Mavzu: Klinikada qon bosimini o`lchashning fizik asoslarini o`rganish Ishdan maqsad



Yüklə 444,95 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü444,95 Kb.
#137292
  1   2   3
5-A.M Klinikada qon bosimimni o\'lchashning fizik asoslarini o\'rganish (1)


Mavzu: Klinikada qon bosimini o`lchashning fizik asoslarini o`rganish

Ishdan maqsad: Sfigmomanometr yoki sfigmotonometr yordamida arterial bosimni o‘lchash.
Kerakli asboblar: 1) Sfigmomanometr yoki sfigmotonometr 2) fonendoskop.

1) 2)
Nazariy qism
Tomirdagi qon bosimini o‘lchashning bir necha usullari bor. Masalan:
1. To‘g‘ridan – to‘g‘ri qon tomiriga igna kiritib, ignani ikkinchi tomonini rezina naycha bilan manometrga ulanib o‘lchanadi.
2.Yirik qon tomiriga ingichka katetr (ingichka polietilen naycha) kiritib uni ikkinchi uchi manometrga ulanadi va bosim o‘lchanadi.
3. Klinikada qo‘llaniladigan, qonsiz, qon bosimini o‘lchash usuli – Korotkov usulidir. Quyida qon bosimini o’lchovchi elektron asboblardan namunalar keltirilgan.


Ushbu amaliy mashg‘ulotda N.Korotkov usuli bilan qon bosimini o‘lchashni o‘rganamiz. Bu usul bilan o‘lchangan qon bosimi arteriyadagi qon bosimiga yaqin. O‘lchashlar yelka arteriyasining tirsakdan yuqori qismida olib boriladi. Manjeta (g‘ilofga joylashtirilgan rezina kamera o‘sha qismiga o‘raladi. Keyin noksimon havo haydagich yordamida manjetada kerakli bosim hosil qilinadi. Bu bosimning kattaligi manometrda kuzatiladi. N. Korotkov usuli manjeta bilan siqilgan arteriyadan qon oqayotganda hosil bo‘ladigan tovushlarni eshitishga asoslangandir. Arteriya to‘la berkilganda hech qanday tovush eshitilmaydi. Manjetadagi havo sekin pasaytirilganda esa tonlar eshitiladi. Bu tonlar arteriyaning va arteriya devorlarining vibratsiyasidan kelib chiqadi. Arteriyadagi birinchi ton bosimning maksimal qiymatiga to‘g‘ri keladi.va sistolik bosim deyladi. Keyinchalik manjetadagi bosim kamaygani sari shovqinlar oldin ko‘payib, so‘ng pasayadi va yana tonlar eshitiladi. Tonlarning qattiqligi pasayadi va nihoyat yo‘qoladi. Shu vaqtdagi bosim diastolik bosim deyiladi. Arerial bosimni o‘lchaydigan qurilma 3 qismdan iborat (1-rasm).

sfigmomanometr


sfigmotonometrdan


Yüklə 444,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə