Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari reja



Yüklə 34,68 Kb.
səhifə1/5
tarix23.12.2023
ölçüsü34,68 Kb.
#156774
  1   2   3   4   5
Ijtimoiy pedagogika


Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti,
maqsad va vazifalari


REJA:

1. Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti.


2. Ijtimoiy pedagogika fanining maqsad va vazifalari.
3. Ijtimoiy pedagogika fanining kategoriyalari va tamoyillari.
4. Ijtimoiy pedagogika fanining paydo bo`lishi va rivojlanishi. 
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


  1. Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti.



Ijtimoiy pеdagogika fan sifatida pеdagogikadan ajralib chiqdi. Uni o‘rganilish jarayoni va ko‘rinishi pеdagogika fani tomonidan o‘rganadigan, biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani o‘rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pеdagogika fani bu yangi tarmog‘ining o‘ziga xosligi


―ijtimoiy so‘zida namoyon bo‘ladi.
―Ijtimoiy tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala va bir-biriga ta‘sirining turli xil shakllari birlashtiradi.
Ijtimoiy pedagogika o`z nomiga ko`ra sotsium, ya'ni jamiyat bilan shug`ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya'ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta'sir, shuningdek ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg`armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta'siri nazarda tutiladi. Ijtimoiy “autsayderlar”, ya'ni qariyalar, nogironlar, yolg`iz yashovchilar, iqtisodiy nochor aqvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta'sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish mumkinki, ushbu jarayonda oila, maktab va boshqa o`quv muassasalari yordamchilar sifatida faoliyat ko`rsatadi. Ijtimoiy pedagogika (lat.socium-jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o`rganishdan iborat. Demakki, uning obyekti ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy jarayonlardir.
Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning, jamqarmalarning tarbiyaviy ta'siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy pedagogikaning predmeti - bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir. Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, “og`ir guruh”larga alohida e'tibor qaratadi. Bu guruhga taqdir taqozasi bilan og`ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi. Bular: narkomanlar, ishsizlar, fohishalar, jinoyatchilar, qamoqda o`tirib chiqqan kasallar, jinoiy guruqlarga va man etilgan diniy sektalarga o`zlari bilmagan holda kirib qolgan shaxslar va h.k kiradi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagi va qariyalarni; ishlab chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning o`aro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaganlik, qolaversa dam olishga, ruhyi kasallangan, ta'lim olishdagi muommalar, tarbiyasi oqir bolalar kabi muammolarni ham nazardan chetga qoldirmaydi.
Ijtimoiy qayotning turli javhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik yordamga muxtojdirlar. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Rivojlangan davlatlarda ijtimoiy tarbiyani amaliy tashkil etish maxsus kasb darajasiga ko`tarilgan. Janubda bu kasb “Ijtimoiy faoliyat” deb yuritiladi. Bizning yurtimizda aholining, umuman jamiyat a'zolarini ijtimoiy muqofazalashga doir qator ishlar amalga oshirilishidan qat'i nazar, u bilan shug`ullanuvchi maxsus fan yo`nalishi to`liq shakllanmagan. Ijtimoiy ish jamiyat a'zolarining bir-biriga insoniy munosabatda bo`lishini taqozo etadi. Qadim zamonlarda bu faoliyatning diniy mas'ullik, saqiylik, xayrixohlik singari qirralari namoyon bo`lgan.



Yüklə 34,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə