Mavzu: iste'molchi tanlovi va muvozanati rahmatillayev Azizbek smmt-74/22 Mavzu: Iste'molchilar tanlovi va muvozanati Reja: Kirish


 O’rnini bosish va daromad samarasi



Yüklə 342,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix28.11.2023
ölçüsü342,77 Kb.
#138357
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Iste’molchilar tanlovi nazariyasi reja Kirish

4. O’rnini bosish va daromad samarasi
Bozorda tovarlar narxi hamda iste‘molchi daromadlari darajasi o‘zgarib
turadi. Iste‘molchining narx o‘zgarishiga ta‘sirchanligi
o’rnini bosish samarasi
deyiladi. Bunda bir tovar narx o‘sganda xaridor uchun o‘rnini bosuvchi boshqa
tovar nisbatan arzon bo‘lib qoladi hamda u ancha qimmatli tovarni mazkur tovar
bilan almashtiradi. Jumladan, margarin va sariyog‘ shunday o‘rnini bosuvchi
tovarlar hisoblanadi. Ulardan biriga narxning o‘sishi boshqasining xarid
qilinadigan miqdori ortishi bilan birga boradi.
Daromad samarasi
narx o‘zgarishi oqibatida iste‘molchi pul daromadi
xarid qilish layoqati tebranishi natijasida tovarlarga talabning o‘zgarishidir.
Daromad samarasi turli xaridorlar toifasi uchun har xil o‘ringa ega bo‘ladi.
8
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition,
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 362, 372 бет


Iste‘molchi tanlovini o‘rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga
oshiriladi va quyidagi shartlar ta‘minlanadi deb faraz qilinadi:
1) mavjud va cheklangan byudjetdan to‘liq foydalaniladi;
2) ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Ma‘lum olingan tovarning narxi o‘zgarsa, u byudjet chizig‘iga ikkala turdagi
o‘zgarish orqali ta‘sir qiladi. Bu daromad samarasi va o‘rnini bosish samarasi.
Agar ikki tovardan aytaylik B tovarning narxi oshsa unda byudjetimizning real
qiymati pasayadi, natijada iste‘molchi nominal qiymati o‘zgarmagan xuddi shu
byudjet darajasida har ikkala tovardan kamroq sotib olishi mumkin va bu byudjet
chizig‘i chap tarafga parallel ravishda ko‘chib o‘tib, Qa1 Qb1 to‘g‘ri chizig‘i
shaklini oladi. Bu narx o‘zgarishining daromad samarasi deyiladi. Ammo narx
o‘zgarishi natijasida o‘rnini bosish samarasi yuz beradi. A tovarning narxi va
ikkala tovarlarning nafliliklari o‘zgarmay turib V tovarning narxi oshishi uning
narxiga nisbatan so‘nggi qo‘shilgan nafliligini kamaytiradi va iste‘molchi o‘z
tanlovini A tovarga tomon o‘zgartiradi. Bu esa byudjet chizig‘ining o‘zgarishiga
olib keladi va iste‘molchi daromadi darajasini o‘zgartirmagan holatda Qa1 Qb1
byudjet chizig‘i Qa0 Qb2 to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi. Bu narx o‘zgarishining
o‘rnini bosish samarasi deyiladi
9
.
Normal tovarlar uchun quyidagilar xarakterli: xaridor o‘sgan real
daromadining bir qismini mazkur tovarlar iste‘molini ko‘paytirishga sarflaydi,
ya‘ni o‘rnini bosish va daromad samarasi bir xil yo‘nalishda ta‘sir ko‘rsatadi.
Daromad samarasi ko‘p darajada oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar,
tamaki mahsulotlari va boshqa shu kabi tovarlarga nisbatan o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Mazkur tovarlar uchun sarflar iste‘molchi byudjetining sezilarli qismini tashkil
qiladi, shu bilan bir vaqtda tovar birligi narxlari unchalik katta bo‘lmaydi.

Yüklə 342,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə