Mavzu: kompyuterda qo‘shimcha ot ni yuklash uchun virtual box dasturini qo‘llash



Yüklə 0,5 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#142125
4.LABORATORIYA MASHGULOTLARINI UTKAZISH TEXNOLOGIYASI



Mavzu: KOMPYUTERDA QO‘SHIMCHA OT NI YUKLASH UCHUN VIRTUAL BOX DASTURINI QO‘LLASH.




Ishdan maqsad: Bir kompyuterda bir necha operatsion tizimni yuklash va sozlashni o‘rganish.
Laboratoriya ishlarini bajarish uchun topshiriqlar
1.Uslubiy ko‘rsatma bilan batafsil tanishing
2.Dasturni o‘rnatish va sozlash.
3.Qo‘shimcha OTni “VirtualBox” dasturi orqali yuklash.
Qo‘shimcha OTni yuklash uchun kompyuterlarni virtual tarzda ishlatish imkonini beruvchi, Oracle VM VirtualBox dasturini o‘rnatish, sozlash talab etiladi. VirtualBox dastur bepul xisoblanadi va bir nechta tillarda ishlaydi. Dasturni InnoTek korxonasi 2007 yili ishlab chiqargan. 2008 yili Sun Microsystem korxonasi uni sotib olgan va xozirgacha uni takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Ushbu dastur xozirgi kundagi deyarli barcha OT (Windows, Linux/Unix, Mac OS) larni virtual ravishda o‘z kompyuteringizda ishlatish imkonini beradi.
VirtualBox ning imkoniyatlari:x86-virtualizatsiya;
ko‘p-yadroviy va ko‘p protsessorlik imkoniyatlari;
audio qurilmalar bilan ishlash;
USB-xostlarni virtualizatsiyasi;
ishlash tezligi yuqoriligi va shu bilan birga kompyuter resurslariga talabi baland emasligi;
xar xil turdagi tarmoq ulanishlar bilan ishlash (NAT, Host Network, Bridge, Internal);virtual kompyuterlarni xolatlarini "rasmga" olib ularni saqlab qo‘yish imkoniyati (snapshots), va ularga virtual kompyuterni ortga qaytarish mumkinligi;
VirtualBoxdasturini sozlash va boshqarishni buyruqlar yordamida cmd orqali boshqarish imkoniyati.
Oracle VM VirtualBox dasturini o‘rnatish
Sizni OTga mos keluvchi VirtualBox dasturini quyidagi havolaga kirib, yuklab olishingiz mumkin:
https://www.virtualbox.org/wiki/Downloads
VirtualBox ni o‘rnatuvchini dasturini yoqamiz va oynada “Next” tugmasini bosamiz.
Keyingi qadamda dasturni qaysi komponentlarini yuklashni tanlashingiz mumkin. Avval boshdan barcha komponentlar o‘rnatiladi (bizga xam xammasi kerak), dasturni o‘zi esa avvalboshdan Program Files papkasiga o‘rnatiladi. Agar dasturni fayllarini boshqa joyga o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, shu oynadagi Browse tugmasini bosib, kerakli joyni tanlashingiz mumkin. «Next» ni bosamiz.
Keyingi qadamda dastur o‘rnatilganda uni yorliqlarini Ish stoliga va tez yoqish paneliga joylashtirish sozlanadi. «Next» ni bosib, keyingi qadamga o‘tamiz.
Keyingi qadamda o‘rnatish dasturi bizni dasturni o‘rnatish jarayonida, tarmoq interfeysi vaqtinchalik uzulishi mumkinligi xaqida ogoxlantiradi. Agarda bu vaqtda internetdan yoki tarmoq yordamida biron bir fayl ko‘chirayatgan bo‘lsangiz yoki ishingizni to‘xtatib turing, yoki yuklash jarayonini tarmoqni ishlatib bo‘lganingizdan so‘ng davom ettirishni tavsiya etaman. Oynada «Yes» ni bosib, ogoxlanitirshga rozilik beramiz.
Ushbu qadamda «Install» tugmasini bosib, dasturni o‘rnatish jarayoni boshlanadi.
Dasturni o‘rnatish jarayoni ancha tez amalga o‘tadi.
O‘rnatish jarayonida bir necha marotaba quyidagi oynalar ochilishi mumkin. Bunday xolatda, «Continue Anyway» tugmasini bosib, jarayonni davom ettiramiz. Bu oynaning chiqishi sababi, o‘rnatilayatgan drayverlar OT bilan qanchalik ishlashligi tekshirilmagan deb ogoxlantirilmoqda. shuni aytib o‘tishim lozimki, Windows XP SP3 ga o‘rnatayatganimda, bunday ogoxlantirishlar taxminan 9, 10 marta ochildi. Barchasiga «Continue Anyway» tugmasini bosdim.
Va nixoyat, dasturni o‘rnatish jarayoni tugallandi. «Finish» tugmasini bosib jarayonni tugatamiz va agar shu vaqtda Start Oracle VM VirtualBox 4.1.8 after installation tugmachasini belgilangan xolatda qolsa, VirtualBox dasturi, darxol ochiladi.
Mana VirtualBox dasturi ochildi. Ko‘rib turganimizdek, avvalboshdan uni interfeysi ingliz tilida.
Xoxlasangiz dastur tilini rus tiliga o‘girish mumkin. Buning uchun File menyusidan «Preferences»... bo‘limini bosamiz.
Ochilgan oynada chap tarafdan Language (til) bo‘limiga o‘tib, o‘ng tarafdagi tillar ro‘yxatidan «Русский» ni tanlab, OK tugmasini bosamiz. Shu zaxoti dasturni tili ruschaga o‘giriladi.
Keling yana Sozlashlar oynasini ochib, yana bir muxim narsani sozlab qo‘yamiz. Fayl menyusidan «Свойства» ni bosamiz. Oynada «Общие» bo‘limida joylashgan «Папка для машин» bo‘limi yordamida, yangi tuzilgan virtual kompyuterlarni fayllarini, sizni diskingizda saqlanadigan joyi ko‘rsatiladi. Avvalboshdan bu yerda xozir ishlab turgan foydalanuvchining «Мои документы» papkasida joylashgan VirtualBox VMs papkasi belgilangan. Lekin, virtual komyuterlarning xajmi ancha katta bo‘lishini xamda C: disk asosan OTni o‘zi uchun mo‘ljallanganligini inobatga olib, bu papkani D: yoki boshqa, bo‘sh joyi ko‘proq bo‘lgan diskda joylashgan papkaga o‘zgartirishni tavsiya etaman. Buning uchun, ro‘yxatni tushurish tugmasini bosib, «Другой» ni tanlanadi va kerakli joy ko‘rsatiladi. OK ni bosib, sozlashlar oynasini yopamiz.
Mana endi, yangi virtual kompyuter tuzishga tayyormiz. Buning uchun yuqorida turgan Sozdat tugmasini bosamiz. Shunda Yangi virtual kompyuter tuzish "мастер"ni ishga tushadi. «Вперед» tugmasini bosib, keyingi qadamga o‘tamiz.

Ushbu qadamda, Imya joyiga yangi tuzilayatgan virtual kompyuterga nom kiritiladi. Xoxlagan nom berishingiz mumkin. Tip OS bo‘limidan, bo‘lajak virtual kompyuterga o‘rnatilish mo‘ljallangan OT turi va versiyasi tanlanadi. Ushbu maqolada Microsoft Windows 8 OTmi tanlandi. «Вперед»ni bosib, jarayonni davom ettiramiz.
Keyingi qadamda, yangi virtual komyuter uchun operativ xotira miqdori belgilanadi. «Рекомендуемый размер» joyida dasturni o‘zi foydalanuvchiga tanlangan OT uchun taxminan qancha miqdorda Operativ xotira ajratish lozimligini maslaxat tarzida keltiriladi va avvalboshdan o‘sha miqdor belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Xoxlasangiz uni o‘zgartirishingiz mumkin. Ya’ni bu yerda sizni kompyuterda mavjud bo‘lgan umumiy Operativ xotira miqdori ko‘rsatilgan. shu miqdordan qanchasini virtual kompyuterga berishingizni belgilaysiz. Extiyot bo‘ling, operativ xotirani juda ko‘p miqdorda belgilab qo‘ysangiz, virtual kompyuterni ishlashida, o‘zingiz ishlab turgan OT juda sekin ishlashi mumkin, chunki uning o‘ziga Operativ xotira yetarli bo‘lmaydi. «Вперед» tugmasini bosib, keyingi qadamga o‘tamiz.
Keyingi qadamda virtual kompyuterni yuklanuvchi diski ko‘rsatiladi. Ko‘p xolatlarda bu yerda xech narsani o‘zgartirmasdan «Вперед» tugmasi bosiladi.
Ushbu qadamdan boshlab, yangi virtual kompyuterimiz uchun yangi virtual qattiq disk tuzish "мастер" ishga tushadi. Birinchi qadamda, virtual qattiq disk turini belgilanadi. Buning sababi, xozirgi kunda virtual komyuterlar bilan ishlash imkonini beruvchi bir nechta dasturlar mavjud va tabiiyki ularni qattiq disklarini ifoda etuvchi fayllari xam xar xil turda. Bu qadamda, o‘zimizga kerakli virtual qattiq disk turini tanlaymiz va «Вперед» tugmasini bosamiz.

Keyingi qadamda virtual qattiq disk fayli o‘lchami qanday bo‘lishi sozlanadi. Agarda «Динамический виртуальный диск» xossasini tanlasak, qattiq disk fayli, undagi ma’lumotlarni o‘sishi jarayonida o‘sib boradi, (ammo joy kamayishi bilan kichiklashmaydi). Bordiyu «Фиксированный виртуальный диск» xossasini tanlasak, qattiq disk faylini o‘lchami avvaldan ko‘rsatilgan xolatda tuziladi. Buning uchun biroz ko‘proq vaqt talab etiladi, lekin ishlash jarayonida dinamik diskdan ko‘ra tezroq ishlaydi. Men maqola uchun dinamik virtual disk turini tanladim. «Вперед»ni bosib keyingi qadamga o‘tamiz.
Ushbu qadamda virtual kompyuterni qattiq diskini joylashish joyi va uni o‘lchami sozlanadi. Agar qattiq diskni joylashish joyini boya sozlashlar oynasidan boshqa joyga ko‘chirmoqchi bo‘lsangiz, papka rasm tushirilgan tugmani bosib, kerakli joyni ko‘rsatishingiz mumkin. Oyna ostida, virtual qattiq diskni o‘lchami belgilangan. Ko‘rib turganimizdek, avvalboshdan u yerda 20 GB turibdi. Men uni o‘zgartirmasdan Vpered tugmasini bosdim.
Mana qattiq diskni tuzish " мастер"ni xam o‘z nixoyasiga yetdi, «Создать» tugmasini bossak, kompyuterimizni virtual qattiq diski tuziladi. Va ortdagi virtual kompyuterni tuzish "мастер"ini ishi xam yakunlandi, u yerda xam Create tugmasini bosib, yangi virtual kompyuterni tuzish jarayonini yakunlaymiz.
Asosiy oynani chap tarafida, virtual kompyuterimiz ro‘yxati keltiriladi. Va o‘ng tarafda, shu ro‘yxatdan tanlangan virtual kompyuter xaqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bizda xozirga bitta Mening Windows 8 deb nomlangan virtual kompyuterimiz mavjud. Uni ishlatib yuborish uchun, ro‘yxatdan uni tanlagan xolatda, yuqoridagi «Start» tugmasini bosamiz.
Shunda virtual kompyuterni eng birinchi marta yoqish "мастер"ni ishga tushadi. Xavotir olmang, bu jarayon faqat bir marta, tez o‘tadi. «Вперед»ni bosamiz.

Ushbu qadamda, yangi virtual kompyuter uchun yuklovchi OTni fayllarini qaerda joylashganligi ko‘rsatiladi. Agarda virtual kompyuterga o‘rnatmoqchi bo‘lgan OTmingiz fayllari DVD yoki CD diskda joylashgan bo‘lsa, diskni qurilmaga solish lozim, va «Носитель» dagi ro‘yxatdan o‘sha qurilmani xarfini tanlanadi. Bordiyu, yuklanayatgan OT fayllari "образ" turidagi .iso, .nrg fayllar ko‘rinishida bo‘lsa, «Носитель» bo‘limidagi kichik tugmachani bosib, dasturga o‘sha faylni ko‘rsatib yuborish lozim.


Men Windows 8 OTni Consumer Preview versiyasini yuklab olgan edim va uni ko‘rsatib yubordim.

Keyingi qadamda «Продолжить» tugmasini bosamiz.


Va nixoyat, virtual kompyuterimizga Otni yuklash jarayoni boshlanadi va bundan buyog‘iga OTni o‘rnatish jarayoni uni oddiy kompyuterga o‘rnatilishidan umuman farq qilmaydi.

Virtual kompyuter bilan ishlashda ba’zi maslaxatlar:
Virtual kompyuterni butun ekranga ochish uchun xam, butun ekrandan oynaga qaytish uchun xam o‘ng Ctrl va F klavishalari bosiladi.
Sichqoncha kursorini virtual kompyuterga o‘tkasiz uchun, virtual komyuter ekraniga xoxlagan joyiga bosiladi.
Kursorni yana orqaga, o‘zingizni OTga olish uchun esa, o‘ng Ctrl klavishasi bosiladi.

Virtual kompyuter to‘liq ekranda ishlab turishi jarayonida, sichqonchini ekranni eng ostiga olib kelsangiz xam, virtual kompyuterni sozlashlari paneli ochiladi.
Virtual kompyuter oynasini ositda, undagi virtual qurilmalarni ishlashini ko‘rsatib beruvchi panel mavjud. Shu paneldagi qurilma rasmchalariga o‘ng tugmani bosib, qurilmani boshqarishingiz mumkin.
Virtual kompyuterni o‘chirishni 3 xil yo‘li mavjud.
«Сохланить состояние машины» - virtual kompyuterni ishlab turgan xolatini saqlab qo‘yish. Keyingi safar yoqganingizda virtual kompyuter ishlashi aynan shu xolatdan boshlab davom etadi.

«Послать сигнал завершения» - unga o‘sha OT uchun standart bo‘lgan o‘chirish signalini yuborish. “Выключить машину” - virtual kompyuterni batamom o‘chirish (ya’ni xuddi oddiy kompyuterni "tok" dan olib qo‘ygandek).

Nazorat savollari



  1. OT va drayver dasturlari nima?

  2. OT va drayver dasturlari qanday o‘rnatiladi?

  3. OT klassifikatsiyalarini sanab bering?

Adabiyotlar va manbaalar

1.Abraham Silberschatz " Operating System Concepts, 6th Edition " p. 31 - 47


2. Ron Mensfild. Windows для занятых. S-Peterburg, Piter, 1997 г.
3. Windows, руководство пользователя.
4. V. Leontev. Новейшая энциклопедия PK. M. «Olma-press образование», 2005.
5.www.Wikipedia.ru
6. www.Tashiit.uz
Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə