Mavzu: ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi


Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi



Yüklə 81,48 Kb.
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü81,48 Kb.
#144158
1   2   3   4   5
ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi

Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi


Muloqot jarayonining ham, guruhiy jarayonlarning hamda egasi—subyekti hamda obyekti aslida alohida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiya alohida shaxs muammosini ham o’rganadiki, uni o’sha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nuqtai nazardan tekshiradi. Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, huquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bo’limlarida ham o’rganiladi. Har bir bo’lim yoki tarmoq uni o’z mavzui va vazifalari nuqtai nazaridan shaxsga taalluqli bo’lgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning mahsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi deb hisoblasa, sosiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning obyekti deb qaraydi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o’ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo’ladigan turli shakldagi o’zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. Ya’ni, ijtimoiy psixologiya avvalo biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo’ysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini o’rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta’siri qay yo’sinda sodir bo’lishi ijtimoiy psixologiyada sosializasiya, ya’ni ijtimoiylashuv muammosi bilan uzviy bog’liq bo’lsa, bu ta’sirlarning shaxs hatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo’lishi ijtimoiy yo’l-yo’riqlar muammosi bilan bog’liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo’lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o’zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm - bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu - shaxsning atrof muhitida sodir bo’layotgan ijtimoiy hodisalarni, obyektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o’rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o’zgartirishga aloqador kategoriyadir.
Ijtimoiy muhitning ta’siri xulq-atvorda bevosita namoyon bo’ladi. U yoki bu xulq-atvorning sababi uning motividir. Ijtimoiy psixologiya shaxs xulq-atvorining motivlari sifatida ijtimoiy ustanovkalarni o’rganadi.
Rus olimi V.A. Yadov o’zining dispozision konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to’rt bosqich va to’rt tizimli sifatida tasavvur qilgan.

  1. elementar ustanovkalar (set) - oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko’p incha ongsiz tarzda hosil bo’ladigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun moddiy shart - sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o’zgartirish kifoya.

  2. ijtimoiy ustnovkalar (attitud) - ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun ijtimoiy shart - sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o’zgartirish kerak.

V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar - ular shaxsning umumiy yo’nalishini belgilaydi va ularni o’zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o’zgartirish demakdir.
G) qadriyatlar tizimi - ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr - qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabiyotdan aynan bir guruh asarlar yoqadi. Lekin nima uchun xuddi shu asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi. O’sha guruhdan yangi bir kitob qo’lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda bo’ladi. Shu ma’noda olib qaralganda, ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosabatlarga o’xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o’z ifodasini topadi.
Ya’ni, ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy obyektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu obyektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum tarzda idrok qilishga tayyorgarlik holatidir.
Ijtimoiy ustanovka muammosi G’arbda, ayniqsa, Amerika Qo’shma Shtatlarida har taraflama chuqur o’rganilgan muammolardan hisoblanadi. Amerikalik olimlar uning shaxsning avvalgi xayotiy tajribasiga, undagi ijtimoiy tasavvurlarga bog’liqligini o’rganib, shaxs xulq-atvorini turli sharoitlarda boshqaruvchi mexanizm ekanligini isbot qildilar. Ular ijtimoiy ustanovkani bir so’z bilan— ''attityud" so’zi bilan ifodalaydilar. 1942 yildayok M. Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga ko’ra attityudda uch qism bo’lib, bular kognitiv qism, affektiv qism hamda konativ qismlaridir.
Kognitiv qism — bu shaxsdagi attityud obyektiga nisbatan bilimlar, uning odam tomonidan anglanishidir. Bunga shaxsdagi bilimlardan tashkari g’oyalar, tasavvurlar, prinsiplar va hokazolar kiradi.
Atttyudning affektiv qismi — bu o’sha obyektni hissiy-emosional baholash bo’lib, yoqtirish yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi. Konativ qism yoki xulq-atvor bilan bog’liq qismga esa shu obyektga nisbatan amalga oshiriladigan hatti-harakatlar, aynan xulq-atvor kiradi.
Lekin ba’zi olimlarda ustanovkaning aynan obyektga yoki vaziyatga nisbatan bo’lishi mumkinliga haqida ma’lumotlar ham bor edi. Xususan, Lapyerning 1934 yilda o’tkazgan mashhur eksperimenta bunga misol bo’lishi mumkin. Eksperimentning mazmuni kuyidagicha edi. Lapyer ikkita xitoylik talabalar bilan AQSh buylab sayohatga chiqadi. Ular hammasi bo’lib 252 ta mexmonxonada bo’lishib, ularning deyarli barchasida (bittasidan tashqari) iliq, samimiy munosabatnnng guvohi bo’lishadi. Ma’lumki, o’sha paytlarda irqiy belgi bo’yicha odamlarga tanlab munosabatda bo’lishar, xitoyliklar ham sariq tanlilar sifatida kamsitilardi. Lapyer bilan hamroh bo’lgan talabalarga munosabat bilan olimga bo’lgan munosabat o’rtasida deyarli farq sezilmadi. Sayohat tugagach, Lapyer o’sha barcha mehmonxona egalariga minnatdorchilik xati yozib, yana o’sha talabalar bilan borsa, yana o’shanday iliq kutib olishlari mumkinligini so’radi. Javob faqat 128 ta mexmonxona egalaridan keldi, ularning ham bittasida ijobiy javob, 58 %da rad javobi, qolganlarida turlicha formalarda noaniq javoblar olindi. Bundan Lapyer shunday xulosaga keldi: demak xitoy millatiga mansub shaxslarga nisbatan ijtimoiy ustanovka bilan mehmonxona egalarining real xulqatvorlari o’rtasida farq bo’lib, aslida ustanovka salbiy ekanligi, vaziyatga qarab esa, u boshqacha — ijobiy namoyon bo’lganligi aniqlandi.
Ijtimoiy ustanovkalarga xos bo’lgan umumiy qonuniyatlardan yana biri uning uzoq muddatli xotira bilan bog’liqligidir. Ayni vaziyatlarda shakllangan obrazlar uzoq muddatli xotirada saqlanib, u yoki bu vaziyatda aktuallashadi, ya’ni ''jonlanadi". Masalan, ba’zi bir etnik stereotiplar ana shunday xotira obrazlaridandir. Demak, ijtimoiy ustanovka obyektga hamda konkret vaziyatga bog’liqdir.
Shakllangan ijtimoiy ustanovkaning hayot mobaynida o’zgarishi mumkinligi muhim ijtimoiy-psixologik ahamiyatga egadir. Amerikalik olim Xovland fikricha, ijtimoiy ustanovka o’rgatish yo’li bilan o’zgarishi mumkin. Ya’ni o’quvchilardagi turli ustanovkalarni o’zgartirish uchun rag’batlantirish yoki jazolash tizimini o’zgartirish lozimdir. Ikki shaxs yoki shaxs bilan guruhning ustanovkalari mos kelmay qolgan sharoitda esa tomonlardan biri ongli ravishda o’z ustanovkalarini o’zgartirishi shartdir. Aks holda nomutanosiblik prinsipiga ko’ra shaxslararo nizo yoki kelishmovchilik paydo bo’lishi muqarrardir.
Ijtimoiy ustnovkalarni o’zgartirishning eng sodda va qulay yo’li - bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo’lganda, obyektivlashadi, ya’ni o’z kuchini va mavjudligini ko’rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo’lsak, u yerda biror g’oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o’z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so’zlar va iboralar, harakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo’l bilan ko’p chilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo’llaniladi. Shulardan kelib chiqib, ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o’zgartirishga erishish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, shaxsga sosial-psixologik yondatish uni ma’lum guruhlarning a’zosi, konkret sharoitida o’ziga o’xshash shaxslar bilan muloqotga kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir.
Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq - atvorini ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning ahloq - ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o’ziga ham bog’liqdir. Odamning o’z - o’zini anglashi, bilishi va o’z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o’ziga, o’z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq - shaxs tomonidan uni o’rab turgan odamlar, ularning xulq - atvorlariga e’tibor berishdan tashqari, o’zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.
Ijtimoiy norma - shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o’z a’zolari xulq - atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talablaridir. Masalan, o’zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning kim bo’lishidan qat’iy nazar, «Assalomu alaykum» deb kelishi - norma; o’quvchining o’qituvchi bergan topshiriqlarni bajarishi lozimligi - norma; xotinning er hurmatini o’rniga qo’yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik - norma; avtobusda yoki boshqa jamoat transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o’rin bo’shatishi - norma va hakozo. Bu normalarni ayrim - alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo’lishi ijtimoiy tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko’p chilik tomonidan e’tirof etilganligi fakti bilan harakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va ijtimoiy guruh psixologiyada muhrlanadi.
Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro’y beradigan shart - sharoitlarini ijtimoiy institutlar deb ataymiz. Bunday institutlarga oiladan boshlab, mahalla, rasmiy davlat muassasalari (boqcha, maktab, maxsus ta’lim o’choqlari, oliygohlar, mehnat jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi.
Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o’ziga xosdir. Insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq elementlari aynan oilada, oilaviy munosabatlar tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham xalqimizda «qush uyasida ko’rganini qiladi» degan maqol bor. Ya’ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip jamiyatdagi boshqa guruhlar ta’sirida sayqal topib, takomillashib boradi. Bizning o’zbekchilik sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham muhim tarbiyalovchi - ijtimoiylashtiruvchi rol o’ynaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zan odamning qaysi mahalladan ekanligini surishtirib, keyin xulosa chiqarishadi, ya’ni mahalla bilan mahallaning ham farqi bo’lib, bu farq odamlar psixologiyasida o’z aksini topadi. Masalan, bitta mahalladan yaxshi kelin chiqsa, aynan shu mahalladan qiz qidirib qolishadi. Ya’ni, shu mahalladagi ijtimoiy muhit qizlarning iboli, aqlli, sarishtali bo’lib yetishishlariga ko’maklashgan. Masalan, ayrim mahallalarda sahar turib ko’cha - eshiklarni supurish odatga aylangan va barcha oilalar shu udumni buzmaydilar. Shunga o’xshash normalar tizimi har bir ko’cha-mahallaning bir-biridan farqi, afzallik va kamchilik tomonlarini belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallaga katta bo’layotgan yoshlar ijtimoiylashuvida bevosita ta’sirini ko’rsatadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv o’choqlariga maktab va boshqa ta’lim maskanlari kiradi. Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus tarzda uyqunlashtiriladi. Bizning ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz ta’lim oladigan, bola bilimlar tizimini o’zlashtiradigan maskan sifatida qabul qilamiz. Lekin aslida bu yer ijtimoiylashuv tarbiyaviy vositalarda yuz beradigan maskandir. Bu yerda biz ataylab tashkil etilgan, oxirgi yillarda joriy etilgan «Ma’naviyat darslari», «Etika va psixologiya» kabi tarbiyalovchi fanlarni nazarda tutmayapmiz. Gap har bir darsning, umuman maktabdagi shart-sharoitlar, umumiy muhitning tarbiyalovchi roli haqida. Masalan, dars paytida o’qituvchi butun diqqati bilan yangi darsni tushuntirish bilan ovora deylik. Uning nazarida faqat dars, mavzuning mazmuni va undan ko’zlangan maqsad asosiyday. Lekin aslida ana shu jarayondagi o’qituvchining o’zini qanday tutayotganligi, kiyim - boshi, mavzuga subyektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi o’quvchilarga munosabati hamma narsani belgilovchi, ijtimoiy tajriba uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan omildir. Shu nuqtai nazardan o’quvchilar didi, kutishlari va talablariga javob bergan o’qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa o’qituvchining ta’siri faqat salbiy rezonans beradi. Xuddi shunday har bir sinfda shakllangan muhit ham katta rol o’ynaydi. Ba’zi sinflarda o’zaro hamkorlik, o’rtoqchilik munosabatlari yaxshi yo’lga qo’yilgan, guruhda ijodiy munozaralar va bahslar uchun qulay sharoit bor. Bu muhit tabiiy o’z a’zolari ijtimoiy xulqini faqat ijobiy tomonga yo’naltirib turadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti - bu mehnat jamoalaridir. Bu muhitning ahamiyati va o’ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli pishib qolgan, ma’lum tajribaga ega bo’lgan, hayot haqidagi tasavvurlari shakllangan paytda keladi. qolaversa, egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat malakalari va bilimlar ham juda muhim bo’lib, shu muhitdagi ijtimoiy normalar harakteriga ta’sir qiladi. Lekin baribir shaxsning kimlar bilan, qanday o’zaro munosabatlar muhiti ta’sirida ekanligi uning yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining muhim mezonlaridandir. Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri - o’sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o’zaro munosabatlar, rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati bo’lib, ko’p incha oylik - maosh masalasi ana shulardan keyin o’rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, soqlom ma’naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson taqdirida katta rol o’ynaydi.
O’zgaruvchan miqdorlarga ko’ra to’rt bosqichda tajriba-sinov ishlari tashkil etildi. Tajribada o’zgaruvchan miqdorlarni oshirib borish usulidan foydalanildi.
1–bosqich o’zgaruvchan miqdorlarga ko’ra tashkil etildi. Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi bo’yicha o’zgaruvchan miqdorlar doirasida o’tkaziladi. Bu bosqichda taqqoslash maqsadida 2 ta tajriba, 2 ta nazorat sinflari tanlab olinadi. Tajriba va nazorat sinflarida jami 115 nafar o’quvchi ishtirok etdi.
Tajriba–sinov o’rganilgan va endi o’rganilayotgan mavzularning farqini anglash, mavzuga mos dars holatini hosil qilish, o’rganilayotgan mavzuning nazariy va amaliy ahamiyatiga doir kirish suhbati tashkil etildi. Nazorat ishlari o’quvchilarda ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi deyarli to’liq o’zlashtirishiga olib keladi, degan ilmiy faraz asosida o’tkaziladi.
Tajriba–sinov ishlarining 2–bosqichi 1–bosqichdan farqli ravishda o’zgaruvchan miqdorlar doirasida o’tkaziladi. Tajriba–sinov ishlarining 2– bosqichida yuqorida keltirilgan o’zgaruvchan miqdorlarga qo’shimcha tarzda quyidagi miqdorlar berildi:

  1. rasm, chizma, jadvallar;

  2. dars topshirig’ida berilgan vazifalar;

  3. takrorlash usuli;

  4. o’zlashtirish darajasidagi o’quvchilarni ogohlantirish;

  5. bahs; 6) savolga javob topish;

7) qo’shimcha topshiriq tanlash; 8) takrorlash.
Tajriba–sinov ishining 3–bosqich tajriba–sinov ishlari 2–bosqichida amal qilingan barcha o’zgaruvchan miqdorlarga qo’shimcha tarzda o’zgaruvchan miqdorlarninng ikki xususiyati hisobga olindi:
Yakuniy bosqich tajriba-sinov ishlari davrida o’quvchilar (115 nafar) o’rtasida suhbat, savol-javob va anketa so’rovlari tashkil etildi, ular tomonidan test topshiriqlari bajarildi. O’rganish natijasida quyidagi ko’rsatkichlar qo’lga kiritildi (2.3.1- jadvallar):

Yüklə 81,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə