11.OITS va OIV genetikasi
Orttirilgan immun tanqisligi sindromi
(OITS) — retrovirus guruhiga
mansub
virus
qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻlinadi: OIV infeksiyasi va
bevosita OITS (SPID) davri. OIV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor,
lekin kasallik alomatlari hali na-moyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda
Parijda professor Lyuk Montanye hamda AQShda professor Gallo boshchiligidagi
olimlar tomonidan kashf etilgan (1983-yil). Bu virus odamning
immunitet
tizimiga
tanlab taʼsir koʻrsatadi, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus
odam organizmiga
tushgach, 2—3 kundan soʻng, 25—30% hollarda birlamchi
infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sin-
dromi" deb ataladi, bunda harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar
va bosh
ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida
toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus
taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan
bogʻliq. Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet
tizimining javobi hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10
yilgacha, baʼzan undan ham uzoq davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda
OIV infeksiyasi tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan
antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan.
Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan soʻng shakllana
boshlasa ham, qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni ilgʻay olmaydi. Shu bois,
odamga ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida virus organizmga tushganidan soʻng
90 kun oʻtkazib olingan tek-shirish natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin.
.OITS OIV infeksiyasining yakuniy davri hisoblanadi. Virus bilan organizm
oʻrtasidagi kurash uzoq davom etib, virusning ustunligi bilan tugaydi. Shu vaqtdan
OITS davri boshlanadi. Bu davrda odam organizmi har qanday mikrobga
bardosh
berish xususiya-tini yoʻqotadi. Jumladan, nafas, meʼdaichak, siydik yoʻllarida
doimo mavjud boʻlgan va kasallik qoʻzgʻata ol-maydigan mikroblar ham
faollashib, turli xastaliklarni keltirib chikari-shi mumkin. Ularning namoyon
boʻlishi organizmda yuzaga kelgan OITS holati bilan bogʻliq boʻlgani uchun,
ushbu guruhga kiruvchi kasalliklar jamlangan holda OITS bilan bogʻliq
(assotsiirlan-gan) infeksiyalar deb ataladi. Bular bakterial infeksiyalar, zamburugʻli
kasalliklar, viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar, Kaposhi sarkomasi va hokazo.
Kasallik virusi infeksiya yuqqan odamning qonida,
erkaklar shahvatida,
ayollarning jinsiy aʼzolari chiqindilarida va koʻkrak sutida boʻladi. Shuning uchun
OITV, asosan, uch xil yoʻl bilan yuqadi: qon orqali, jinsiy aloqa vositasida va
infeksiya yuqqan onadan homilasiga vertikal yoʻl bilan oʻtadi.
.OITS bilan ogʻriganlarning koʻpchiligini narkomanlar (giyoxvandlar), fohishalar,
gomo- va biseksuallar tashkil etadi. OITS organizmga jinsiy aloqa, parenteral
muolajalar (nosteril igna, shprits va boshqa tibbiy anjomlar ishlatilganda),
inifitsirlangan qon va uning oʻrnini bosuvchi dorilarni qoʻllash, aʼzo va
toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) vaqtida, shuningdek, virusni
yuktirib olgan onadan homilaga homiladorlik davrida, tugʻish jarayonida va goʻdak
emi-ziladigan boʻlsa, koʻkrak suti bilan yuqib qolishi mumkin.
Oʻzbekistonda OIV/OITS bilan bogʻliq masalalar Sogʻliqni saqlash vazirligining
OIV/OITS xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Respublika.OIV/OITS markazi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi OIV/OITS markazi, Toshkent shahar va
viloyatlar
OIV/.OITS markazlari oʻz xududlarida ushbu soha faoliyati bilan bogʻliq barcha
profilaktik, epidemiologik, lab. tekshiruvi, davolash tadbirlarini olib boradi. Har
bir markaz qoshida oʻz ixtiyori bilan lab. tekshiruvi uchun kelganlarni sir saqlagan
holda tekshiradigan anonim xonalar mavjud. Maqsadli guruhlargiyohvandlar va
seksiolog xodimlari bilan virus yuqib qolishining odsini olish maqsadida xufiyona
ish olib boradigan Ishonch punktlari (IP) ham ishlaydi.
Profilaktikasi. Ushbu infeksiya keng tarqalgan kasalliklardan biri boʻlgani uchun
muhofaza tadbirlari ijtimoiy hayotning barcha soha vakillari ishtirokida olib
borilishi lozim. Har bir yigit-qiz bu infeksiyaning tarqalish yoʻllari, uning oldini
oladigan tadbirlardan xabardor boʻlishi va oʻzini undan ehtiyot qilishi kerak.
OITS (ortirilgan immun tanqisligi sindromi)
– sindromi OIV (orttirilgan immun ta
nqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik. Kasallik inson immun tizimini
o‘zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi. Agar b
u sindrom rivojlansa bu sezuvchanlik yanada oshadi.
OIV virusi odamning barcha to‘qimalarida
uchraydi, zararlangan odamning org
anizm ichki suyuqliklari orqali yuqadi. Masalan sperma, qin ajralmasi, qon va k
o‘krak suti orqali tarqalishi aniqlangan.
Bu
maqolada biz sizga OIV va OITS, ularning simptomlari, sabablari va davol
ash haqida ma’lumot bermoqchimiz.
OIV
– bu virus odamning immun hujayrasi bo‘lgan CD-4 hujayralarini zararlay
di. OITS
– bu sindrom OIV virusining immun tizimiga bo‘lgan ta’siri natijasida y
uzaga keladi.