Mavzu: iste'molchi tanlovi va muvozanati rahmatillayev Azizbek smmt-74/22 Mavzu: Iste'molchilar tanlovi va muvozanati Reja: Kirish



Yüklə 342,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix28.11.2023
ölçüsü342,77 Kb.
#138357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Iste’molchilar tanlovi nazariyasi reja Kirish

uch qoida
(postulata) amal qiladi:
1.
Iste'molchilar barcha ne`matlarni klassifikatsiya qiladi va bir-biri bilan
solishtira oladi.ya`ni, ular bozorda mustaqil va xech kimga bog`liq emas.
2.
Iste'molchi xohishi tranzitivdir (o`zgaruvchan). Agar iste`molchi A
majmuani B ga nisbatan ko`proq xoxlasa va B majmuani C majmuadan ko`ra
ko`proq xoxlasa, unda u A majmuani C majmuaga nisbatan ko`proq xoxlagan
bo`ladi, ya`ni:
A > B; B > C bo`lsa, demak
A > C


3.
To`yinmaslik, Iste'molchi bozorda o‘z etiyojlarini to‘laroq qondirishga
harakat qiladi, ya`ni, har doim ne`matning ko`proq qismini kamroq qismidan afzal
ko`radi.
Iste‘molchi o‘zining didi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar to‘plamini
ma‘qul ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma‘lum bir to‘plamini boshqa
biriga taqqoslab ko‘radi. Iste‘molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig‘i
muhim rol o‘ynaydi. Muqobil tanlov quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:
birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig‘ida yotishi. Iste‘molchi
amalda barcha daromadini iste‘molga sarflamay, ma‘lum qismini kelgusidagi
iste‘molga qoldirsa-da, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz
qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig‘idan chapda yotsa – daromadining to‘liq
sarflanmaganligini, o‘ngda yotsa – sarflar imkoniyat darajasidan chetga
chiqilganligini tushunamiz;
ikkinchidan, tanlangan iste‘mol tovarlari to‘plami eng ma‘qul ko‘rilgan
kombinatsiyada bo‘lishi lozim.
1-chizma. Iste’molchining optimal tanlovi
1
Chizmada uchta befarqlik egri chizig‘i ifodalangan bo‘lib, ular iste‘molchiga
turli darajadagi qoniqish beradi: I3 – eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – o‘rtacha
qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste‘molchi tanlovini
ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. C
va D nuqtalar bir hil byudjet chizig‘ida joylashganligi uchun ikkala
kombinatsiyaga ham bir hil byudjet sarflanadi. Iste‘molchining C nuqtani tanlashi
oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan ko‘proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta
ehtiyojni to‘laroq qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqariga
chiqish hisoblanadi. D nuqtada iste‘molchi ehtiyojlarining qondirilishi
maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning yuqori darajada qondirilishini
ta‘minlovchi tovar va xizmatlar to‘plami eng ko‘p qoniqish beruvchi befarqlik egri
1
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition,
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 375-p.


chizig‘ining byudjet chizig‘i bilan kesishgan joyida yotadi. D nuqta ayni paytda
byudjet chizig‘ining va befarqlik egri chizig‘i joylashishining bir xil darajasini
ko‘rsatadi. D nuqtada byudjet A va B tovarlar narxlari nisbatiga teng, befarqlik
egri chizig‘ida esa A va B tovarlar so‘nggi qo‘shilgan nafliliklari nisbatiga teng.
Bundan kelib chiqib quyidagi formulani keltirishimiz mumkin
2
:

Yüklə 342,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə