Mavzu: issiqlikpunktlar I



Yüklə 244,39 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü244,39 Kb.
#134084
  1   2
Mavzu Issiqlik punktlari


Mavzu: I S S I Q L I K P U N K T L A R I


Mahalliy issiqlik punktlari alohida binolar uchun quriladi. Mahalliy issiqlik punkt (MIP) sxemalari issiqlik yuklamalarning ulanishiga bog‘liq bo‘ladi.(Masalan, faqat isitish, yoki isitish va ventilyatsiya, yoki isitish, ventilyatsiya va issiq suv).
MIP sxemasi faqat isitish yuklamasi bilan bo‘lgan sxema rasmda ko‘rsatilgan.

7.1.-rasm. Isitish tizimining bog‘liq bo‘lgan ulanish tizimiga ega mahalliy issiqlik punkti sxemasi: 1- tashqi issiqlik tarmog‘idan issiqlik punktini ajratuvchi zulfin (zadvijka); 2- iflos tutgich; 3- sarf sozlagichi; 4- termometr; 5- manometr; 6-elevator; 7- issiqlik punktini isitish tizimidan ajratuvchi zulfin; 8- yuvuvchi ventil; 9- hisoblagich; 10- o‘zndan oldingi bosim sozlagichi


Ikki juft 1 va 7 zadvijkalar isitish tizimi, issiqlik punkti va tarmoqni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda gidravlik sinovdan o‘tkazish vaqtida, issiqlik punktini issnqlik tarmog‘idan va mahalliy isitish tizimidan o‘chirish uchun xizmat qiladi.Suv hisoblagich issiqlik tarmog‘idan o‘tayotgan suvning sarfini o‘lchaydi. Chiqindilarni tutgichlar esa isitish tizimi va suv hisoblagichda shlam o‘tirib qolishini oldini olish uchun xizmat qiladi.


Qaytish quvuridagi suvning bosimi yetarli bo‘lmagan holda, isitish asboblarini suvdan bo‘shab qolmasligini oldini olish uchun "o‘zidan oldingi bosimni sozlash" regulyatori (10) qo‘yiladi. Bosim va suvning haroratini nazorat qilish uchun manometr va termometrlar o‘rnatiladi.

Mahalliy issiqlik punktlarini andazaviy tizimlari mahalliy sharoitlarga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, issiqlik tashuvchi yetarlicha bosimga ega bo‘lmasa kirish joyida nasos o‘rnatiladi.










1) baypas quvurida

2) yoki suv berish quvurida

Bu turdagi issiqlik punktlari markazlashtirilgan issiq suv bilan ta’minlash tizimiga ega bo‘lmagan turar – joy va jamoat binolarida qo‘llaniladi.


MIP ni tipik markazlashgan issiq suv issiqlik bilan ta’minlash bilan bo‘lgan sxemalarida qo‘shimcha elementlar-issiq suv uchun isitgich va sirkulyatsion nasoslar qo‘yiladi.

7.3.-rasm. Isitish tizimi bog‘liq bo‘lgan va issiq suv bilan ta’minlash uchun suvni ikki bosqichda qizdirib beruvchi qurilmaga ega mahalliy issiqlik punkti sxemasi.


1 – issiqlik punktini tarmoqdan ajratuvchi zulfinlar; 2 – iflos tutgich; 3 – harorat sozlagich;
4 –2 bosqich suv qizdirgichi; 5 – sarf sozlagich; 6 – issiqlik punktini, isitish tizimidan ajratuvchi zulfin; 7 - 1 bosqich suv qizdirgichi; 8 - sirkulyatsion nasos; 9 – yordamchi bosim sozlagichi; 10 — hisoblagich.


Berkituvchi armaturalarni a va b yo‘nalishi bo‘yicha ulash bilan suv qidirgichlarni ketma-ket yoki aralashgan sxemalari bo‘yicha ishlatishini ta’minlaydi. Issiqlik issiqlik bilan ta’minlash ochiq tizimi uchun MIP tipik sxemasi quyida keltirilgan.



7.4.-rasm. Issiqlik issiqlik bilan ta’minlash ochiq tizimi uchun mahalliy isitish punktini sxemasi. 1 – issiq suv ta’minlash tizim suv aralashtirgichi; 2 –tarqatuvchi quvur; 3 – sirkulyatsiya quvuri.



Yüklə 244,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə