Umumrivojlantiruvchi mashqlarni oddiy tarzda yoki qisqacha –
egilish, sakrash va b.k. deb yoziladi.
Uchinchi grafaga sekundomer boʻyicha har kaysi
ish faoliyatining tugash
vaqti yoziladi. Masalan, oʻquvching saflanishi va raportiga 2 daqiqa 10 soniya
vaqt ketsa, shu ish faoliyatining toʻgʻrisiga yoziladi.
Oʻqituvchi tomonidan
mashqlarni tushuntirishga, koʻrsatishga, koʻrgazmali
qurollarni tayyorlashga, mashgʻulot
joyini tayyorlashga, oʻquvching mashqni
bajarishga ketgan vaqtlar aniq qilib tegishli grafaning toʻgʻrisiga yoziladi.
Dars tugagandan keyin xronometraj ma’lumotlarini ishlab chiqish kerak.
Bunda har qaysi faoliyatga ketgan aniq vaqtni topish
uchun keyingi sekundomer
koʻrsatgan keyingi vaqtdan oldingisi olib tashlanishi shart.
Tashkil qilish uchun boʻsh ketgan vaqt ya’ni oʻquv-tarbiyaviy vazifalarni
echishga ta’lluqli boʻlmagan harakatlar yoki vaqtdan
oldin darsni tugallash
intizomining buzilishi,
inventarlarning sinishi, oʻquvchining sababsiz ish
faoliyatidan ketib qolishi natijasida mashgʻulot vaqtida xosil boʻladigan
tanaffuslar- boʻlarning ham masi dars jarayonining oqlanmagan vaqtiga kiradi.
Darsning umumiy zichligini hisoblaganda, dars uchun ajratiladigan 45 daqiqa vaqt
100% deb olinadi. Masalan: pedagogik oklangan vaqtda 42
daqiqa sarflangan
boʻlsa, hisob qoʻyidagicha yechiladi:
Dostları ilə paylaş: