Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78
ilovepdf merged (2)

Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli
 
Jismoniy mashqlar barcha hodisalar va jarayonlarga oʻxshash oʻzining 
mazmuni va shakliga ega. Jismoniy mashqni bajarishda sodir boʻladigan mexanik, 
biologik, psixologik jarayonlarning toʻplami jismoniy mashqlarning mazmunini 
vujudga keltiradi, ularning ta’siridan harakat faoliyati uchun qobiliyat rivojlanadi. 
Shuningdek mashq mazmuniga uning boʻlaklarini toʻplami, masalan uzunlikka 
sakrashda tanaga tezlik berish, depsinish, havoda uchish, yerga tushish zvenolari 
hamda mashqni bajarishda hal qilinadigan vazifalar, shuningdek, mashqni 


bajarishdan organizmda sodir boʻladigan funksional oʻzgarishlar haqidagi nazariy 
bilim va amaliy harakat malakalari kiradi. Bu elementlarning barchasi jismoniy 
mashqning umumiy mazmunini vujudga keltiradi. Jismoniy mashqning shakli 
ularning ichki va tashqi tuzilishini muvofiqligida koʻrinadi.
Mashqning ichki tuzilishiga shu faoliyatni bajarishda ishtirok yetadigan 
skelet muskullari, ularning qisqarishi, choʻzilishi, buralishi va h.k., biomexanik, 
bioximik bogʻlanishlari - energiya sarflanishi, yurak-tomir, nafas olish, nerv 
boshqaruvi va boshqa organlardagi jarayonlar, ularning oʻzaro bogʻliqligini oʻz 
ichiga oladi. Biologik, mexanik, psixologik va boshqa jarayonlarning mashq 
bajarishda birining biri bilan aloqasi, oʻzaro kelishilganligi yugurish mashqlarida 
boshqacha boʻlsa, shtanga koʻtarishda boshqacha, ya’ni ichki tuzilishi turlicha 
boʻladi. 
Mashqning tashqi shakli, tashqi tuzilishi esa oʻsha mashqning tashqi 
koʻrinishi, harakatni bajarish paytiga ketgan vaqt yoki kuch sarflash me’yori va 
harakat intensivligini koʻrinishi bilan harakterlanadi. 
Jismoniy mashqlar shakli va mazmuni oʻzaro bogʻliq boʻlib, bir-birini 
taqazo etadi. Mazmunning oʻzgarishi shaklni oʻzgarishiga olib keladi. Mazmun 
shaklga nisbatan asosif rolni oʻynaydi. Masalan, har xil masofada tezlik sifatining 
namoyon boʻlishi yugurish texnikasining ham turlicha boʻlishiga sababchi boʻladi 
(qadamning kattaligi, chastotasi, tananing holati va h.k.). Shakl mazmunga ta’sir 
koʻrsatadi. Aniq ma’lum bir harakat uchun namoyon boʻlayotgan jismoniy sifatlar 
shu jismoniy mashqni bajarishdagi malakaga ta’sir qiladi. Shuning uchun suzuvchi 
kuchi bilan gimnastikachi kuchi, shtangachi kuchi bir-biridan farqlanadi. Jismoniy 
mashqni shakli va mazmunining ratsional muvofiqligiga erishish jismoniy tarbiya 
nazariyasi va amaliyotining asosiy muammolaridandir. Bu muammo qisman 
harakat malakasi va koʻnikmasiga, shuningdek, jismoniy sifatlariga ham 
ta’lluqlidir. 
Umumta’lim maktablari kun tartibida jismoniy sogʻlomlashtirish tadbirlari, 
tashkiliy metodik koʻrsatmalar mazmuni, vazifasi va maqsadi jismoniy tarbiya 
boʻyicha oʻquv dasturida mkammal yoritilgan. Ularga quyidagilar kiradi: 


Ertalabki badan tarbiya, darsgacha gimnastika mashqlari, jismoniy mashq 
daqiqasi, tanaffuslar vaqtidagi oʻyinlar, sport soati, kuni uzaytirilgan guruhlar
sayrlar. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə