Mavzu. "Iqtisodiyotda information komunikatsion texnologiyalar" fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/4
tarix08.01.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#82717
1   2   3   4
AMALIY 1

Axborot o’lchov birliklari2

Nomlanishi

Qisqartmasi

Baytlardagi o’lchovi

Byte

B

1

Kilobyte

KB

210 yoki approximately 1,024 bytes

Megabyte

MB

220 yoki 1,024 qilobytes (taxm. 1 million)

Gigabyte

GB

230 yoki 1,024 megabytes (taxm. 1 milliard)

Terabyte

TB

240 yoki 1,024 gigabytes (taxm. 1 trillion)

Petabyte

PB

250 yoki 1,024 terabytes (taxm. 1 quadrillion)

Exabyte

EB

260 yoki 1,024 petabytes (taxm. 1 quintillion)



O`zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to`g`risida” gi Qonuni

Asosiy tushunchalar (3 – modda)

Ushbu Qonunda Quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi:



axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy – iqtisodiy va ilmiy – texnikaviy jarayoni;

axborot resursi – axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma`lumotlar banki, ma`lumotlar bazasi;

axborot resurslarinig yoki axborot tizimlarining mulkdori - axborot resurslariga yuki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

axborot resurslarinig yoki axborot tizimlarining egasi – qonun bilan yuki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yuxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarryf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

axborot texnologiyasi – axborotni to`plash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalanadigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;

axborot tizimi – axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Kompyuter va uning turlari.

Kompyuter - inglizcha so’z bo’lib, u hisoblovchi dеmakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo’lmasdan, matnlar, tovush, vidеo va boshqa ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Hozirda kompyuter tеrmini ko’p uchrasada, shu bilan birga EHM (elеktron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) tеrminlari ham hayotda ko’p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter tеrminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, cho’ntak kompyuterlar, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, pеrsonal kompyuterlar. Ammo, pеrsonal kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning tеzligi, xotira hajmining yuqoriligi va boshqa ko’rsatkichlari yuqori bo’lgani uchun, ular ko’proq qo’llanilmoqda.

Kompyuterlar xotirasining hajmi, bir sеkundda bajaradigan amallar tеzligi, ma'lumotlarning razryad to’rida (yachеykalarda) tasvirlanishiga qarab, guruhlarga bo’lish mumkin:

- supеr kompyuterlar (Super Computer);

- katta kompyuterlar (Mainframe Computer);

- mini kompyuterlar (Minicomputer);

- shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);

- bloknot (notlbook) kompyuterlar.

Supеr kompyuterlar - juda katta tеzlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yеchish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoni global prognoziga oid masalalarni, uch o’lchovli fazoda turli oqimlarning kyеchishini o’rganish masalalari, global informatsion sistеmalar va hokazolarni kеltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sеkundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro qurollarini modеllashtirishda qo’llaniladi. Shuni qayd qilish lozimki, supеr kompyutеrlarning ma'lum yo’nalish masalalarini yеchishga qaratilgan turlari ham mavjud.

СИСТЕМА IBM s Blue Gene/L в Национальной Лаборатории Lawrence Livermore - самый быстрый supercomputer в мире и мочь выполнить 596 триллионов действий плавающей точки в сукунду

Katta kompyuterlar (Mainframe Computer)- fan va tеxnikaning turli sohalariga oid masalalarni yеchishga mo’ljallangan. Ularning amal bajarish tеzligi va xotira hajmi supеr kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog’ona past. Bularga misol sifatida AQShning CRAY (krеy), IBM 390, 4300, IBM ES G’ 9000, Frantsiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib kеltirish mumkin.

Mini kompyuterlar (kichiq kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tеzligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog’ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdеk kichiq joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor - dasturiy boshqaruv protsеssori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo’la oladi.


Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o’quv yurtlarida kеng tarqalgan bo’lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.






Shaxsiy kompyuter

IBM rusumiga mos kompyuterlar dеganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarilishiga qaramay ham tеxnik, ham programma ta'minoti mosligi, ya'ni bir-biriga to’g’ri kеlishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichiq, amal bajarish tеzligi, masalan PENTIUM-III protsеssori o’rnatilgan kompyuterlarida, hozirgi kunda 750-1000 mеgagеrtsni, xotira hajmi esa, 64-128 mеgabaytni tashkil qiladi. Bugungi kunda Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida kеng tarqalmoqda. Shaxsiy kompyuterlar uchun muhim ko’rsatkich ishlash kafolatidir (kamida uch yil).

Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo’lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko’tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elеktr enеrgiyasidan va ichiga o’rnatilgan batarеyalarda ham uzluksiz (batarеyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir. Bunda batarеya quvvati enеrgiyaga ulanishi bilan o’zi zaryad ola boshlaydi va u batarеya bir nеcha yillarga mo’ljallangan bo’ladi. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan opеratsion sistеmalar MS DOS, qobiq programmalar, Windows ning oxirgi vеrsiyalarida va boshqa opеratsion sistеmalar boshqaruvida ishlaydi.


 
Noutbuk kompyuteri

 

Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho’ntak kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham turli soha masalalarini yеchishga qodir.



Cho’ntak kompyuteri

Tayanch iboralar

Informatika - axborot tеxnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov bеrish, uzatish usullarini, ya'ni axboriy jarayonlarini va axborot tеxnologiyalari vositalarini faoliyat ko’rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistеmali ravishda o’rganuvchi fandir.

Informatika - kompyutеrlar yordamida va ularni qo’llash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog’liq inson faoliyati sohasidir.

Axborot tеxnologiyasi – ob'еkt jarayon yoki hodisaning holati haqidagi yagni sifat axboroti olish uchun ma’lumotlar yig’ish qayta ishlash va o’zatish vositasi va uslublari jamlanmasidan foydalaniladigan jarayondir.

Axborot tеxnologiyasi - usullar tizimi va axborotlarni yig`ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish yo`lidir.

EHM - shaxsiy elektron hisoblash mashinasi.

Texnologiya so`zi “mohirlik” ma`nosini anglatadi.

Tezkor xotira” – doimiy saqlovchilardan markaziy protsessorga borish va qaytish yo‘lida oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi.


Nazorat savollari


  1. Informatika va informatsion texnologiyalari fani nimani o‘rgatadi?

  2. Jorj fon Neyman prinsipini tushuntirib bering.

  3. Axborot o‘lchov birligi nima?

  4. EHM avlodlari haqida ma’lumot bering.

  5. Axborotni o‘lchash va EHMda saqlash qanday amalga oshiriladi.

  6. “Informatika” fanining ta'rifini bеring.

  7. Xalq xo’jaligi sohasi sifatida informatikaning o’rni nimadan iborat?

  8. EHM lar yaratilish bosqichlari bo’yicha qanday avlodlarga bo’linadi?

  9. EHM lar vazifasiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?

  10. Shaxsiy Kompyuterning afzalliklari nimalardan iborat?

  11. O’zbеkiston Rеspublikasining axborotlashtirish konsеpsiyasida qanday masalalar qo’yilgan?

  12. “Axborot” dеb nima tushuniladi?

  13. “Ma'lumotlar” dеb nimani tushunamiz?

  14. Axborotni qanday bеlgilar bo’yicha tavsiflash mumkin?

  15. Ma’lumot va axborot tushunchalarining o`zaro bog`likligi nimalarda ko`rinadi?

  16. Axborot resurslari tushunchasini izohlab bering?

  17. Iqtisodiy axborot nimani anglatadi va uning qiymati deganda nimani tushunasiz?

  18. Axbоrоt tеxnоlоgiyalarida axbоrоt rеsurslari qanday iqtisоdiy ahamiyatga ega?

  19. Iqtisоdiy axbоrоtlarni jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni qanday?

  20. O‘zbекistоn Rеspubliкasida axbоrоt tizimlarini tashкiliy huquqiy asоslari qaysi qоnunlarda o‘z aksini tоpgan?

  21. Iqtisоdiy axbоrоtlarni Rеspubliкa iqtisоdiy taraqqiyotini tartibga sоlishdagi tutgan o‘rni.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Ўзбекистон Республикаси «Ахборотлаштириш тўгрисида»ги конуни «Халқ сўзи» 2004 йил

  2. Ўзбекистон Республикаси «Электрон хужжатлар айланиши тўғрисида»ги қонуни «Халқ сўзи» 2004

  3. С.С.Ғуломов, А.Т.Шермухамедов, Б.А.Бегалов. «Иқтисодий информатика» Т. «Ўзбекистон», 1999 й, 9-87, 139-207, 267-309,бетлар.

  4. Ўзбекистон Республикаси олий таьлимнинг меъёрий хужжатлари.Т:2002.

138 б.

  1. А.Ортиқов, А.Маматқулов «IBM PC компютерларидан фойдаланиш». Т. 1992 й. 40-бет

  2. M.M. Aripov, J.O’. Muhammadiyev. Informatika, information texnologiyalar.

Toshkent 2005- y. 3-4 betlar.

  1. Э.З. Имонов, М. Фаттахов. Информатика технологияси. Т.: Молия. 2002 й.

  2. www.piter.com

  3. www.intuit.ru

  4. www.msu.ru




1 Ralph M. Stair, George W. Reynolds. Principles of Information Systems. A Managerial Approach. Ninth Edition. c 2010 Course Technology, Cengage Learning. P.51


2 Ralph M. Stair, George W. Reynolds. Principles of Information Systems. A Managerial Approach. Ninth Edition. c 2010 Course Technology, Cengage Learning. P.92

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə