1-Ma’ruza. Jismoniy madaniyat tarixi fanining maqsadi hamda vazifalari. Reja



Yüklə 116,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix17.04.2023
ölçüsü116,31 Kb.
#105938
  1   2
1-maruza



1-Ma’ruza. Jismoniy madaniyat tarixi fanining maqsadi hamda vazifalari.
 
Reja: 
1.Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini o’rganish davrlari: 
2.Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini o’rganish manbalari: 
 
Jismoniy tarbiya tarixi jahon xalqlari madaniy tarixining qismidir. Jismoniy tarbiya 
tarixi fani qadimgi zamondan to hozirgi kungacha bo’lgan davlarda jismoniy tarbiya va 
sportning kelib chiqishi, ivojlanishi va tarraqiy etish qonuniyatlarini o’rganadi. 
Jismoniy tarbiya tarixi tarixiy fanning mustaqil sohasi, jismoniy tarbiya va 
sportga doir ilmiy bilimlarning muhim qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi jamiyat 
madaniyatining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelishi va tarkib topishi haqida 
ma’lumotlar beradi.
Jismoniy tarbiya va sport tarixi fani qadim zamonlardan boshlab, shu kungacha 
turli xalqlarda jismoniy tarbiya taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va 
o’rganish bilan shug’ullanadi. Uning vazifasi turlicha tarixiy davrlarda jismoniy tarbiya 
nazariyasi va amaliyoti, jismoniy tarbiya shakllari, usullari, vositalari va kishilarning 
sport sohasidagi faolikyatining tahlilini berishdan iborat.
Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini o’rganish davrlari: 
I. Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya (mil.av. VIII mingyillikdan - mil. IV
asrgacha)
II. O’rta asrlar davrida jismoniy tarbiya (V- XVII asrlar)
III. Yangai davrda jismoniy tarbiya va sport (XVIII – XIX asr oxiri) 
IV. Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asrning boshlari –
hozirgi kungacha). 
Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini o’rganish manbalari: 
- qadimgi jismoniy tarbiyaga oid arxeologik va etnografik manbalar; 
- jismoniy tarbiya va sportga doir arxiv materiallari, ilmiy kitoblar va boshqa 
yozma manbalar;
- jismoniy tarbiya va sportga oid tasviriy san’at asarlari, badiiy kitoblar, kino, foto, 
fonomateriallar; 
- turli xalqlar jismoniy tarbiyasining rivojlanishi to’g’risidagi amaliy ma’lumotlar 
(sport yutuqlari, sport rekordlari); 
- jismoniy tarbiya va sportga doir xukumat qonunlari, qaror va farmonlari, maxsus 
rasmiy xujjatlari. 
Ash’yoviy va yozma yodgorliklar, xalq doston va eposlari, jismoniy tarbiyaning 
taraqqiy etish amaliyotlari ham jismoniy tarbiya tarixini o’rganish manbalari bo’lib 
xizmat qiladi. 
Jismoniy tarbiya tarixining muhim vazifasi jahon xalqlari jismoniy 
tarbiyasining xususiyatlarini o’rganish va uning rivojlanish yo’llarini aniqlashdir. 
Ijtimoiy fanlardan biri hisoblangan jismoniy tarbiya tarixi fanining eng muhim 
vazifasi – bo’lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini yuksak g’oyaviylik, 
vatanga sadoqat, milliy iftixor va insonparvarlik ruhida tarbiyalashdir.
Jismoniy tarbiya va sport tarixi
 
farmining o'qitishdan maqsad - talabalarning 
jismoniy tarbiya va sportning turli tarixiy davrlarda rivojlnish qonuniyatlari, tizimlari 
to'g'risidagi nazariy bilimlarni shakllartirishdir. 
Fanning vazifasi - talabalarga jismoniy tarbiya va sport tarixini ilmiy - nazariy 
jihatdan tahlil qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilgan yutuqlarni, 
O'zbekistonda jismoniy tarbiya va ' sport tarixini, usullari va vositalarini, shakllarini 
hamda eng ilg'or tajribalarda foydalanishni o'rgatishdan iborat. 

Yüklə 116,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə