Kalit so’zlar; oits\ oiv, unesco, javobgarlik asoslari, xalqaro oitsga qarshi kurashish kuni



Yüklə 34,89 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü34,89 Kb.
#163289
  1   2   3
Oits - для слияния


Oits\ oiv va tanosil kasalliklari tarqalishi va yuqtirilishini oldini olish va bu bo’yicha ijro etish samaradorligini oshirish faoliyatini muvofiqlashtirish
Annotatsiya ; Bugungi kunda tanosil va OITS kasalliklari dunyo bo’yicha kata muammo bo’lib kelmoqda . Buning natijasida hayotimizda mavjud bo’lgan erkin yashash huquqiga ma’lum cheklovlar mavjud bo’lmoqda . Oits kasalligi yuqtirish xavfini oldini olish uchun javobgarlik asoslari mavjud . Lekin bu asoslar yaxshi ishlamayotganligi va bo’ysunish tartibi amalda bo’lmayotganligi oqibatida xalqimiz hayoti xavf ostida qolmoqda . Shu sababdan ushbu maqoladajavobgarlik masalasi va ijro etish samaradorligini oshirish faoliyatini muvofiqlashtiramiz .
Kalit so’zlar ; OITS\ OIV , UNESCO , javobgarlik asoslari , xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni .
Annotation ; Today, sexually transmitted diseases and AIDS are a serious problem in the world. As a result, there are certain restrictions on the right to live freely in our lives. . this disease is a serious problem not only for us, but for the whole country, and international solutions have been devised for this problem. In this article.
Key words ; AIDS\HIV, UNESCO, principles of responsibility, International AIDS Day.
Odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi - Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OIV OITS) viruslar tomonidan chaqiriladigan , Yangi paydo bo'lgan infeksion kasallik bo'lib , Uning eng asosiy alomati immunitetning birinchi navbatda, hujayra immunitetining to'xtovsiz ravishda pasayib borishi hisoblanadi va buning oqibatida uning klinik manzarasi va kasallikning evolutsivasi o'ziga xos yorqin ko'rinish oladi.1.Kasallik, asosan , jinsiy aloqa orqali , parenteral yo’l bilan, qon va uning preparatlarini quyganda , shuningdek, homilador ayollardan yo'ldosh orqali homilaga yuqadi. OIV/OITS kasalligi mutaxassislar tomonidan insoniyat tarixidagi birinchi haqiqiy global epidemiya deb tan olingan. Chunki o'lat ham , Chin chechak ham , ham hech qachon butun sayyorani bir vaqtning o'zida yoppasiga qamrab olmagan. Balki faqat ayrim hududlardagina tarqalgan, shu nuqtayi nazardan OIV/OITS kasalligi bilan yuqorida sanab o'tilgan o'ta xavfli infeksiyalarning birortasi ham tenglasha olmaydi. Bundan tashqari , yuqoridagi kasalliklar tufayli o'lim hech qachon 100 % ni tashkil qilmagan.1. OIV/OITSda esa kasallik oqibati 100 % o'lim bilan yakunlanadi.. Suvga tushgan virus bir necha daqiqada o’lib ketadi, lekin zararlangan teri orqali uni yuqtirish oson bo’ladi . OIVning oldini olish va unga g'amxo'rlik qilish uchun tizimli to'siqlarni hal qilishni talab qiladi . Mavjud ilmiy va tibbiy dalillar OIV bilan kasallangan odamlarning xatti-harakatlarini jinoyat deb hisoblaydigan davlat qonunlari va amaliyotlarini xabardor qilishi kerak. Davlatlar eskirgan qonunlar va amaliyotlarni yangilash yoki bekor qilish haqida o'ylashlari kerak Aynan shu jarayon bo’yicha bo’lib o’tadigan kechinmalar haqida bahs yuritamiz.
MATERIAL VA METODLAR Mazkur ilmiy maqolani tadqiq etishda umumilmiy uslublar; funksional yondashuv, mantiqiylik, tizimlilik, tarixiy, qiyosiy-huquqiy metodlardan foydalanilgan. Mavzu yuzasidan olimlarning fikr va mulohazalari tahlil qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
TADQIQOT NATIJALARI. Tanosil yoki OITS kasalligini yuqtirib olgan odamda psixologik ta’sir kuzatiladi. Buning natijasida sog’lom odamlarga nisbatan nafrat va hasad yuzaga keladi. Oqibatda tanosil kasalligi bilan og’rigan bemorlar jinoyatga qo’l uradi. Aynan shu holatdan biz bu jinoyatni sodir qilmaslik choralarini ko’rishimiz kerak chunki odamda kasalligi tufayli odamlarga ,,qo’shilolmaslik instinkti” bu jinoyatni asosi hisoblanadi. Plenum qarori asos qiladigan bo’lsak, tekshiruvdan o‘tayotgan shaxsda oiv virusi aniqlangan taqdirda, u bilan keyingi mslahatlashuvlar o’tkaziladi hamda u dispenser hisobga qo’yiladi. Mazkur shaxs o’zga shaxslarga oiv infeksiyasini yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlik tog’risida yozma ravishda ogohlantiriladi.2 Aynan shu jarayondan boshlab shaxs 113-moddasi subyektiga aylanadi. Yuqorida aytilgan instinkt asosida esa hech kim bu shaxsni birgina javobgarlik asosini aytib o’tish bilan jinoyatga qo’l urishdan qaytarishi mumkin deb ayta olmaydi.
Aksariyat AQSH shtatlarda amaldagi qonunlarga ko'ra, OIV bilan kasallangan odamlarning harakatlari boshqalarga OIV yuqishi ehtimoli uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. OIVning haqiqiy yuqishi yoki yuqtirish niyati odatda talab qilinmaydi.
35 shtat OIV bilan kasallangan odamlar tomonidan OIV yoki STDga oid qonunlar orqali sodir etilgan xatti-harakatlarni jinoiy javobgarlikka tortadi.
14 shtat OIV yuqtirish xavfi kam yoki past bo'lgan harakatlarni , masalan, tupurish, tishlash va og'iz orqali jinsiy aloqa qilish uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.
10 shtat o'z maqomidan xabardor bo'lgan OIV bilan kasallangan odamlardan jinsiy sheriklariga o'z maqomini oshkor qilishni talab qiladi.
12 shtatda jazo muddati 10 yildan ortiq va ba'zi shtatlarda umrbod davom etadi, garchi OIV bilan kasallangan odamlar yuqishning oldini olish choralarini ko'rgan bo'lsalar ham.
3 shtatlari OIV bilan kasallangan, o'z maqomidan xabardor bo'lgan odamlardan o'z holatini igna bilan bo'lishish sheriklariga oshkor qilishni talab qiladi.
10 shtat OIV yuqishining oldini olish choralarini ko'rish uchun himoya vositalarini taqdim etadi, masalan, prezervativdan foydalanish, virusni bostirish.3
Shuningdek bu moddaning subyekti misolida aytadigan bo’lsak, Shaxsning kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligi/OITSni yuqtirishi - bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.[113-moda . JK.]4. Bu moddani kvalifikatsiya holatidan aytadigan bo’lsak , Jinoiy javobgarlik holati birmuncha mukammalashtirish kerak deb hisoblayman. Chunki hozirgi kunda oits bilan kasallangan bemorlarning 70% stomatologlar tomonidan , ya’ni ular sterillanmagan asboblar bilan kasal odamni davolaydi va bu asbobni qayta ishlatish orqali boshqasiga yuqtiradi.5.
Ikkinchi holatni aytadigan bo’lsak, zeroki dispenser hisobida turgan oits bilan kasallanganlar sir saqlanishi ko’zda tutilgan. Lekin bu kasallik bilan kasallanganlar ro’yhati bilan hech bo’lmasa shifokorlarga ham ma’lum qilinmaydi. Aynan shu jarayondan kelib chiqadigan bo’lsak, shifokorlarda oiv\oits yuqtirish xavfi miqdorini oshirib berayotganlik faktini aniqlashimiz mumkin. Chunki kasallanishning hozirgi kundagi asl o’zagi deb yurtimizda shifokorlarda gumonlanish ko’proq.
Yuqorida eslatib o’tganimizdek, Shaxsning kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligi/OITSni yuqtirishi - bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.[113-moda . JK.]6 Bu qismni ta’rif beradigan bo’lsak, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi jazolanishi mumkin maksimal darajada aytganda. Jinoyatlarni tasniflash bo’yich aytganda qasddan sodir etilib, qonunda 3 yildan ortiq , lekin 5 yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlikda sodir etilib , qonunda 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlarga kiradi. [jk 15-m.]7 Har xil manbalarning bergan ma'lumotlariga ko'ra, sayyoramizda hozirgi kunda OIV infeksiyasini yuqtirib olganlar va OITSga chalingan bemorlar soni 34 milliondan 46 milliongacha yetgan. OlTSdan o'lganlar soni esa 20 milliondan ortib ketgan, faqat 2003- yilning o'zida 3 million kishi ushbu kasallik tufayli olamdan o'tgan. Ayniqsa, yoshlar orasida bu kasallik oqibatida о'lish birinchi o'rinda turibdi. Dunyo bo'yicha har kuni taxminan 16000 kishi bu kasallikni yuqtirib olmoqda.8. Shu tufayli bu kasalliklar oldini olish nafaqat O’zbekiston uchun, balki butun dunyo uchun dolzarb muammo bo’lib kelmoqda. OITS kasalligi va tanosil kasalligi bo’yicha vaksina yoki shunga o’xshash ma’lum darajada davolar topilmaganligi uchun ham butun dunyo bu muammoni hal qilish uchun ojizlik qilmoqda. Oits kasalligi oxiri har doim o’lim bilan tugaydigan kasallik. Shunday kasallikka chalingan bemor oxiri bu dunyodan ko’z yumadi, yuqtirilishiga yo’l qo’yib bergan shaxsni jinoyatini biz uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar safiga quyishimiz esa odillik prinsipiga zid degan fikrdaman.
Jabrlanuvchi o’zini oits kasalligini yuqtirish xavfi ostida ixtiyoriy ravishda qoldirishi o’zida oits kasalligi borligini bilgan va unga bu kasallikni yuqtirish xavfi ostida qoldirgan yoki yuqtirgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etish uchun asos bo’lmaydi deb aytib o’tilgan.9. Lekin men bu holatga qisman qarshi chiqaman . Chunki oits jinoyati borligi haqida subyekt oldindan jabrlanuvchini ogohlantiryapti. Jabrlanuvchi esa u bilan birga ishqiy munosabatini to’xtatmoqchi emas , shu holatlarni jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish uchun zaruriy va farqli belgi deb olgan holda qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish maqsadga moyil bo’ladi.
Subyektiv tomondan jinoyat kvalifikatsiyaga nazar soladigan bo’lsak , JKning 113-moddasi 2-qismida ko’zda tutilgan jinoyatning subyektiv tomoni to’g’ri va egri qasd bilan tavsiflanadi , chunki aybdor o’zida oits \oiv kasalligi borligini bila turib, jabrlanuvchi mazkur kasallikning yuqtirilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan harakatlarni sodir etadi va bunda mazkur oqibatlar yuzaga kelishini xohlaydi yoki bunga ongli ravishda yo’l qo’yadi.10. Lekin bu holat jinoyat kvalifikatsiyasiga butunlay ta’sir ko’rsatmaydi. Qonunchiligimizning yuqorida aytilgan kamchiliklaridan kelib chiqqan holda , shu tomon ham muammoli vaziyat bo’lib qolmoqda.
TADQIQOT NATIJALARI TAHLILI
Yana shuningdek , tekshiruvdan o’tayotgan shaxsda OIV kasalligi aniqlangan taqdirda , u bilan keyingi maslahatlashuvlar o’tkaziladi hamda u dispenser hisobiga qo’yiladi , mazkur shaxs o’zga shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlik to’g’risida yozma ravishda ogohlantiradi .11. Bu holat aniqlangan holda , mazkur shaxslarning shaxsni tadiqlovchi hujjatiga shu ro’yhatda turganligi haqida ma’lumot kiritilishi kerak deb o’ylayman. Aynan shaxsni tadiqlovchi hujjatdagi oits kasalligi mavjud ekanligi haqida shu belgi qanday ta’sirga ega ekanligi shifokorlar yoki shunday mas’ullar uchun ma’lum bo’lsa , bu kasallikni yuqtirish xavfini birmuncha kamaytirishga erishgan bo’lardik deb hisoblayman .
OIVni jinoiylashtirishni isloh qilish variantlari;
1]Eskirgan OIV bilan bog'liq jinoyatlar to'g'risidagi qonunlarni bekor qilish yoki
2]OIVni kriminallashtirish qonunlarini modernizatsiya qilish yoki
3]Maxsus yoki umumiy jinoiy qonunlar orqali OIVni jinoiylashtirishdan mahrum qilish yoki
4]Agar oldingi variantlarni amalga oshirish mumkin bo'lmasa, OIV bilan kasallangan odamlar tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun OIVni jinoyat deb hisoblash uchun amaldagi qonunlarni yoki umumiy jinoiy qonunlarni qo'llashda joriy ilmiy va tibbiy dalillardan foydalanish. Shu holatlardan kelib chiqqan holda o’zgartirishlar uchun bir ikkita taklifimni berib o’tmoqchiman .
Bundan tashqari yuqorida aytib o’tganimizdek aynan kasbiy faoliyatini bajarmaganigi va lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarlik masalasini uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar safidan og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatlar safiga o’tkazsak va bu haqida tegishli tartibda xabardor qilsak, shifokorlar o’rtasida ogohlikni kuchaytirgan bo’lardik. Bundan inson hayoti uchun mas’ul bo’lgan har bir fuqarolar tegishli tartibda o’z faoliyatiga mas’uliyat bilan qarashiga erishishimiz mumkin deb hisoblayman.
Jinoyatning obyekt holatiga nazar soladigan bo’lsak, bu holat ancha dolzarb muammoli masala. Shu sababdan jinoyatlarning kvalifikatsiya qilishda obyektga subyekt tomonidan oits kasalligi oldindan ma’lum qilingan va qilinmaganlik holatlarini o’rganishimiz kerak. Yana qo’shimcha bilan aytadigan bo’lsak , obyekt tomonidan oits kasalligi bo’lgan shaxs bilan ishqiy munosabatda bo’lish holatlari oldindan ma’lum qilingan holat bilan bo’g’liq bo’lsa bu subyekt uchun yengillashtiruvchi holat sifatida baholash maqsadga muvofiq bo’ladi . AQShning 32 shtatlari va ikkita hududida OIVga oid maxsus jinoiy qonunlar mavjud va oʻttiz oltita shtatlar OIV bilan kasallangan odamlarning rozilik asosida jinsiy aloqada boʻlgani uchun hibsga olingani va/yoki jinoiy javobgarlikka tortilganligi haqida xabar bergan. tishlash va tupurish. Faqat 2008 yildan 2013 yilgacha kamida 180 ta shunday jinoiy ish bo‘lgan.12.
Jinoyatlarni tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan subyektiv tomondan aytadigan bo’lsak, oits kasalligi yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki yuqtirganlik uchun javobgarlik masalasida qasd va ehtiyotsizlik holatlarini alohida-alohida qism qilish kerak deb hisoblayman va albatta, javobgarlik masalasi ham shunga xos og’ir va yengil jazo tartibida hal etilsa , odillik prinsipiga roiya etgan bo’lamiz.
Bu moddani kvalifikatsiya holatidan aytadigan bo’lsak, Jinoiy javobgarlik holati birmuncha mukammalashtirish kerak deb hisoblayman. Chunki hozirgi kunda vabolar butun dunyo o’rtasida juda keng tarqalmoqda . OITS yoki Tanosil kasalligi bo’yicha mas’ullik hozirgi kunda mamlakatimizda davlat Vazirlar Mahkamasiga yuklatilgan.13. Agarda tanosil yoki OITS kasalligi bilan shug’ullanishni OLIY MAJLISga yuklash zarur deb hisoblaydigan bo’lsak xalqimiz o’rtasida psixologik vahima holatlari kuzatilishi mumkin . Buning oqibati yaxshi bo’ladi deb esa hech kim ayta olmaydi. Lekin ba’zi holatlar bo’yicha davlat hokimiyati organlari mas’ullariga topshirish kerak deb hisoblayman.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki , jinoyatlarni oldini olish va shaxs qayta jinoyat sodir etmaslik holatlarini yuksaltirish uchun albatta har bir shaxs ogoh bo’lishi kerak va yetarlicha ehtiyotkorlik choralarini ko’rish kerak deb hisoblayman . Zotan , aybdor shaxsga adolatli jazo tayinlash hamda uning ijrosini tashkil etish va ta’minlash bilan bir butunlikda jazoning ko’zlangan maqsadda erishish imkonini beradi .

REFERENCES



Yüklə 34,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə