Iste‘molchi tanlovini o‘rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga
oshiriladi va quyidagi shartlar ta‘minlanadi deb faraz qilinadi:
1) mavjud va cheklangan byudjetdan to‘liq foydalaniladi;
2) ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Ma‘lum olingan tovarning narxi o‘zgarsa, u byudjet chizig‘iga ikkala turdagi
o‘zgarish orqali ta‘sir qiladi. Bu daromad samarasi va o‘rnini bosish samarasi.
Agar ikki tovardan aytaylik B tovarning narxi oshsa unda byudjetimizning real
qiymati pasayadi, natijada iste‘molchi nominal qiymati o‘zgarmagan xuddi shu
byudjet darajasida har ikkala tovardan kamroq sotib olishi mumkin va bu byudjet
chizig‘i chap tarafga parallel ravishda ko‘chib o‘tib, Qa1 Qb1 to‘g‘ri chizig‘i
shaklini oladi. Bu narx o‘zgarishining daromad samarasi deyiladi. Ammo narx
o‘zgarishi natijasida o‘rnini bosish samarasi yuz beradi. A tovarning narxi va
ikkala tovarlarning nafliliklari o‘zgarmay turib V tovarning narxi oshishi uning
narxiga nisbatan so‘nggi qo‘shilgan nafliligini kamaytiradi va iste‘molchi o‘z
tanlovini A tovarga tomon o‘zgartiradi. Bu esa byudjet chizig‘ining o‘zgarishiga
olib keladi va iste‘molchi daromadi darajasini o‘zgartirmagan holatda Qa1 Qb1
byudjet chizig‘i Qa0 Qb2 to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi. Bu narx o‘zgarishining
o‘rnini bosish samarasi deyiladi
9
.
Normal tovarlar uchun quyidagilar xarakterli: xaridor o‘sgan real
daromadining bir qismini mazkur tovarlar iste‘molini ko‘paytirishga sarflaydi,
ya‘ni o‘rnini bosish va daromad samarasi bir xil yo‘nalishda ta‘sir ko‘rsatadi.
Daromad samarasi ko‘p darajada oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar,
tamaki mahsulotlari va boshqa shu kabi tovarlarga nisbatan o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Mazkur tovarlar uchun sarflar iste‘molchi byudjetining sezilarli qismini tashkil
qiladi, shu bilan bir vaqtda tovar birligi narxlari unchalik katta bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: