Mavzu: Evtanaziya va palliativ yordam etik muammolar sifatida Reja: Evtanaziyaning kelib chiqishi



Yüklə 19,99 Kb.
səhifə2/4
tarix04.05.2023
ölçüsü19,99 Kb.
#108230
1   2   3   4
6-MAVZU


2.Evtanaziya turlari

Aytish joiz, evtanaziyaning bir qancha turlari boʻlib, har biri oʻz sifat va qoʻllanilish holatlariga ega. Koʻp hollarda u ikki asosiy turga boʻlinadi: faol (bemor hayotini maxsus dorilar yoki hatti-harakatlar yordamida tez hamda ogʻriqsiz toʻxtatish) va passiv (bemorni tirik saqlab turgan muolajani toʻxtatish). Bundan tashqari, evtanaziya ixtiyoriy va noixtiyoriy boʻlishi mumkin:
— Ixtiyoriy evtanaziyada tuzalmas kasallikka duchor boʻlgan bemor oʻz hayotini tugatish uchun tibbiy yordam soʻraydi. Evtanaziya qonuniy boʻlgan davlatlar — Belgiya, Kanada, Niderlandiya va AQShning baʼzi shtatlarida evtanaziyaning bu turiga muayyan shartlar bajarilgandagina ruxsat berilgan. Bunda bemorning aqli joyida boʻlishi, chidab boʻlmas iztirobga sabab boʻlayotgan kasalligi boʻlishi hamda oʻz ixtiyori bilan evtanaziyani talab qilgan boʻlishi shart
— Noixtiyoriy evtanaziya esa bemor oʻz qarorini yetkazib bera olmaganda, masalan, chaqaloq yoki oʻta aqliy zaif kishi — bunday holatlarda ularning hayotini toʻxtatishga shifokorlar tomonidan qaror qilinadi. Bu turdagi evtanaziya oʻta bahsli masala boʻlib, ixtiyoriy evtanaziya qonuniy boʻlgan davlatlarda ham taʼqiqlangan.
Hayotiy voqealar

Evtanaziyaga doir voqealar anchagina eʼtiborni tortdi va dunyo boʻylab bahslarga sabab boʻldi. Masalan, Niderlandiyada evtanaziya 2002-yildan buyon qonuniy kuchga ega boʻlib, shifokorlar bu amaliyotni muayyan shartlar bajarilganda tuzalmas kasallarga katta dozada dori berish orqali bajarishlari mumkin. Bunday voqealardan birida chegaraviy shaxsiyat buzilishidan aziyat chekkan 29 yoshli Avrelia Brouvers ismli ayol bir necha bor oʻz joniga qasd qiladi. 2018-yilda shifokorlar jamoasi uning kasalligi chidab boʻlmas iztiroblarga sabab boʻlayotganiga amin boʻlgach, bemorni evtanaziya qiladi.
Yana bir mashhur voqeada bu amaliyot Brittani Meynard, miya saratoniga uchragan 29 yoshli amerikalik ayol ustida amalga oshiriladi. 2014-yilda u evtanaziya qonuniy boʻlgan Oregon shtatiga koʻchib oʻtadi va dorilar yordamida oʻz jonini oladi. Meynardning hikoyasi ommaviy axborot vositalarida koʻpchilikning eʼtiborini tortadi va “sharafli oʻlim” masalasida qizgʻin bahslarga sabab boʻladi. 
Tanganing ikkinchi tomoni ham bor: evtanaziya barcha hollarda ham bunchalik silliq oʻtavermagan. 2018-yilda Nikolas Bonnemayson ismli shifokor bir qancha tuzalmaydigan kasallarga oʻldiruvchi dozada dori bergani tufayli qotillikda ayblangan. Bu voqea evtanaziyaning axloqan murakkab jihatlarini va bemorning oʻlimi uning kasalligi tufayli yoki qotillik sababli boʻlganini aniqlashda qiyinchiliklarga sabab boʻlishini koʻrsatib bergan.
Kim bunga qarshi-yu, kim qarshi emas?

Evtanaziyaga doir bahslar juda murakkab va koʻp qirrali boʻlib, ikkala tomonda ham yaroqli argumentlar talaygina. 
Evtanaziya tarafdorlari uni tuzalishga umidi boʻlmagan bemorlarni azobdan qutiltirishning eng rahmli yoʻli deyishadi. Ularning fikricha, shaxslarda qachon va qanday oʻlishlarini tanlash huquqi bor va ularning bu huquqini poymol qilish ularning avtonomiyasi va sharafiga boʻlgan tahdiddir. Shuningdek evtanaziya tarfdorlarining aytishlaricha, bu befoyda davolashga ketadigan xarajatlarni kesadi va kasalxonalarni boshqa bemorlar uchun boʻshatib beradi. 
Boshqa tomondan qaralsa, evantaziyaga qarshi turuvchilar insonning hayotiga nuqta qoʻyish, sharoitlardan qatʼiy nazar axloqan notoʻgʻri deb hisoblashadi. Ularning fikricha, hayot muqaddas narsa hamda evtanaziyaga ruxsat berish oxir-oqibat zaif qatlamdagilarning oʻz hayotlarini yakunlashga undalishi va bosim qilinishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, palliativ yordam va ogʻriqni qoldirishga qaratilgan davolash evtanaziyaga yuzlanmasdan bemorlarga yengillik berishi mumkin
Oxir-oqibat evtanaziyaga doir bahslar hayotning muqaddasligi va insonning erkinligiga borib taqaladi. Ikkala tomonda ham mantiqiy argumentlar boʻlsada, qaysi yoʻlni tutish jamiyatning qoʻlida qoladi. 


Yüklə 19,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə