Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

3. Foiz riski
.
Shuningdek banklar marja (bank tomonidan berilgan kreditlar va 
depozitlar bo‘yicha to‘lanayotgan foizlar o‘rtasidagi farq) riskiga – daromad keltiruvchi 
aktivlarning foydalilik darajasining pasayishi yoki bank daromadlari va harajatlari 
o‘rtasidagi farqning (sof foydaning) kamayishiga olib keluvchi foiz to‘lovlarining 
oshishi xavfiga duch kelishi mumkin. Odatda bank daromadlari va harajatlari 
o‘rtasidagi farqdagi o‘zgarishlar portfelnii boshqarishdagi qarorlarning o‘zgarishi 
(ya’ni, bank aktivlari va passivlari strukturasidagi o‘zgarishlar) yoki foiz riski (foiz 
stavkalarining o‘zgarishi oqibatida bank aktivlari qiymatining oshishi yoki kamayishi 
ehtimoli) bilan bog‘lanadi. So‘nggi yillarda banklar foiz riskini kamaytirish usullarini 
topishdi, lekin ularni to‘liq bartaraf qila olishmadi. Buning imkoniyati ham yo‘q. 
4. Operatsion risk
.
Banklar faoliyatida sifatni nazorat qilish tizimidagi ishlarning 
barbod bo‘lishi ehtimoli, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samarasizligi va boshqaruvdagi 
xatolar tufayli operatsion risk yuzaga kelishi mumkin. 
5. Valyuta riski
.
Yirik banklar xorijiy valyuta bilan olib boriladigan operatsiyalar 
bilan bog‘liq bo‘lgan valyuta risklariga duch kelishi mumkin. Jahonning keng tarqalgan 
va hisob – kitoblarda ishlatiladigan valyutalarining kurslari joriy bozor sharoitiga ko‘ra 
aniqlanadi. Bu valyutalarda operatsiyalar olib borayotgan banklar o‘z zimmalariga
valyuta bozoridagi talab va taklif asosida aniqlanadigan, baholarning salbiy o‘zgarishi 
riskini olishlari lozim bo‘ladi.
6. Xizmat vazifasini suiste’mol qilish riski
.
Bank xodimi yoki boshqaruvchisi 
tomonidan yo‘l qo‘yilgan noqonuniy ishlar bank holatining yomonlashuviga, hatto 
bankrotligiga olib kelishi mumkin. So‘nggi yillarda banklarning yopilishiga sababchi 
bo‘lgan eng asosiy omil – bank xodimlarining korrupsiyasidir.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə