1
7-Ma’ruza
Mavzu:
Jismoniy tarbiya boʻyicha
dars konspektini tuzish uslubiyati
Reja:
1.
Dars oldiga qoʻyiladigan vazifalar.
2.
Dars tuzilishiga qoʻyiladigan talablar.
3.
Tashkiliy-uslubiy koʻrsatmalar.
Kalit soʻzlar:
dars konspektining toʻgʻri yozilishiga va uning mazmuniga,
dars oldiga qoʻyiladigan talablar, darsning har bir qismida amalga oshiriladigan
ishlar ketma-ketligi, vaqtni toʻgʻri taqsimlash, jismoniy tarbiya darslarini samarali
tashkil etish va oʻtkazish.
Maktab yoshidagi bolalar bilan oʻtkaziladigan jismoniy tarbiya darslaridagi
vazifalarni amalga oshirish, ilmiy asosda tuzilgan
va uslubiy jixatdan puxta
tayyorlangan dars konspektiga bogʻliq.
Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sogʻlomlashtirish va oʻrgatish vazifalari
bir-biriga boglangan xolda xal qilinadi. Shuning uchun oʻqituvchi darsni oldiga
konkret vazifalar qoʻyishni jismoniy tarbiya tizimining umumiy vazifalariga amal
qilgan xolda aniqlaydi. Dars vazifalarini, mashgʻulot oʻtkazish
joyini va darsga
tegishli asbob-anjomlarni belgilagandan soʻng dars mazmunini aniqlaydi.
Dars mazmunini aniqlashda, avvalo, darsning asosiy qismiga ta’lluqli
mashqlarni, soʻngra tayyorgarlik va yakunlovchi qism mashqlarini tanlash
maqsadga muvofiqdir. Tashkiliy uslubiy koʻrsatmalar darsda qoʻllaniladigan
vositalardan toʻliqroq foydalanish va shu bilan birga oʻquvchilar
tarbiyasini
maqsadga muvofiq xal etish uchun tanlanadi.
Konspektni tashkiliy uslubiy boʻlimiga:
- darsni maqsadga muvofiq tashkil etish;
- shugʻullanuvchilar faoliyatini darsda tashkil etishning usullari;
- oʻrgatish va tarbiyalashning metod va
metodik usullari;
2
- darsni oʻtkazish sharoitlari yoziladi.
Dars jarayonida urgatiladigan materiallarni hisobga olishda, oʻquvchilar
tomonidan kay darajada uzlashtirilganligini tekshirib koʻrish bilan bogʻlik boʻlgan
koʻrsatmalar yoziladi.
Dars tugagandan soʻng oʻqituvchi oʻtkazilgan dars boʻyicha ushbu
konspektga kiskacha uz muloxazalarini yozishi lozim.
Dars konspekti maktabda
jismoniy tarbiya soxasida oʻquv ishlarini rejalashtirishning aniq hujjati boʻlib,
oʻqituvchi tomonidan har bir sinfga yoki parallel sinflarga tuziladi. Dars
konspektida darsning nomeri, qaysi sinfga tuzilayotganligi va oʻtilish vaqti
yoziladi.