Mavzu: innovatsion jarayonlarning modellari


Innovatsion jarayonlar va zamonaviy biznes modellari



Yüklə 186,17 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü186,17 Kb.
#167110
1   2   3   4   5   6
2-MAVZU. INNOVATSION JARAYONLARNING MODELLARI

Innovatsion jarayonlar va zamonaviy biznes modellari


Ko‘pgina zamonaviy tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda kompaniyalar yangi g‘oyalarni taklif qilishni, bozorga kirishning yangi usullarini ishlab chiqishni, ularning sanoat bilimlarini tijoratlashtirish bosqichiga o‘tkazishi lozim.
Oldingi yondashuv asosan chiziqli modelga asoslangan bo‘lib, kompaniyalar o‘z g‘oyalarini yaratishi, keyin ularni ishlab chiqishi, ular asosida mahsulot yaratishi, u bilan bozorga kirishi, u
erda tarqatishi, so‘ngra unga xizmat ko‘rsatishi, moliyalashtirishi va qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Mazkur rejalarning barchasini kompaniyaning bir o‘zi amalga oshirishi kerak.
Bozorda katta resurslarga, kuchli ilmiy-tadqiqot bazasi va uzoq muddatli tadqiqot dasturlariga ega bo‘lgan yirik kompaniyalargina raqobatlasha oladi.
Genri Chesbro tomonidan “yopiq innovatsiya” paradigmasi deb nomlangan ushbu paradigma kompaniyalarni faqat o‘zlariga ishonishga majbur qildi. Ular ilmiy-tadqiqot ishlariga pul sarfladilar, buning natijasida ulkan kashfiyotlarni oldilar.
Ushbu kashfiyotlar kompaniyalarga yangi mahsulot va xizmatlarni taklif qilish, mahsulotlarning yuqori sotuv hajmiga erishish va undan katta foyda olish imkonini berdi. Ular katta ilmiy-tadqiqot ishlariga sarmoya kiritdilar va bu yana keyingi kashfiyotlarga olib keldi. Ichki ilmiy-tadqiqot ishlaridan kelib chiqadigan intellektual mulk ehtiyotkorlik bilan himoyalanganligi sababli, boshqa kompaniyalar ushbu g‘oyalardan foyda olish uchun foydalana olmaydilar.
“Yopiq innovatsiya” paradigmasi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqarish quyidagicha (6-rasm):
Kompaniya chegarasi





















Kompaniya chegarasi


    1. Yüklə 186,17 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə