Mavzu: ichki ishlar xodimlari psixologiyasi


YURIDIK TASHKILOT XODIMLARI FAOLIYATI



Yüklə 104 Kb.
səhifə4/5
tarix23.09.2023
ölçüsü104 Kb.
#123247
1   2   3   4   5
5.yuridik

3. YURIDIK TASHKILOT XODIMLARI FAOLIYATI
SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA HISSIY-IRODAVIY VA SHAXSIY FAZILATLARNING O‘RNI

Yuridik tashkilot xodimlari kasbiy faoliyatlarida turli voqea-hodisalarga nisbatan muayyan munosabatlarini bildirib, u yoki bu tarzda hissiyotlarini namoyon etadilar. Xodim psixologiyasida namoyon bo‘ladigan bunday ruhiy holatlar voqelikda sodir etilgan hodisalar ta’siri natijasidir. Bu esa, o‘z navbatida, xodimning o‘ziga xos individual psixologik xususiyatlarini bildiradi va u haqidagi birlamchi tasavvurlarni bilishga yordam beradi.


Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» atamalari bir xil ma’noda ishlatiladi. Lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish noto‘g‘ridir. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiqdir.
Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgi, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hisoblanadi. Ularning eng muhim farqi shundaki, biri (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.
Shu ma’noda hissiyot shaxs hayotiy faoliyatining muhim jabhasi bo‘lib, inson emotsional holatining rang-barangligi, ko‘p qirraligini bildiradi. Hissiy ton (tus) (yunoncha «tonos» – zo‘riqish, urg‘u berish ma’nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha «emovere» – qo‘zg‘atish, hayajonlash demak), affektlar (lotincha «affectuq» – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini anglatadi), stress (inglizcha «stress» – zo‘riqish degani), frustratsiya (frustratsion – rejalarning barbod bo‘lishi, maqsadga erisha olmaslik) va kayfiyat kabi tushunchalar shular jumlasidandir.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish joizki har qanday kasbiy faoliyat insonga muayyan talablar qo‘yadi hamda uning shaxsi va butun turmush tarzida o‘ziga xos iz qoldiradi. Yuridik tashkilot xodimlari kasbiy faoliyat samaradorligini belgilab beruvchi qanday shaxsiy xislatlarga ega bo‘lishi lozimligini aniqlash uchun ushbu faoliyatning o‘zini psixologik jihatdan tahlil qilish, uning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash, tarkibiy tuzilishini ochib berish zarur. Kasbiy faoliyatning qonuniyatlarini aniqlash uni nafaqat o‘rganishga, balki takomillashtirishga ham qaratilgan tashkiliy tadbirlar tizimini ishlab chiqishga imkon beradi
Yuridik tashkilot xodimlarini psixologik jihatdan tayyorlashdan ko‘zlangan maqsad ularda xizmat faoliyatining har qanday murakkab sharoitlarida kasbiy jihatdan to‘g‘ri, aniq, yuqori ishchanlik bilan harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Yuridik tashkilot xodimlarining shaxsiy, birinchi navbatda, kasbiy jihatdan muhim hislatlariga alohida talablar qo‘yiladi. Ushbu faoliyat xodimlarda hissiy-irodaviy barqarorlikni, stress holatlarini vujudga keltiruvchi omillar ta’siriga qarshi psixologik immunitet shakllantirishni talab etadi.
Yuridik idoralari faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri xodimlarni psixologik jihatdan tayyorlashdir.
Psixologik tayyorgarlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– xodimlarning ichki ishlar idoralari uchun kerak bo‘lgan stress omillar va ularning ta’siriga psixologik chidamliligini oshirish;
– xodimlarda psixologik xislatlarni rivojlantirish, har qanday vazifani operativ xizmat faoliyatining turli murakkab va xavfli sharoitlarida ham muvaffaqiyatli bajarishlariga yordam beruvchi uquv va ko‘nikmalarning o‘ziga xos jihatlarini shakllantirish.



Yüklə 104 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə