Mavzu: Jismoniy ta’rbiyasi vazifalari va qurollari reja: Kirish



Yüklə 26,79 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü26,79 Kb.
#142803
1   2   3   4
KIRISH

Adabiyotlar:

I Jismoniy tarbiyaning asosiy tushunchalari.


Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon bo‘lib, yosh avlodning sog‘ligi, jismonan yetukligi, ijtimoiy faolligi, axloqan sog‘lom o‘suvchi avlodni shakllantirishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bir tarbiyaviy vositadir. Jismoniy tarbiya jarayonida organizm funksional va morfologik takomillashtiriladi, harakat ko‘nikmalari, jismoniy harakat sifatlari: chaqqonlik, tezkorlik, chakqonlik, egiluvchanlik, chiddamkorlik maxsus bilim va ko‘nikma bilan shakllanadi. Jismoniy madaniyat - yangi jamiyat quruvchilari, yetuk shaxslami har tomonlama tarbiyalashda jismoniy tarbiya vositalari bilan birga sport va madaniyatning maxsus vosita va uslublarini aniq maqsadga yo‘naltirish orqali insonni jismoniy takomillashtirishni o‘z, ichiga oladigan maxsus tadbirlar majmuasidir. Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, uning rivoji jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga bog'liqdir. Jismoniy taraqqiyot inson organizmining o‘sishi bilan, uning shaklan o‘zgarishi va davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tabiij jarayondir. Jismoniy taraqqiyot ob’ektiv biologik qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Bu qonunlardan asosiysi organizm va muhit taraqqiyotining birlik qonunidir. Sport - madaniyatning bir shakli, jamiyat madaniy faoliyatining bir turi. Sport jismoniy taraqqiyot va inson qobiliyati bilan bogMiq boshqa xususiyatlarni ham amalga oshiradi. Jismoniy madaniyat va sportning asosiy maqsadi va vazifalari Jismoniy tarbiya va sportni har tomonlama rivojlantirish birmuncha murakkab va qiyin, ko‘p qirrali vazifa bo‘lib, jamiyat taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Jismoniy tarbiya axloqiy tarbiya bilan uzviy bog‘liqdir. Sport musobaqalari, bellashuvlar paytida sportchida halollik. ulug‘vorlik, raqibiga nisbatan hurmat va boshqa axloqiy fazilatlar tarbiyalanib boradi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan muntazam shug'ullanish aqliy rivojlanishga kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy mashqlar va sport mashg‘ulotlari bilan aqliy mehnat aloqalari bir-birig?. bevosita bog‘liqdir. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanish ma’lum miqdorda hissiyot organlari ko‘nikmalarini takomillashtirishda, ayniqsa, mushaklar harakati. ko‘rish, sezish, idrok qilishga yaxshi zamin yaratadi. Mehnat tarbiyasi mehnat ko‘nikmalarini egallash orqali, ya’ni mashg‘ulotlarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish, mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun gigiena sharoitlarini yaratish, sport anjomlari va uskunalarini jihozlash, tozalash va joylashtirishda ishtirok etish, sport maydonchalarini obodonlashtirish singari umumiy foydali mehnat jarayonida ta’minlanadi. 0 ‘quv mashg'ulotlari va o‘quv mashqlari jarayonida jismoniy tarbiya yoki sport bilan shug‘u11anuvchilar jismoniy mashqlarni bir necha marotaba takrorlasa yoki uning alohida qismlarini yod olsa, o ‘zini mehnatsevar qilib tarbiyalaydi. Jismoniy tarbiyaning har qanday maxsus vazifalarini hal etishda albatta sog'lomlashtirish afzalligiga e’tibor berish kerak. Jismoniy tarbiya vositalarini tanlash, jismoniy chiniqish tadbirlari sog‘lomlashtirishga qaratilgan jarayon bilan birga qo‘shib olib boriladi. Shuning uchun jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishning asosiy shartlaridan biri shug‘ullanuvchi sog‘ligini jiddiy nazorat qilishdir. Bu ish o ‘qituvchi-shifokor tomonidan olib boriladi. Jismoniy tarbiya va sport — xalqlar o‘rtasida hamkorlik, tinchlik va do‘stlikni mustahkamlaydigan vositadir. Bizning mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportning milliy turlarini rivojlantirishda, mashg‘ulotlarni o‘z ona tilida o'tkazishda, milliy kadrlarni ko‘plab tayyorlashda sportning milliy turlari hal qiluvchi omil hisoblanadi. Kelajak avlodni ob’ektiv qonuniyatlar asosida jismoniy madaniyat usullari orqali baynalminal ruhda tarbiyalash - sportning milliy turlarini rivojlantirish yordamida amalga oshiriladi. Xalqaro sport aloqalari, boshqa millat vakillariga nisbatan hurmat, ularning urfodatlari bilan yaqindan tanishish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik his- tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat va sport kishilarni birlashtirish, tinchlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida va o‘zaro birbirini tushunish vaziyatini yaratishda muhim vosita boiib xizmat qiladi.
Jismoniy tarbiya mashqlari bilan mustaqil shug‘ullanish Har bir talaba pedagogning topshirig‘iga muvofiq tanlagan sport turi bo‘yicha, uni yuqori darajada egallash uchun mustaqil shug'ullanishi kerak. Bunday mashg‘ulotlar talabaning jismoniy, sport tayyorgarligini va sog‘ligini hisobga olib bajariladi. Sport guruhidagi talabalar uchun mustaqil mashqlar sportda yuqori natijalarga erishishlari uchun tayyorlanish mashqlari bo‘lib qoladi. Qolgan talabalar o‘quv dasturi bo‘yicha saboq olishlari kerak. o‘qishdan tashqari vaqtda talabalar gigiyenik gimnastika va atletik mashqlar bilan shug‘ullanishsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bularga yugurish, yurish va boshqa mashqlar kiradi. Gigiyenik gimnastika bilan sutkaning istagan vaq-tida, ovqatlanishdan 1-2 soatdan so‘ng va uxlashdan 2-3 soat oldin shug‘ullanish tavsiya etiladi. 0 ‘zbekiston sharoitida gigiyenik gimnastika mashqlarni ochiq havoda o‘tkazish ijobiy natijalar beradi. Gigiyenik gimnastika mashqlarni tuzishda uning qancha vaqt davom etishini va ularning turini aniq tartibda belgilab olish lozim bo'ladi (Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot risolasiga amal qilib). Gimnastika mashqlarini (10-12 mashqlar to‘plami) bajarishdan oldin gantel, tosh, shtanga vazni shug‘ullanuvchilar kuchiga qarab tanlanadi. Shu tariqa har bir mashg‘ulot 8-10 marta takrorlanadi. Mashqlarni 10-15 daqiqa gantel; 8-10 daqiqa amortizator; 8-10 daqiqa tosh ko‘tarib, 5-7 daqiqa shtanga bilan mashq bajarish mumkin va m ashg‘ulotlar shu tartibda tuzilsa, kutilgan natijaga erishiladi. Yaxshiroq natijalarga erishish uchun bunday mashqlarning soni va vaqtini talaba o‘qituvchilar bilan maslahat qilib va o‘z imkoniyatiga qarab o ‘zgartirishi mumkin. 0 ‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga qarab mashqlar turini o‘zgartirish mumkin. Talabalar har kuni 20-40 daqiqa, imkoniyatidan kelib chiqqan holda ovqatlanishdan 1-1,5 soat keyin va uxlashdan 2-3 soat oldin shug‘ullanishlari shart, bunda mashg‘ulotlar 2-3 to ‘plamdan iborat qilib tuziladi. Mashqlar to‘g‘ri bajarilayotganini aniqlash uchun, uni oyna oldida bajarish tavsiya etiladi. Bir guruh mashqlarni bajarib boigandan so‘ng 1-2 daqiqa dam olish mumkin. Dam olish faol bo‘lishi kerak, mushaklar bo‘shashganda nafas chiqariladi, nafasning chiqarilishi maksimal kuch bilan har bir mashqga mos kelishi kerak. Mashg'ulotlar: yurish, nafas chiqarish kabi mashqlar bilan tugallanadi, so‘ng mushaklarni bo‘shashtirish va badanni ho‘l sochiq bilan artish tavsiya etiladi. Mashg‘ulotdan so‘ng kishi charchoqdan o‘zini tetik sezishi kerak. Aks holda mashg‘ulotlar og‘irlik qilgan bo‘lib, toliqishga va har xil kasalliklarga olib kelishi mumkin, buning uchun mashg‘ulotlardagi mashqlar sonini kamaytirish yoki bajarish tezligini susaytirish lozim bo‘ladi. Mustaqil mashg‘ulotlar a) yengil bajariladigan mashqlar; b) o‘rtacha qiyinlikda bajariladigan mashqlar; v) bajarilishi qiyinroq bo‘lgan mashqlar. Yengil bajariladigan mashqlar 1. QoMlarni oldinga cho‘zib oxirigacha bukish va yoyqo‘llarni tushirib tik turish, devorga suyanib turish. 2. Gavdani to‘g‘ri tutish, oyoq, yelka kengligida, qo‘llar yoyilgan, oldinga engashib, boshni to‘g‘ri tutish, qollarni galma-gal oyoqlarga tegizish. 3. Tik turgan holatda, oyoqlarni oldinga yelka balandligiga ko'tarish, chap va o‘ng tomonlarga oyoqni silkitish. 4. Oyoq yelka kengligida qo‘yib, o‘tirib turish. 0 ‘rtacha qiyinlikdagi mashqlar 1. Yerga yotgan holatda qo‘llarni bukib-to‘g‘rilash, bunda qo‘i tirsakdan to‘liq bukilib-to‘g‘ri bo‘lishi kerak. 2. 0 ‘tirgan holatdan (qo‘l orqada, tiralgan holatda bo'laui; oyoqlarni bukib to‘g‘rilash. 3. Oyoqlar o‘z joyida, yelka kengligida turgan holatdan chuqur o‘tirib turish. 4. Tik turgan holatda, oyoqlar yelka kengligida, gavdani chuqur oldinga egish. Bajarilishi qiyiii boMgan mashqlar 1. Yotgan holatda, oyoqlarni stulga qo‘yib mashqlar bajarish. 2 .0 ‘tirgan holatda oyoqlarni har tomonga uzatish va yig‘ish, tizzalarni ko‘krakka bukib, oyoqlarni oldinga cho‘zish. 3.Turgan holatda bir oyoqda o‘tirib turish. 4.Turgan holatda gavdani har tomonga to‘la burish, qo‘llar yoyilgan bo‘lib, gavda burilgan tomonga buriladi (oyoqlar bir joyda, oldinga qaragan holda bo‘ladi), har bir mashq 10 martadan, har qaysi mashqlar to‘plami uch marta takrorlanib bajariladi, har bir takror orasida 1 daqiqa dam olish mumkin, ko‘p va tez bajariladigan mashqlar orasidagi tanaffus esa 1 daqiqadan oshmasligi kerak. Mustaqil ravishda bajariladigan mashg‘ulotlar har kun ertalab yoki kunning ikkinchi yarmida bajarilishi ko‘proq foydalidir. Mashqlar soni mashq bajaruvchining kunlik yoki haftalik ahvoliga, yurak urishining osoyishtaligiga va mashq bajargandan so‘nggi holati va kayfiyatiga qarab ko‘paytiriladi yoki kamaytiriladi. Yugurish mashqlarini bajarayotganda gavdaning og‘irlik markazi butun a’zolari ustiga tushishi zarur, buning uchun sportchi yurish texnikasi bilan tanishib chiqishi zarur. Ular oyoqlarni to‘g‘ri qo‘yishi va bosishi, gavda holati, boshni to‘g‘ri tutish va boshqalardir. Boshni egib yurish va yugurish odam gavdasining (skelet tuzilishining) o‘zgarishiga olib keladi, nafas olish og‘irlashadi. Boshni to‘g‘ri turishi, ko‘zlar to‘g‘ri oldinga qarashi lozim. Tizzalarni yuqoriga ko‘tarib. oyoqni keng tashlash, xuddi zinapoyaga chiqayotganda oyoqlar qanday qo‘yilsa, yugurganda ham oyoqlar shunday tushishi kerak, oyoqlarni kuch bilan tashlash mumkin emas. Oyoqlarni panja va tovonlari bilan (yerdan tovon 3-5 sm baland) qo‘yish, qadamlarning orasini taxminan 40- 80 sm bo‘lishi tavsiya etiladi.



Yüklə 26,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə