Mavzu: hisob-kitoblar hisobi amaliy topshiriqlar



Yüklə 20,39 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü20,39 Kb.
#134346
1   2   3
8-Амалий машғулот

Talab qilinadi: . “ASILBEK SERVIS” MCHJda mol yetkazib beruvchilardan ishlab chiqarish uskunasini sotib olish bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.

5. “YuTUM-PARRANDA” masʻuliyati cheklangan jamiyat (MChJ) parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadi. MChJda hisobot davri boshiga quyidagi aktivlari va passivlari mavjud boʻlgan:





Schoʻtlarning nomi

Summa, soʻm

Balans

Aktiv

Passiv

1

Asosiy vositalar

136 000 000







2

Asosiy vositalarning eskirishi

75 000 000







3

Mol yetkazib beruvchilarga qarzdorlik

6 000 000







4

Materiallar

800 000







5

Xaridorlardan olinadigan schoʻtlar

2 500 000







6

Kassa

100 000







7

Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik

7 200 000







8

Hisob-kitob schoʻti

49 300 000







9

Xizmat safari uchun berilgan boʻnaklar

6 000 000







10

Ustav kapitali

60 900 000







11

Qisqa muddatli bank kreditlari

50 000 000







12

Tayyor mahsulot

10 000 000







13

Mehnatga haqi boʻyicha qarzdorlik

8 000 000







14

Taqsimlanmagan foyda

6 800 000







15

Maxsus schoʻtlar

10 000 000







16

Davlatning maqsadli fondlariga toʻlovlar

800 000










Jami

X







“YuTUM-PARRANDA” MChJda hisobot davrida hisob-kitob schoʻtidagi pul mablagʻlari bilan bogʻliq quyidagi xoʻjalik operatsiyalari sodir boʻlgan:



  1. 20xx yil 2-yanvarda shartnomaga asosan “Jasmin-savdo” MChJdan 20 foiz miqdorida avans kelib tushdi. Shu kunning oʻzida ishlab chiqarish tannarxi 5 000 000 soʻm boʻlgan tayyor mahsulotlar MChJga shartnomaga asosan 8 000 000 soʻm qiymatda topshirildi.

  2. MChJ xodimini xizmat safariga yuborish uchun MChJ direktorining boʻyrugʻiga asosan 500 000 soʻm miqdoridagi naqd pul mablagʻi 20xx yil 10-yanvarda hisob-kitob schoʻtidan olindi. 20xx yil 11-yanvar kuni xodimga xizmat safari uchun olingan pul mablagʻlari berildi.

  3. Xodimlar ish haqisining 50 foizi plastik kartichkalarga oʻtkazib toʻlanishi sababli, 20xx yil 12-yanvarda hisob-kitob schoʻtidan 5530-“Boshqa maxsus schoʻt”ga ish haqining 50 % oʻtkazildi. 20xx yil 15-yanvarda maxsus schoʻtdagi pul mablagʻlari plastik kartichkalarga taqsimot qilindi.

  4. 20xx yil 16-yanvarda xizmat safariga yuborilgan xodim avans hisoboti topshirdi. Avans hisobotiga koʻra xodim tomonidan sarflangan pul mablagʻlari 550 000 soʻmni tashkil etib, qilingan xarajatlar MChJda urnatilgan meʻyorlarga mos keladi. “YuTUM-PARRANDA” MChJ hisobchisi avans hisoboti bilan bogʻliq boʻlgan barcha xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettirdi.

  5. “YuTUM-PARRANDA” MChJ xodimi xizmat safariga yuborilgan boʻlib, u 20xx yil 27-yanvar kuni xizmat safaridan qaytib keldi. Xodim 20xx yil 27-yanvar kuni avans hisoboti topshirdi. Xodimga 6 000 000 soʻm miqdorida hisobi beriladigan pul mablagʻlari berilgan boʻlib, topshirgan avans hisobotiga koʻra xodim tomonidan foydalanilgan mablagʻlar qiymati 5 800 000 soʻmni tashkil qilgan. Xodim ishlatilmay qolgan naqd pul mablagʻlarini kassaga topshirdi. Kassa limitidan ortiqcha naqd pul mablagʻlari hisob-kitob schoʻtiga topshirildi.

  6. 20xx yil 20-yanvarda “Jasmin-savdo” MChJdan sotilgan tayyor mahsulotlarning puli 6 400 000 kelib tushdi. MChJ tomonidan tayyor mahsulotlarning puli toʻlanganligi sababli, undan olingan avans summasi hisobchi tomonidan hisobga olindi.

  7. 20xx yil 22-yanvarda xaridorlardan hisob-kitob schoʻtiga 2 500 000 soʻm pul mablagʻlari kelib tushdi. Shuningdek, “Alanga” MChJdan 2 000 000 soʻm boʻnak toʻlovlari kelib tushgan.

  8. MChJ hisobot oyida oʻz xodimiga ishlab chiqarish tannarxi 2 000 000 soʻm boʻlgan tayyor mahsulotni 3 000 000 soʻmga naqd pul mablagʻlarini toʻlash orqali sotdi. 20xx yil 23-yanvarda kassadagi naqd pul mablagʻlari kassa limitidan ortiqchasi hisob-kitob schoʻtiga topshirildi.

  9. 20xx yil 27-yanvarda “Namuna” MChJdan boʻlgan 5 000 000 soʻmlik qarzdorlik hamda “Uzoqbobo” xususiy korxonasidan boʻlgan 3 000 000 soʻmlik qarzdorlik summalari maxsus schoʻtlardan toʻlab berildi.

Kassa limiti toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq kassa limiti 1000 soʻm deb belgilangan.
Talab qilinadi:
1. “YuTUM-PARRANDA” MChJ aktivlari va passivlarini turkumlang va hisobot davri boshiga buxgalteriya balansini tuzing.
2. MChJda hisob-kitob schoʻtidagi pul mablagʻlari bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisob registrlarida aks ettiring.
3. “YuTUM-PARRANDA” MChJning hisobot davri oxiriga buxgalteriya balansini tuzing.
Yüklə 20,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə