Mavzu: Kattalik. Predmetlar o‘lchanishini taqqoslashga o‘rgatish. Reja



Yüklə 349,23 Kb.
səhifə1/2
tarix26.05.2023
ölçüsü349,23 Kb.
#112914
  1   2
Mavzu Kattalik. Predmetlar o‘lchanishini taqqoslashga o‘rgatish




Mavzu: Kattalik. Predmetlar o‘lchanishini taqqoslashga o‘rgatish.
Reja.

  1. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarni kattaliklari bilan tanishtirish.



  1. Kichik guruhda bolalarni buyumlarning miqdor kattaliklari bilan tanishtirish.



  1. O‘rta garuhda bolalarni bolalarni buyumlarning miqdor kattaliklari bilan tanishtirish.



  1. Katta guruhda bolalarni buyumlarning miqdor kattaliklari bilan tanishtirish.



  1. Tayyorlov guruhda bolalarni buyumlarning miqdor kattaliklari bilan tanishtirish.


Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarni kattaliklari bilan tanishtirish.


Қайси дарахт баланд?
Қайси дарахт паст?

Maktab yoshidagi bolalarda bog‘chada elementar matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda dasturning “Kattalik” bo‘limida narsalarni kattaliklari bo‘yicha taqqoslash malakalarini, o‘lchash faoliyatlarini amalga oshirish, narsalarning shakllarini aniqlash va boshqa malakalarga katta ahamiyat beradi.
Mazkur ma’ruzada maktabgacha bo‘lgan yoshlarni kattaliklar, o‘lchash faoliyati, narsalarni shakl bilan tanishtirish uslubiyati yoritiladi hamda kattaliklarning asosiy xassalri ochib beriladi.
Kattaliklar matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar ma’lum o‘rinni egallaydi.
Har qanday buyumga to‘g‘ri to‘liq tavsifnoma berishda buyum kattaligining ahamiyati, uning boshqa asosiy xususiyatlarining ahamiyatidan kam emas. Taqqoslash asosidagina buyumning farqini aniqlash mumkin.
Rus matematik metodisti D.Galagin “Kattalik” tushunchasini ma’nosini bunday ifodalaydi. “Kattalik deb, buyum va harakatlarning shunday hususiyatiga aytiladiki, bu hususiyat bo‘yicha buyumlarning bir-biri bilan taqqoslay olamiz, bu hususiyat har xil buyumlarda har xil miqdorda bo‘lishi mumkin”. Buyumlar taqqoslashning mezonlariga ko‘ra ularning kattaliklari, tengligi yoki tengsizlik munosabati aniqlanadi. Ammo har doim ham buyumlar bevosita taqqoslanavermaydi. Biz ko‘pincha buyumlarning kattaliklarini o‘zimizda hosil bo‘lgan umumiy tasavvurlarda taqqoslaymiz. Bu o‘rinda idrok qilinayotgan buyumning kattaligi umumlashtirilgan obraz bilan taqqoslanadi, bu borada buyumlarni amalda farqlash tajribasi tugallangadek bo‘ladi.
Kattaliq shuningdek o‘zgaruvchanlik bilan ham xarakterlanadi. V.V.Davidov bunday leydi “O‘lchamlar-ob’ektning shunday holatiki, u ma’lum chegaralargacha o‘zgarib borib, aqalli berilgan alohida ob’ektni o‘zgartirsa ham, ammo uning tur, boshlang‘ich sifatini o‘zgartirmaydi”.
Kattalikning uchinchi xossasi nisbiylikdir. Haqiqatdan ham bir buyumning o‘z kattaligini bo‘yicha qanday buyum bilan taqqoslanayottaniga qarab, katta yoki kichik deb aniqlanishi mumkin. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, kattalik buyumning shunday xossasiki, uni buyumdan ajratib, alohida tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kattalikni buyumdan ajratib bo‘lmaydi.
Buyumning kattaligini idrok qilib, biz buyumning hajmi borasida to‘liq mo‘ljal (orientir) olamiz va shundagina uni “katta-kichik” so‘zlari bilan aniqlaymiz yoki alohida uzunliklarning (uzunligi, kengligi, balandligi) nisbati haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Bunda sub’ekt uchun har bir konkret holda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan uzunlik ko‘p holda kattalikni aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu holda kattalikning “baland”, “past”, “uzun”, “yo‘g‘on” kabi anik ta’riflaridan foydalanadilar (“Bolaga past stul kerak”, “Mashinalar keng yo‘ldan bormoqda”, “Baland archa sotib olishdi” va h.k.)

E’tibor bering!

Yüklə 349,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə