Mavzu: ichki ishlar xodimlari psixologiyasi


Yuridik tashkilot xodimlari shaxsining bilish



Yüklə 104 Kb.
səhifə3/5
tarix23.09.2023
ölçüsü104 Kb.
#123247
1   2   3   4   5
5.yuridik

2. Yuridik tashkilot xodimlari shaxsining bilish
faoliyatiga xos psixologik tavsif

Yuridik tashkilot xodimlarining bilish faoliyati boshqa kasb kishilarnikiga qaraganda chuqurligi, keng qamrovliligi, tezkorligi, aniq maqsadga qaratilganligi, mantiqiyligi, maxfiyligi bilan farq qiladi. Quyida bularning barchasiga batafsil to‘xtalamiz.


1. Diqqat va uning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida tutgan o‘rni
Diqqat kishi faoliyatning barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o‘quv faoliyati samaradorligining muhim va zarur shartidir. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlanganligi, yo‘naltirilganligidan iboratdir. Tevarak-atrofdagi ko‘plab ta’sirlar orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o‘ylaydi. Ongning bu xossasi diqqat kabi xususiyat bilan o‘zaro bog‘liq. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida bilish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Biz quyida bilish jarayonlariga va uning ichki ishlar idoralari faoliyatidagi o‘rniga to‘xtalamiz.
Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
E’tiborni ma’lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch-g‘ayrat sarflash zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo‘lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va shuningdek, to‘siqlar mavjud bo‘lgan kezlarda diqqat aniq-ravshan namoyon bo‘ladi.
Hosil bo‘lish xususiyati va amal qilish usullariga ko‘ra diqqatning uchta asosiy turi mavjud:

  • ixtiyorsiz diqqat;

  • ixtiyoriy diqqat;

  • ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat

Ixtiyorsiz diqqat kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to‘planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat, agar kishi o‘z oldiga ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo‘lsa, yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli bo‘lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish xususiyatida namoyon bo‘ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat sharoitiga o‘tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Ish jarayonini xotira qonuniyatlarini yaxshi bilgan holda, uning yordamidan foydalanib amalga oshirish talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish uyg‘otish qonuniyatlari hisoblanadi.
Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima, qachon, qayerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va mohirona yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:
– ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini saranjomlash, yorug‘likka qulay joylashib olish;
– muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko‘rish;
– aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish, aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi soat 5 dan 11 gacha, kunduzgi soat 16 dan kechki 20–24 gacha aqliy faoliyat unumdorligi yuqoriligini kuzatish mumkin).
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida diqqatning asosiy xususiyatlari (taqsimlanishi, tarqoqligi, barqarorligi, tez o‘rin almashishi) ham o‘zisha xos ahamiyat kasb etishi, ya’ni sodir bo‘lgan voqea-hodisalarning zarur tomonlarini o‘rganish va aniqlik kiritishda, jinoyatchi shaxsning psixik holatini kuzatishda qo‘l kelishini anglab yetish lozim. Masalan, diqqatning hajmi 7–12 ta obyektni to‘liq qamraydi, barqarorligi 10–12 daqiqa to‘liq saqlanadi, bir soniya ichida diqqatni 3–4 marotaba ko‘chirish mumkin.



Yüklə 104 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə