Mavzu: iste'molchi tanlovi va muvozanati rahmatillayev Azizbek smmt-74/22 Mavzu: Iste'molchilar tanlovi va muvozanati Reja: Kirish



Yüklə 342,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix28.11.2023
ölçüsü342,77 Kb.
#138357
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Iste’molchilar tanlovi nazariyasi reja Kirish

4-chizma. Byudjet chizig’i
Agar barcha daromad A tovarni sotib olishga sarflansa, narxlarning mavjud
darajasida iste‘molchi uning K nuqtaga teng bo‘lgan miqdoriga ega bo‘ladi, bunda
u B tovarning biror donasini ham xarid qila olmaydi. Boshqa shunday vaziyat
yotiq o‘qning M nuqtasida aks etadi.
K va M nuqtalarni bog‘lovchi chiziq byudjet cheklanganligini ifodalaydi.
Narx va daromadlarning mavjud darajasida iste‘molchi ikki tovarning byudjet
chizig‘i tashqarisidagi har qanday uyg‘unlashgan miqdorini xarid qila olmaydi.
Iste‘molchi tovarlarni xarid qilishning muvozanati nuqtasi mavjud
cheklangan daromadlar darajasida mumkin bo‘lgan maksimal naflilikni ifodalaydi.
Muvozanatli nuqtaga erishgach iste‘molchi o‘z xaridining tarkibini
o‘zgartirishga har qanday rag‘batni yo‘qotadi, chunki bu naflilikning yo‘qotilishini
bildiradi.
Shunday qilib, iste‘molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi
byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi
iste‘molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning
muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma‘lum cheklangan miqdorini


sotib olish imkoniyati orqali ifodalanad
8
. Iste‘molchi byudjetining cheklanganligini
grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinattsiyalarini ko‘rsatuvchi
byudjet chizig’i shaklida ifodalanadi.
5-chizma. Daromad o’zgarishining byudjet chizig’iga ta’siri
Iste‘molchi byudjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar
narxining o‘zgarishi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun, iste‘molchi
daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik B tovar sotib
olish mumkin bo‘lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin bo‘lgan har ikkala
tovarning turli kombinattsiyalari G byudjet chizig‘ida joylashadi. Agar
iste‘molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning byudjet chizig‘i ham
tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, byudjet
chizig‘ining ham qisqarishiga va G2 holatiga siljishiga olib keladi.

Yüklə 342,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə