Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari reja


Ijtimoiy pedagogika fanining paydo bo`lishi va rivojlanishi



Yüklə 34,68 Kb.
səhifə4/5
tarix23.12.2023
ölçüsü34,68 Kb.
#156774
1   2   3   4   5
Ijtimoiy pedagogika

4. Ijtimoiy pedagogika fanining paydo bo`lishi va rivojlanishi.

“Ijtimoiy pedagogika” ning paydo bo`lishi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy qayotidagi o`zgarishlar bilan boqliq. Chunki bu o`zgarishlar tarbiya jarayonini murakkablashtirib, yoshlar tarbiyasida yangi muammolarni vujudga keltirib, yosh avlodning ijtimoiy shakllanish jaraynini ilmiy o`rganishni talab etmoqda. An'anaviy pedagogika fani ta'lim muassasalari qobiqida cheklanib qolib, ijtimoiy muhit omilining tarbiyaga bo`lgan ta'siriga yetarlicha e'tibor bermadi. Ayniqsa, ijtimoiy tarbiyaning umumiy xarakterini chetga surib qo`ydi. Ijtimoiy pedagogika Rossiyada o`tgan asrning 80-yillarida aloqida fan sifatida shakllandi. Mustaqil yurtimizda esa uning ma'lum qirralari yoritilgan bo`lishiga qaramasdan bu yo`nalish bo`yicha hali aloqida tadqiqot ishlari yuzaga chiqqanicha yo`q. Bu fan qar bir jamiyatning, har bir mamlakatning, qar bir millatning ijtimoiy qayoti va milliy psixologiyasi bilan bevosita boqliq. Shu nuqtai nazardan mazkur fanni turmush pedagogikasi, deyish ham mumkin.


Turmush -shaxsning jamiyatda o`z o`rnini topishini taqozo qiladi. Biz ta'lim tarbiya muassasalari va ulardan tashqari, ya'ni har kungi ijtimoiy hayotimiz orqali tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish asosida barkamol, komil insonni voyaga yetkazishimiz kerakki, toki biz tarbiyalagan shaxs jamiyatga “kirishib keta olsin”. Ular jamiyatdan chetda qolishi mumkin emas.
Ma'lum sabablarga ko`ra “jamiyat tan olmagan”, “sotsiumga kirisha olmagan” shaxslarning o`z yo`lini topib ketishi uchun ijtimoiy faoliyat talab etiladi. Ushbu muammo dolzarb kasb etib, Rossiyada 1960-1970 yillardayoq shunday ijtimoiy-pedagogik faoliyatga yo`naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha ishlar olib boriladi. Jumladan, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, uyjoy kommunal xizmati tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari, yotoqxona, maktab klublari xodimlari singari kadrlar faoliyat olib borishdi, qator chet mamlakatlarda esa 1970-1980 yillarda ijtimoiy talab-bu muammoni hal etishning yangi darajalarini vujudga keltirdi. Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to`plash ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan qamkorligi o`zgardi. Shu asosda ijtimoiy muqitni pedagoglashtirish jarayoni intensiv tarzda rivojlanib bordi. Lekin bu boradagi kadrlar masalasi muammo bo`lib qolaverdi. Buning ustiga tarbiya ishlari bilan faqat maktab, boqcha kabi ta'lim-tarbiya maskanlari shuqullanadi,-degan fikr jamiyat a'zolari ongida o`rnashib qolgan. Demak, ta'lim tarbiya bilan shuqullanuvchi fanlar va o`quv muassasalaridan farqli o`laroq ijtimoiy pedagogika ijtimoiy hayotimizning barcha jabqalari bilan boqliqdir.
Shuning uchun ham u juda ko`plab fanlar bilan uzviy bog`liq. Pedagogika-Psixologiya-Sotsiologiya, Tibbiyot-Biologiya-Geneologiya Filosofiya-Mantiq-Iqtisod Tarix-Etnografiya-huquq fanlari bilan Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy fan sifatida barcha ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xulq-atvorining turli tomolarini o`rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, antropoligiya, tarix, iqtisod, siyosatshunoslik fanlari bilan hamkorlikda boyib va rivojlanib boradi.


Yüklə 34,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə