Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə38/67
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#81460
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
kasb-hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Ikkinchidau, pedagogik texnologiyada oldindan belgilangan asosiy maqsadga erishish kafolatlangan. Boshqa barcha pedagogik usullarda ta'lim-tarbiya faohyatining kafolatlangan natijasi mayjud bo'lmay, stixiyali natijalar bilan kifoyalanib kelingan.

Uchinchidan, pedagogik texnologiyada, asosiy maqsadga eri­shish bosqichma-bosqich amalga oshirilib, har bir bosqichda ol-dinga qo'yilgan maqsadlar, bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar va talab qilinadigan vositalar hamda usul va uslublarning aniq modul-lari hosil qilinadi. Boshqa pedagogik usullarda ta'lim-tarbiya jara-yonining yakunida umumiy maqsad qo'yilib, unga erishish yo'llari o'qituvchining ixtiyoriga havola qilingan.

ToTtinchidan, pedagogik texnologiya universal xususiyatga ega bo'lib, uni har bir mutaxassis, a'lo bo'lmasa ham, yaxshi amalga oshira oladi. Darsning intensivligiga va samaradorligiga pedagog-ning mahorati va shaxsiy sifatlari deyarli ta'sir etmaydi. Chunki darsning loyihasi, awaldan, mahoratli metodist-o'qituvchilar tomo-nidan tuziladi. Awalgi dars berish usullarini amaliyotda qo'llashda ma'lum darajada o'qituvchining pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari yetakchilik qilgan.

Beshinchidan, pedagogik texnologiya yordamida dars o'tganda, ta'lim jarayonini doimiy va to'Uq nazorat qilish imkoni mayjud. Awallari o'qituchilar bunday imkoniyatga ega emas edilar.

Oltinchidan, pedagogik texnologiya yordamida ta'lim jarayoni­ni amalga oshirganda uning natijasi talabalarda ko'nikma hosil qilish bilan yakunlanadi. Boshqa pedagogik usullar yordamida dars berganda, talabalar berilgan bilimni zo'rg'a eslab qola olardilar, xolos.

Yettinchidan, pedagogik texnologiya Davlat ta'lim standartlariga erishishni kafolatlaydi va sarflanishi talab qilingan vaqt, kuch hamda vositalarni me'yorga keltiradi.

Pedagogik texnologiya (PT) deganda nimani tushunamiz?



«Texnologiya» tushunchasi yunoncha «texnos» (techne) va «logos» (logos) so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, «hunar fanini o'rganish» degan ma'noni anglatadi. Bu tushuncha texnik taraq-qiyot mazmunini ifodalashga xizmat qiluvchi tushuncha sifatida ilk marta 1872-yilda qo'llanilgan.

Texnologiya — san'at, mahorat, ko'nikma, uslublar yig'indisi, muayyan holatni o'zgartirishga xizmat qiluvchi jarayon; inson faoliyati va tafakkuri bilan bog'liq bo'lgan madaniy tushuncha; texnik jihatdan ahamiyatli sifat va qobiliyatning intellektual qayta ishlanishi; qandaydir jarayonni amalga oshirish uslublari haqidagi bilimlar yig'indisi; amaliyotga joriy qilinishi talab etilayotgan ma'lum bir tizim loyihasi.

«Zamonaviy texnologik jarayon» deganda zarur vosita va sha-roitlardan foydalanilgan holda ma'lum operatsiyalarni muayyan ketma-ketlikda bajarishga yo'naltirilgan faoliyat tushuniladi. Aniqroq qilib aytganda, mehnat qurollari va predmetlari vositasida bosqichma-bosqich ta'sir etish orqali tayyor mahsulot yaratishga yo'naltirilgan faoUyat tushuniladi.

Ana shu ta'rifni tadqiqot mavzusiga ko'chiradigan bo'lsak, peda­gogik texnologiya - o'qituvchi (pedagog)ning ta'lim-tarbiya vosi-talari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitlarda tizimli ta'sir ko'rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan hamda oldindan belgilangan ijtimoiy sifat-larni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisadir, degan g'oya ifoda etiladi. Yuqorida keltirilgan ta'rifdan ko'rinib ruribdiki, peda­gogik texnologiya tushunchasini tzohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə