Mavzu: Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi
ko’rsatkichlarni tahlil qilish usullari
I.
KIRISH
II.
ASOSIY QISM
1.
Korxonaning iqtisodiy faoliyatini boshqarish samaradorligining mohiyati
2.
Sanoat korxonalarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usullarining
asoslari
3.
Korxonalarnining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'llari va
omillari.
III.
XULOSA
IV.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mustaqillik yillarida barcha xo`jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga
o`tishi iqtisodiyotning asosiy bo`g’ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli
ravishda o`zgarishiga sabab bo`ldi. Korxonalar endilikda davlatga tegishli bo`lgan
paytlardagidan farqli o`laroq mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha faoliyatlarini
direktiva ko`rsatkichlari asosida emas, balki O`zbekiston Respublikasi “Korxonalar
to`g’risida”gi qonuni va bozor talablariga asosan mustaqil ravishda yuritmoqda.
Ular o`zlariga kerak bo`lgan ishchi va xodimlar sonini mustaqil belgilamoqda, ishlab
chiqarish texnikasi va texnologiyasi, tejamkorlik rejimiga rioya qilish masalalari
bilan shug’ullanmoqda, zamonaviy marketing va menedjmentni yo`lga
qo`ymoqdalar hamda joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning
zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar. Korxonalar va ularning turlari
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona ishchilar soniga qarab kichik yoki
o’rta korxonalarga bo’linadi.
Ma'lumki, joriy yilda sanoat mahsulotlarining o‘sish sur'ati 107,8 foizni tashkil
etishi mo‘ljallangan (qo‘shilgan qiymatda 106,4 foiz). Shu jumladan, ushbu
chorakda bu ko‘rsatkich 106,2 foizni tashkil etishi zarur. Bu maqsadda, o‘tgan yili
161 yangi yirik hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari
doirasida 7 mingdan ziyod sanoat ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilgan. Bundan
tashqari mamlakatimizning valyuta siyosatini erkinlashtirilishi o‘zining ijobiy
samarasini bermoqda.
Shu bilan birgalikda joriy yilning hisobot davrida statistika organlarining
ma'lumotlariga ko‘ra, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 14452,1 milliard
so‘mni tashkil etib, oldingi yilning mos davriga nisbatan 112,9 foizga o‘sdi (yanvar
oyi yakuni).
Ammo, 119 ta yirik sanoat korxonalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish
hajmi oldingi yilning mos davriga nisbatan qariyb 447 milliard so‘mga kamaygan.
Xususan, “O‘zpaxtasanoat” AJ - 17 korxona 32,4 milliard so‘mga,
“O‘zbekneftegaz” AJ (17 ta korxona, qariyb 58 milliard so‘m), “O‘zvinprom-
xolding” XK (12 ta, qariyb 12 milliard so‘m) va “O‘zpaxtayog‘”
(11 ta, 32,5 milliard so‘m) ishlab chiqarish xajmlarini kamaytirishga yo‘l
qo‘ygan.
Shuningdek, Respublika tasarrufidagi "Xorazm shakar" QK - 79,7 milliard
so‘m, "Angren shakar" YOAJ - 67,1 milliard so‘mga ishlab chiqarish hajmini
kamaytirgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Toshkent shahrida "Choy
qadoqlash fabrikasi" YOAJ - 50,2 milliard so‘m, "Ko‘kcha tekstil" YOAJ - 14,5
milliard so‘mga, "O‘zneftegazinformatika" AJ - 1,3 milliard so‘m, Farg‘ona
viloyatida "Kuvasoyshifer" AJ - 2,6 milliard so‘m, Toshkent viloyatida "Luka
tekstil" YOAJ korxonlari - qariyb 712 million so‘mga ishlab chiqarish mahsulotlari
xajmini kamaytirib yuborgan.
Hisobot davrida mamlakatimiz bo‘yicha iste'mol tovarlari ishlab chiqarish
hajmi 7,1 foizga o‘sgan bo‘lsada, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish xajmi 6,6
foizga kamaygan.
Joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari xalqimizni rozi qilishga
yo‘naltirilgan islohotlarni jadal olib bormaganliklari ayrim hududlarda, jumladan
Navoiy (98,2 foiz), Buxoro (98,9 foiz), Namangan (99,5 foiz) viloyatlarida va
Toshkent shahrida (99,5 foiz) iste'mol tovarlarini oldingi yilning mos davriga
nisbatan kam ishlab chiqarilishida o‘z ta'sirini ko‘rsatdi.
Bunday holat tarmoq va hududiy rahbarlar tomonidan mavjud imkoniyatlardan
to‘liq foydalanmayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa bu borada buyurtmalar
portfelini o‘z vaqtida ishonchli ravishda shakllantirilmaganligi, aylanma mablag‘lar
talab darajasiga javob bermasligi, umuman olganda raqobatbardoshlik darajasi
e'tibordan chiqganligi natijasida yuzaga kelgan.
Bu esa sanoat tarmoqlari va korxona rahbarlarining o‘z ish faoliyatlarini
birinchi chorak yakuniga qadar tanqidiy ko‘z bilan qayta ko‘rib chiqib, eng avvalo
eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
hajmini oshirishga, inflyatsiya darajasini jilovlashga, aholiga munosib turmush
tarzini yaratishga qaratishlarini talab etmoqda.
Iqtisodiyotdа tаrkibiy islohotlаr vа iqtisodiyotni modеrnizаtsiyalаshni yanаdа
chuqurlаshtirish, uning ko`lаmini kеngаytirish bilаn bog`liq mаsаlаlаrning nаzаriy
vа аmаliy tomonlаrini o`rgаnishdа ― Mikroiqtisodiyot muhim аhаmiyat kаsb etаdi.
Аyniqsа, bugungi kundа istе`molchilаr tаlаbining o`zgаrishi, rеаl sеktordа
yarаtilаyotgаn tovаr vахizmаtlаr nаrхining shаkllаnishi, foydаni mаksimаllаshtirish,
noаniqlik shаroitidа qаror qаbul qilish, shuningdеk, nаrхgа vа boshqа omillаrgа
bog`liq tаlаb vа tаklif elаstikligining mаzmun-mohiyati, dаvlаtning bozorgа
аrаlаshuvi, tovаrlаrgа minimаl vа mаksimаl nаrхlаrni o`rnаtish vа uning oqibаtlаri
bilаn bog`liq tushunchаlаr, qаrаshlаrni sаbаbiy bog`liqlikdа tizimli tаhlil etishdа ―
Mikroiqtisodiyot аlohidа o`rin tutаdi. Shuningdеk, bugungi kundа ko`plаb
rivojlаngаn vа jаhon iqtisodiyotidа еtаkchi o`rin tutаdigаn mаmlаkаtlаr tаjribаsi
shuni so`zsiz isbotlаb bеrmoqdаki, rаqobаtdoshlikkа erishish vа dunyo bozorlаrigа
chiqish, birinchi nаvbаtdа iqtisodiyotni izchil isloh etish, tаrkibiy ihаtdаno`zgаrtirish
vа divеrsifikаtsiya qilishni chuqurlаshtirish, yuqori tехnologiyalаrgааsoslаngаn
yangi korхonа vа ishlаb chiqаrish аrmoqlаrining jаdаl rivojlаnishini tа′minlаsh,
fаoliyat ko`rsаtаyotgаn quvvаtlаrni modеrnizаtsiya qilish vа tехnik yangilаsh
jаrаyonlаrini tеzlаshtirish hisobidаn аmаlgа oshirilishi mumkin.
Korxonada xarajatlarni kamaytirish, ularni hal qilish yo'llarini topish
muammolari korxonaning zamonaviy iqtisodiyotining murakkab va qiziqarli
masalalari hisoblanadi. Xarajatlarni kamaytirish muammosi zamonaviy iqtisodiy
sharoitlarda juda dolzarbdir, chunki uning echimi har bir muayyan korxonaga qattiq
bozor raqobati sharoitida omon qolish, yaxshi iqtisodiy salohiyatga ega kuchli va
kuchli korxona qurishga imkon beradi.
Har qanday korxonaning maqsadi-bu faoliyatning iqtisodiy samarasiga
erishishdir. Iqtisodiy effekt korxona tashkil etish va faoliyat maqsadlariga, ham
foyda, ham ijtimoiy, ekologik va boshqa yaxshilanishlarga erishish orqali
ifodalanishi mumkin. Aksariyat korxonalar daromadni maksimal darajada
oshirishga intiladi va bu ishlab chiqarish xarajatlarini, ishlab chiqarish va sotish
uchun alohida xarajatlarni tahlil qilmasdan, xarajatlarni kamaytirish uchun
zaxiralarni aniqlash va korxonada xarajatlarni kamaytirish bo'yicha tavsiyalarni
amalga oshirmasdan mumkin emas. Faqat xarajatlarni har tomonlama tahlil
qilish ishlab chiqarish, ularni kamaytirish uchun zaxiralarni to'g'ri aniqlash, korxona
o'z maqsadiga erisha oladi va raqiblarini yo'qotmaydi.
Dostları ilə paylaş: |