Mavzu. Hujjat turlari va ularning xususiyatlari



Yüklə 5,87 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü5,87 Kb.
#182365
Hujjat va uning turlari

Xujjat va uning turlari


Ish hujjatlari kundalik faoliyatimizda faol qo‘llanadi. Shu bois ham uning muhim xususiyatlarini har bir soha vakili yaxshi o‘zlashtirishi kerak bo‘ladi. Davlat tilining jadal rivojlanishida mamlakatimizda ish yuritish tizimini to‘laligigacha o‘zbek tiliga o‘tkazish dolzarb vazifa sanaladi. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar katta-kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faolyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kecha paydo bo‘lgan narsa emas, uning o‘ziga xos tarixi bor. Kishilik jamiyatida o‘zaro munosabatlardagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj bo‘lgan va shu tariqa ish hujjatlari yuzaga keldi.
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar tiliga bo‘lgan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar tuzish ishiga qo‘yiladigan ko‘pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o‘ziga xos lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o‘rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Hujjatlar tuzilish o‘rniga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinadi:
Ichki hujjatlar -  ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlar
tashqi hujjatlar - muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar
Mazmuniga kora
sodda hujjatlar, odatda, bir masalani o‘z ichiga oladi (tilxat, ishonchnoma).
Murakkab hujjatlar ikki yoki undan ortiq masalani aks ettiradi (majlis bayoni, hisobot kabi)
Hujjatlar bir necha jihatlariga ko‘ra tasniflanadi
xususiy
namunaviy
qolipli
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra hujjatlar
    • Fuqarolardan kelib tushgan ariza va shikoyatlar, ularning asosida olib boriladigan xizmat yozishmalari

XUSUSIY HUJJATLAR
    • Ish yuritish sohasiga oid hujjatlarning aksariyati, ya’ni har bir tashkilot va uning bo‘linmalari uchun zaruriy bo‘lgan bildirgi , xizmat ma’lumotnomasi, tavsifnoma, majlis bayoni kabilar

NAMUNAVIY HUJJATLAR
    • Asosan davlat idoralarida qo‘llanadi, ular ish faoliyatini osonlashtiradi. Ish jarayonida qulaylikni oshiradi.

QOLIPLI HUJJATLAR
    • tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlar
    • Bularga ishga qabul qilish buyruqlari, javob, kafolat, axborot xatlari va boshqalar kiradi.

xizmat (rasmiy) hujjatlari
    • yakka shaxs tomonidan yoziladigan, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladigan hujjatlar
    • Bularga shaxsiy ariza, shikoyat va boshqalar kiradi.

shaxsiy hujjatlar
Tegishlilik jihatiga ko‘ra xizmat (rasmiy) va shaxsiy hujjatlar farqlanadi:

Hujjatlar Xizmat mavqeyiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi


Hujjatlar
Tashkiliy
Farmo
yish
Xizmat yozishma
lari
Ma’lumot-axborot

Hujjatlar hizmat mavqeyiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi

Hujjtning birinchi yoki yagona nusxasi asl (rasmiy) nusxa deyiladi.

Uning aynan qayta ko‘chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi. Hujjatning bir qismiga ehtiyoj tug‘ilsa, ko‘chirma olinadi.


Ariza, hisobot, dalolatnoma, majlis bayoni, bildirishnoma, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma, buyruq, farmoyish
Yüklə 5,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə