Mavzu: Kasbiy nutq odobi. Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari



Yüklə 125,49 Kb.
səhifə13/15
tarix24.12.2023
ölçüsü125,49 Kb.
#160876
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Салимов Бехруз

klaviatura ingl.: keyboardrus.: клавиатура
1. Kompyuterga raqamli, alvafitli va boshqaruvchi axborotni kiritish qurilmasi. 2. Katta bo‘lmagan plastina-tugmachalarning yoki ularning tasvirlarini aniq tartibda joylashtirilgan to‘liq to‘plami. Ularni bosish yoki ko‘rsatish buyruqlar va ramzlar kiritishni ta’minlaydi. Klaviatura kompyuter bilan muloqat uchun tanlangan til ramzlarini va amaliy tizim yoki maslak (platforma) tomonidan ishlatiladigan buyruqlarni o‘z ichiga oladi. Chunonchi, shaxsiy kompyuterning klaviaturasi tabiiy tilning barcha harflari, raqamlar, algebraik ishoralar va buyruqlarni ifodalaydi. Klaviaturada tugmachalar joylashuvi qabul qilingan standartlarga mos keladi, ishlatilayotgan kalitlar va generatsiya qilinayotgan kodlar bilan belgilanadi. Klaviatura ekranda maxsus tasvir hosil qilish yo‘li bilan ham yaratilishi mumkin. Bunday klaviaturadan foydalanishda yorug‘lik perosi yoki barmoq bilan ko‘rsatish ishlatiladi.
kod ingl.: code rus.: код
1. Shartli belgi, odatda raqamli. 2. Muayyan ma’no berilgan ramzlar majmui. Kod, inson, qurilmalar va dasturiy ta’minot idrok qila oladigan axborotning ramzlar to‘plami bilan tasviflash usulini belgilaydi. 3. Ochiq daslabki matn elementlarini (harflar, harflar birikmasi, so‘z, va h.k.) ramzlar guruhi (harflar, raqamlar yoki boshqa ishoralar) bilan almashtirishlar to‘plami. U shifrning maxsus turidir. 4. Xabarlarni bir (dastlabki) alifbodan boshqa (obyektli) alifboga, odatda axborot talofat ko‘rmagan holda, o‘zgartirish qoidasi.
kodlash ingl.: coding rus.: кодирование
1. Dastlabki alifboni obyektli alifboga o‘zgartirish jarayoni. 2. Ma’lumotlarni ramzlar ketma-ketligi bilan ifodalash jarayoni. Kodlash dasturchi tomonidan yoki avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Garchand kodlashda harf, sonlar va alifboni boshqa ishoralaridan tuzilgan kod ishlatilsa ham, bunday kodlash harfli-raqamli kodlash deb ataladi. Kodlash harfma – harf, so‘zma – so‘z bo‘lishi mumkin. Kodlash axborot tizimlarida keng ishlatiladi. U, ma’lumotlarga ishlov berishni va ma’lumotlarni uzatishni, mumkin bo‘lgan eng katta tezlikni, buzilishlardan muhofazalanishni ta’minlaydigan bo‘lishi kerak. Shu maqsad bilan shovqinga bardoshli kodlash alohida ajratiladi. Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun shifrlash deb ataluvchi maxsus kodlash amalga oshiriladi.


Yüklə 125,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə