Mavzu: hisob-kitoblar hisobi amaliy topshiriqlar



Yüklə 20,39 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü20,39 Kb.
#134346
  1   2   3
8-Амалий машғулот


8-MAVZU: HISOB-KITOBLAR HISOBI


AMALIY TOPSHIRIQLAR
1. Korxona 20xx-yil 5-yanvarda yetkazib beruvchi bilan qiymati 60 000 000 soʻmga teng boʻlgan materiallar toʻplamini yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzgan. Shartnoma shartlariga muvofiq shartnoma qiymatining 30 foizi miqdorida oldindan toʻlov sifatida boʻnak oʻtkazib berilgandan soʻng, materiallar toʻplami mol yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berilishi belgilangan. Korxona 20xx-yil 12-yanvarda boʻnak toʻlovini amalga oshirgan. 20xx-yil 15-yanvarda mol yetkazib beruvchilar tomonidan materiallar toʻplami yetkazib berildi. Shundan soʻng, korxona tomonidan mol yetkazib beruvchilarga oldindan toʻlov sifatida toʻlangan boʻnak summasi hisobga olindi. Mol yetikazib beruvchidan sotib olingan materiallar toʻplami boʻyicha toʻliq hisob-kitob 20xx-yil 18-yanvarda amalga oshirildi.
Talab qilinadi: Korxonada mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashuvlar bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.

2. “ARZANDA” masʼuliyati cheklangan jamiyati (MCHJ) 20xx-yil 18-aprelda mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq oldindan toʻlov sifatida 25 500 000 soʻm boʻnak toʻlovlarini amalga oshirdi. Mol yetkazib beruvchi tomonidan 20xx-yil 20-aprelda qiymati 97 750 000 soʻm (QQS bilan) boʻlgan ehtiyot qismlar toʻplamiga doir schyot-faktura taqdim etildi. MCHJ tomonidan ehtiyot qismlar toʻplami qabul qilindi va hisobda aks ettirildi hamda toʻlangan boʻnak summasi hisobga olindi. MCHJ ehtiyot qismlar toʻplami uchun mol yetkazib beruvchilar bilan 20xx-yil 25-aprelda toʻliq hisob-kitobni amalga oshirdi.


Talab qilinadi:
1. “ARZANDA” MCHJ qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlovchisi sifatida mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashuvlar bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.
2. “ARZANDA” MCHJ qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlovchisi hisoblanmaydi. MCHJda mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashuvlar bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.

3. “FAYZ BARAKA” masʼuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) hisobot davrida chet eldan materiallar toʻplamini import qildi. Import qilingan materiallarning xarid qiymati 280 000 000 soʻm. BYuDni rasmiylashtirishda uning xarid qiymati bojxona qiymati sifatida tan olindi. Bojxonada materiallar toʻplamining bojxona qiymatidan quyidagi bojxona toʻlovlari hisoblandi: bojxona boji – 10 foiz; QQS – 15 foiz; bojxona yigʻimi – 2 foiz.


Shuningdek, materiallar toʻplamini MCHJ omboriga olish kelish maqsadida 1 580 000 soʻmlik transport xarajatlari amalga oshirildi. Materiallar toʻplamini sertifikatlash xarajatlari 1 500 000 soʻmni hamda ularni yuklash va tushurish xarajatlari 2 000 000 soʻmni tashkil etgan.

Yüklə 20,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə