Mavzu: iste'molchi tanlovi va muvozanati rahmatillayev Azizbek smmt-74/22 Mavzu: Iste'molchilar tanlovi va muvozanati Reja: Kirish



Yüklə 342,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix28.11.2023
ölçüsü342,77 Kb.
#138357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Iste’molchilar tanlovi nazariyasi reja Kirish

Suv va brilliant paradoksi
A.Smit o‘z davrida ayrim real hayotimizdagi jumboqlarni yecha olmagan.
Xususan bizning yashashimiz uchun muhim, demakki nafliligi juda baland bo‘lgan
narsalarning narxi ancha past, aksincha biz uchun unchalik muhim bo‘lmagan,
nafliligi kam bo‘lgan narsalarning narxi esa baland bo‘lishini tushuntirib bera
olmagan. Masalan, suvning nafliligi juda baland ammo narxi past, brilliantning
narxi juda baland lekin nafliligi juda past. Bu paradoksning yechimi shundaki, suv
taklifi unga bo‘lgan talabga nisbatan ancha ko‘p, shuning uchun narxi past.
Brilliantlarni ishlab chiqarish qiyin bo‘lganligi sababli uning taklifi unga bo‘lgan
talabga nisbatan kam. Shuning uchun uning narxi baland. Suvning oxirgi
birligining sunggi qo‘shilgan nafliligi juda ham past. Brilliantniki esa baland.
Ammo bu uning umumiy nafliliklari ham shu nisbatda bo‘ladi degani emas.
Aslida, suvning umumiy nafliligi biz uchun juda ham baland, faqatgina uni ko‘p
miqdorda iste‘mol qilganimiz uchungina uning so‘nggi qo‘shilgan nafliligi
brilliantnikidan pastga tushib ketadi. Brilliantning narxi baland bo‘lganligi sababli
uni kam iste‘mol qilamiz va shuning uchun uning umumiy nafliligi kam
3
.
Iste’molchining bozordagi hatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik
nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Bu nazariya
yordamida iste’molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari
bayon etiladi.
Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-
bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi.
Iste’molchi
tomonidan o‘zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi
iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi.
2
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition,
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 375 p.
3
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition,
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 366 бет



Yüklə 342,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə