Mavzu: Evtanaziya va palliativ yordam etik muammolar sifatida Reja: Evtanaziyaning kelib chiqishi



Yüklə 19,99 Kb.
səhifə1/4
tarix04.05.2023
ölçüsü19,99 Kb.
#108230
  1   2   3   4
6-MAVZU


FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI


Farmatsiya ta’lim yo’nalishi

Fan:Farmatsevtik huquq va bioetika moduli

Mavzu: Evtanaziya va palliativ yordam etik muammolar sifatida

Bajardi: Yarashboyeva .Sh


Tekshirdi: Shokirov .M

MAVZU: Evtanaziya va palliativ yordam etik muammolar sifatida

Reja:
1. Evtanaziyaning kelib chiqishi
2. Evtanaziya turlari
3. Palliativ yordam
4.Palliativ yordam ko'rsatish shakllari.

1.Evtanaziyaning kelib chiqishi
Evtanaziya (yunoncha “eu” — yaxshilik, ezgulik; va “tanatos” — oʻlim soʻzlaridan kelib chiqqan) — shifosi topilmagan kasallik yoki chidab boʻlmas ogʻriqlardan aziyat chekayotgan bemorga qasddan oʻlishga qoʻyib berish jarayoni, bu oʻldiruvchi dorilarni berish yoki bemorni tirik saqlab turgan muolajani toʻxtatish orqali amalga oshiriladi. Evtanaziya munozarali masala boʻlib, shifokorlardan tortib qonunshunos va hatto din peshvolarigacha boʻlgan barcha qatlamdagilar tomonidan muhokama qilinadi. Evtanaziyaning tarixi qadimgi Yunonistonga borib taqalib, “yaxshi oʻlim” gʻoyasi davrning adabiyot va falsafasida olqishli oʻrin egallagan. Zamonaviy tibbiyotning otasi deb hisoblangan yunon tabibi Gippokrat bemorlarga sokinlikda, ortiqcha iztiroblarsiz oʻlishga imkon berish kerak deb hisoblagan. Ammo shu bilan birga evtanaziyaga qatʼiyan qarshi boʻlgan va hatto oʻzining mashhur Gippokrat qasamiga bemorga uning oʻlimiga olib keluvchi dorilarni berish yoki evtanaziya qilishni taʼqiqlovchi bandni ham qoʻshgan. Shunga qaramay, bu amaliyot qadimgi Yunoniston va Rimda davom etaverdi, ayniqsa davosiz kasallikdan aziyat chekayotganlar uchun. Lekin nasroniylik Yevropada asosiy dinga aylangach, evtanaziya gunoh deb hisoblana boshlandi va cherkovlar tomonidan qattiq qoralandi. Bu esa, oʻz navbatida, oʻrta asrlarga kelib Yevropada evtanaziyaning kamayib ketishiga olib keldi. XIX asrga kelibgina evtanaziya yana tilga olina boshlandi. 1935-yilda Londonda ilk evtanaziya jamiyati paydo boʻlib, azobsiz oʻlim gʻoyasi shifokor va olimlar orasida keng yoyila boshlandi. XX asrning boshlarida bir nechta davlat tuzalmaydigan kasallar uchun evtanaziyani qonuniylashtirdi, ammo Fashist Germaniyasining hosil boʻlishi va ular evtanaziyadan “irqiy tozalash” vositasi sifatida foydalanganidan soʻng bu amaliyot jahon miqyosida qoralashlarga uchradi. 
Evtanaziya bugungi kungacha bahsli masalaligicha qolmoqda, u Belgiya, Niderlandiya va Kanada kabi bir qancha davlatlarda qonuniylashtirilgan boʻlsa, koʻplab mamlakatlar, shu jumladan AQSh (5 ta shtat bundan istisno) va Oʻzbekistonda ham noqonuniyligicha qolmoqda.

Yüklə 19,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə