Mavzu: issiqlikpunktlar I


Markazlashtirilgan issiqlik punktlari



Yüklə 244,39 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü244,39 Kb.
#134084
1   2
Mavzu Issiqlik punktlari

2.Markazlashtirilgan issiqlik punktlari


Markazlashtirilgan issnqlik punktlarining qurilishi bilan issiq suv issiqlik bilan ta’minlash uskunalarining bir joyda bo‘lishiga, issiqlik tarmoqlarining markazlashgan issiqlik punktlaridan keyingi bosnmni pasaytirnb berishga, ishchi sonini kamaytirilishiga, avtomatik sozlashlarning soni kamayishiga, korroziyaga qarshi uskunalarni qo‘llashga va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga imkoniyat yaratib berdi. Markazlashgan issiqlik punkglari bir necha binolar daha yoki mavze uchun xizmat qiladi. Shahar mavzelarini issiqlik bilan ta’minlash tizimining yopiq tizimi uchun markazlashtirilgan issiqlik punktlarining andazaviy sxemalari ishlab chiqilgan.


7.5.-rasm. Shahar mavzelarini issiqlik bilan ta’minlash tizimining yopiq tizimi uchun markazlashtirilgan issiqlik punkti sxemasi.
1 - isitgichning 1-chi bosqichi; 2 - isitgichning 2 chi bosqichi; 3- dolomit filtrlar;
4-iflos tutgich, 5- aralashtirish nasosi; 6- harorat sozlagichi. 7- uch tomonlama klapan; 8- suv sarfi diafragmasi; 9- o‘lchagich; 10- issiq suv bilan ta’minlash tizimi uchun sirkulyatsiya nasosi.
Issiq suv issiqlik bilan ta’minlash tizimlaridagi sirkulyatsiya nasoslari va issiq suv tayyorlash tarmoqlari binolar yerto‘lasidan alohida turgan binolarga, ya’ni markazlashgan issiqlik punktlariga ko‘chiriladi. Xar bir binolardagi isitish tizimlari daha tarmog‘iga elevator yeki guruh isitgichlari yordamida ulanadi.


Issiq suv issiqlik bilan ta’minlashdagi isitgichlar ikki bosqichli ketma-ket (a zulfin ochiq, b zulfin yopiq) yoki aralashgan sxema bo‘yicha ulanishi mumkin. a zulfin ochiq b zulfin yopiq bo‘lgan holatda 2 qizdirgichdan keyin tarmoq suvi, mavzeni isitish tizimidan kelayotgan qaytish quvuriga beriladi. Quvurlar va uskunalarni korroziyadan saqlash uchun dalomitli filtrlar qo‘yiladi.
Markazlashgan issiqlik punktlaridagi issiqlik ta’minotining ochiq sxemalari (rasm) uchun uzatilayotgan yuqori haroratli (105 oS dan yuqori) suv uchun aralashtirish nasoslari qo‘yilishi kerak, shuningdek bu nasoslar mavzedagi gidravlik tartibni sozlash uchun xizmat qiladi.

7.6.-rasm. Issiqlik bilan ta’minlash ochiq tizimidagi MIP sxemasi.
1 – aralashtiruvchi nasos; 2 – ikki yo‘nalishli klapan; 3 – sarf o‘lchash diafragmasi
Ikki juft 1 va 7 zadvijkalar isitish tizimi, issiqlik punkti va tarmoqni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda gidravlik sinovdan o‘tkazish vaqtida, issiqlik punktini issnqlik tarmog‘idan va mahalliy isitish tizimidan o‘chirish uchun xizmat qiladi.Suv hisoblagich issiqlik tarmog‘idan o‘tayotgan suvning sarfini o‘lchaydi. Chiqindilarni tutgichlar esa isitish tizimi va suv hisoblagichda shlam o‘tirib qolishini oldini olish uchun xizmat qiladi.
Qaytish quvuridagi suvning bosimi yetarli bo‘lmagan holda, isitish asboblarini suvdan bo‘shab qolmasligini oldini olish uchun "o‘zidan oldingi bosimni sozlash" regulyatori (10) qo‘yiladi. Bosim va suvning haroratini nazorat qilish uchun manometr va termometrlar o‘rnatiladi.

Mahalliy issiqlik punktlarini andazaviy tizimlari mahalliy sharoitlarga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, issiqlik tashuvchi yetarlicha bosimga ega bo‘lmasa kirish joyida nasos o‘rnatiladi.






















1) baypas quvurida

2) yoki suv berish quvurida

Bu turdagi issiqlik punktlari markazlashtirilgan issiq suv bilan ta’minlash tizimiga ega bo‘lmagan turar – joy va jamoat binolarida qo‘llaniladi.
MIP ni tipik markazlashgan issiq suv issiqlik bilan ta’minlash bilan bo‘lgan sxemalarida qo‘shimcha elementlar-issiq suv uchun isitgich va sirkulyatsion nasoslar qo‘yiladi.






Yüklə 244,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə