Reja: O’rnatilgan operatsion tizimlarda uzilishlar



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə1/7
tarix19.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#111528
  1   2   3   4   5   6   7
Reja O’rnatilgan operatsion tizimlarda uzilishlar


Mavzu: O’rnatilgan operatsion tizimlarda uzilishlar.


REJA:

  1. O’rnatilgan operatsion tizimlarda uzilishlar.

  2. O’rnatilgan operatsion tizimlarda xotirani boshqarish.

  3. POSIX standarti.

  4. Raspberry Pi imkonyatlari.

  5. O’rnatilgan tizimlarda tarmoqlar.

  6. PIC mikrokontrolleri.

KIRISH
Ko‘pgina kompyuterlardan mashina tillari darajasida foydalanish ancha murakkabdir, ayniqsa bu kiritish-chiqarish masalalariga tegishlidir. Masalan, yumshoq diskdan ma'lumotlar blokini o‘qishni tashkil etish uchun dasturchiga 16 turli komandalardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi, ularning har biri 13 ta parametrni aniqlashni talab qiladi, ya'ni masalan: diskdan blok tartib raqami, yo‘ldagi sektor tartib raqami va h.k.lar. disk bilan bajariladigan amal tugallanishi bilan, kontroller, taxlil qilinishi kerak bo‘lgan xatolik mavjudligini va tiplarini ko‘rsatuvchi 23 ta qiymatni qaytaradi. Kiritish va chiqarish masalalarini dasturlashni real haqiqiy muammolariga chuqur e'tibor bermagan holda ham, dasturchilar orasida bu amallarni dasturlash bilan shug‘ullanishni xohlovchilar tapilishi dargumondir. Disk bilan ishlashda dasturchi-foydalanuvchiga, diskni har biri o‘z nomiga ega bo‘lgan fayllar to‘plamidan iborat deb tasavvur qilishkifoyadir.


Fayl bilan ishlash, uni ochish, o‘qish va yozish amallarini bajarish va faylni yopishdan iboratdir. Masalan, bunda, chastotali modulyatsiyani mukammalashtirish yoki o‘qiydigan mexanizm “golovka” lari holati, joyini o‘zgarish kabi savollar foydalanuvchini bezovta qilishi kerak emas. Dasturchidan qurilmalar (apparatura) mohiyatini hammasini yashirib, unga ko‘rsatilgan fayllarni qulay va sodda o‘qish, yoki yozish, ko‘rishni imkonini beradigan dastur- bu albatta OT dir. Xuddi shu kabi, OT dasturchilarni disk jamlamasi apparaturasidan ajratib, unga oddiy fayl interfeysini taqdim etadi, va bu holda OT uzilishlarni qayta ishlash, taymerni va operativ xotirani boshqarish va talay shu kabi quyi darajadagi muammolar bilan bog‘liq yoqimsiz amallarni o‘z zimmasigaoladi.


Uzilish — qandaydir tashqi harakatlar (ishlar, jarayonlar)ni bajarish uchun hozirgi ishlarni vaqtincha markaziy protsеssor qurilmasi yordamida to’xtatishdir, ularni bajargandan so‘ng protsеssor oldingi holatga qaytadi va to‘xtatib qo’yilgan ishni davom ettiradi. Har bir uzilish tartib raqamiga ega, unga asosan markaziy protsеssor qurilmasi qayta ishlash uchun qism – dasturni qidirib topadi. Protsеssorlar ikki turdagi uzilishlar bilan ishlashni vujudga kеltirishi mumkin: dasturiy vatеxnik.
Biror qurilma favqulodda xizmat ko‘rsatilishiga muxtoj bo‘lsa, unda tеxnik uzilishlar paydo bo‘ladi. Odatda bunday uzilish markaziy protsеssor uchun kutilmagan hodisadir. Dasturiy uzilishlar asosiy dasturlar ichida protsеssorning maxsus buyruqlari yordamida bajariladi. Dasturiy uzilishda dastur o‘z – o‘zini vaqtincha to‘xtatib, uzilishga taalluqli jarayonni bajaradi.
Uzilish ayrim xodisalarda paydo bo’ladigan bajarilayotgan dasturdan tizimga sistemaga uzatiladigan boshqaruv. 1950-yillar o’rtasida uzilish g’oyasi kirib keladi va hisoblash texnikasi taraqqiyotiga katta hissa qo’shadi. Uzilishni kiritishdan asosiy maqsad ishning assinxron rejimini realizatsiya qilish va hisoblash bloklarining ayrim qurilmalarini bir vaqtda ishlash jarayonini amalga oshirish ya’ni parallellash jarayoniga o’tkazish. Uzilish (xatoliklar)―ing.- interrupt qandaydir noxush hodisa paydo bo’lganligi haqida protsessorga habar beradi. Bunda berilayotgan yoki bajarilayotgan buyruqlar ketma- ketligini to’xtatib, boshqaruv jarayonining uzilishini qayta tiklashga uzatiladi va uzilgan kodga boshqarishni qaytaradi. Uzilish signallari quyidagilarga bo’linadi:
Assinxronli yoki tashqi (apparatli) hodisa tashqi manbalardan chiqadigan (masalan
,periferli qurilma ) va har daqiqa (har qanday vaziyatda ) signal bo’lishi mumkun ;

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə