Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

1.3.Bank kapitali va bank risklari. 
Kapital va bank risklari to‘g‘ridan – to‘g‘ri 
o‘zaro aloqadordir. Kapital – oddiyroq qilib aytganda, bank egalarining o‘z risklari 
ostida (kapitalning daromadliligi kam bo‘lishi yoki bankning bankrot bo‘lishi yoki 
aksiyadorlar kam daromad olishlari yoki umuman olishmasligi riski) qo‘ygan 
mablag‘laridir. Bank egalari duch kelishi mumkin bo‘lgan asosiy risklar jumlasiga 
kredit riski, nolikvidlik riski, foiz riski, operatsion risk, valyuta riski va xizmat 
vazifasini suiste’mol qilish risklarini kiritish mumkin. 
1.
 
Kredit riski
. Birinchi navbatda kredit riski mavjud. Umuman olganda bank kredit 
berib, uning o‘rniga mijozning tegishli hujjatlarini oladi. Bu hujjatlar mohiyati jihatidan 
to‘lash to‘g‘risidagi va’da xalos. Qarzdorlar tomonidan va’da qilingan foizlar va kredit 
asosiy summasining bir qismi yoki hammasining to‘lanmasligi, oxir oqibatda bank 
uchun zarar olib keladi, bu esa o‘z navbatida bank kapitalini kamaytirishi mumkin. 
Odatda bank kapitali jami berilgan kreditlar va riskli qimmatli qog‘ozlarga 
investitsiyalar summasining 10% dan oshiq bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi. Kredit va 
investitsion faoliyatdagi bir necha xatolar bank kapitali olingan zararlarni qoplashga 


ham yetmay qolishi holatiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida bank (davlat 
organlari tegishli tartibda moliyaviy yordam bermasa) bankrot bo‘ladi va yopiladi.
2. Nolikvidlik riski
.
Bank amaliyotida ahamiyatli bo‘lgan nolikvidlik riski ham 
mavjud. Nolikvidlik riski – omonatchilarga mablag‘larini qaytarish yoki ishonchli 
mijozlarga kredit berish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi likvid mablag‘larning yetarli 
bo‘lmasligi xavfidir. Bank o‘z vaqtida yetarli likvid mablag‘larini topa olmasa 
mijozlarini yo‘qotadi, bank egalari esa daromaddan maxrum bo‘ladi. Naqd mablag‘lar 
defitsiti doimiy ko‘rinish olsa, bank omonatlarining ommaviy tarzda olinishiga olib 
kelishi mumkin. Bankning naqd mablag‘lar bilan ta’minlanishidagi uzilishlar, bank 
jiddiy qiyinchiliklarga duch kelganligini bildiruvchi birinchi signaldir. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə