100 000
|
|
|
7
|
Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik
|
7 200 000
|
|
|
8
|
Hisob-kitob schoʻti
|
49 300 000
|
|
|
9
|
Xizmat safari uchun berilgan boʻnaklar
|
6 000 000
|
|
|
10
|
Ustav kapitali
|
60 900 000
|
|
|
11
|
Qisqa muddatli bank kreditlari
|
50 000 000
|
|
|
12
|
Tayyor mahsulot
|
10 000 000
|
|
|
13
|
Mehnatga haqi boʻyicha qarzdorlik
|
8 000 000
|
|
|
14
|
Taqsimlanmagan foyda
|
6 800 000
|
|
|
15
|
Maxsus schoʻtlar
|
10 000 000
|
|
|
16
|
Davlatning maqsadli fondlariga toʻlovlar
|
800 000
|
|
|
|
Jami
|
X
|
|
|
“YuTUM-PARRANDA” MChJda hisobot davrida hisob-kitob schoʻtidagi pul mablagʻlari bilan bogʻliq quyidagi xoʻjalik operatsiyalari sodir boʻlgan:
20xx yil 2-yanvarda shartnomaga asosan “Jasmin-savdo” MChJdan 20 foiz miqdorida avans kelib tushdi. Shu kunning oʻzida ishlab chiqarish tannarxi 5 000 000 soʻm boʻlgan tayyor mahsulotlar MChJga shartnomaga asosan 8 000 000 soʻm qiymatda topshirildi.
MChJ xodimini xizmat safariga yuborish uchun MChJ direktorining boʻyrugʻiga asosan 500 000 soʻm miqdoridagi naqd pul mablagʻi 20xx yil 10-yanvarda hisob-kitob schoʻtidan olindi. 20xx yil 11-yanvar kuni xodimga xizmat safari uchun olingan pul mablagʻlari berildi.
Xodimlar ish haqisining 50 foizi plastik kartichkalarga oʻtkazib toʻlanishi sababli, 20xx yil 12-yanvarda hisob-kitob schoʻtidan 5530-“Boshqa maxsus schoʻt”ga ish haqining 50 % oʻtkazildi. 20xx yil 15-yanvarda maxsus schoʻtdagi pul mablagʻlari plastik kartichkalarga taqsimot qilindi.
20xx yil 16-yanvarda xizmat safariga yuborilgan xodim avans hisoboti topshirdi. Avans hisobotiga koʻra xodim tomonidan sarflangan pul mablagʻlari 550 000 soʻmni tashkil etib, qilingan xarajatlar MChJda urnatilgan meʻyorlarga mos keladi. “YuTUM-PARRANDA” MChJ hisobchisi avans hisoboti bilan bogʻliq boʻlgan barcha xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettirdi.
“YuTUM-PARRANDA” MChJ xodimi xizmat safariga yuborilgan boʻlib, u 20xx yil 27-yanvar kuni xizmat safaridan qaytib keldi. Xodim 20xx yil 27-yanvar kuni avans hisoboti topshirdi. Xodimga 6 000 000 soʻm miqdorida hisobi beriladigan pul mablagʻlari berilgan boʻlib, topshirgan avans hisobotiga koʻra xodim tomonidan foydalanilgan mablagʻlar qiymati 5 800 000 soʻmni tashkil qilgan. Xodim ishlatilmay qolgan naqd pul mablagʻlarini kassaga topshirdi. Kassa limitidan ortiqcha naqd pul mablagʻlari hisob-kitob schoʻtiga topshirildi.
20xx yil 20-yanvarda “Jasmin-savdo” MChJdan sotilgan tayyor mahsulotlarning puli 6 400 000 kelib tushdi. MChJ tomonidan tayyor mahsulotlarning puli toʻlanganligi sababli, undan olingan avans summasi hisobchi tomonidan hisobga olindi.
20xx yil 22-yanvarda xaridorlardan hisob-kitob schoʻtiga 2 500 000 soʻm pul mablagʻlari kelib tushdi. Shuningdek, “Alanga” MChJdan 2 000 000 soʻm boʻnak toʻlovlari kelib tushgan.
MChJ hisobot oyida oʻz xodimiga ishlab chiqarish tannarxi 2 000 000 soʻm boʻlgan tayyor mahsulotni 3 000 000 soʻmga naqd pul mablagʻlarini toʻlash orqali sotdi. 20xx yil 23-yanvarda kassadagi naqd pul mablagʻlari kassa limitidan ortiqchasi hisob-kitob schoʻtiga topshirildi.
20xx yil 27-yanvarda “Namuna” MChJdan boʻlgan 5 000 000 soʻmlik qarzdorlik hamda “Uzoqbobo” xususiy korxonasidan boʻlgan 3 000 000 soʻmlik qarzdorlik summalari maxsus schoʻtlardan toʻlab berildi.
Kassa limiti toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq kassa limiti 1000 soʻm deb belgilangan.
Talab qilinadi:
1. “YuTUM-PARRANDA” MChJ aktivlari va passivlarini turkumlang va hisobot davri boshiga buxgalteriya balansini tuzing.
2. MChJda hisob-kitob schoʻtidagi pul mablagʻlari bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisob registrlarida aks ettiring.
3. “YuTUM-PARRANDA” MChJning hisobot davri oxiriga buxgalteriya balansini tuzing.
Dostları ilə paylaş: |