Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə11/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

Sotish qiymati asosiy vositalarni bitim paytida manfaatdor taraflar o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan summadir.
Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida paydo bo‘ladigan aktivlarning taxmin qilinayotgan qiymatidir.
Qoldiq qiymati aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamg‘arilgan amortizatsiyani chiqarib tashlangan holda asosiy vositalarning dastlabki yoki joriy qiymatidir.
O‘rnini qoplash qiymati korxona aktivdan keyinchalik foydalanish hisobiga qoplashni mo‘ljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati.
Asosiy vosita pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda ikkilamchi bozorda faol ishlayotgan shu singari aktivda aniqlangan bozor narxi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin.
Asosiy vositani xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘zi tomonidan yaratilgan va uni yaratish chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan hollarda asosiy vosita haqiqiy tannarx bo‘yicha aks ettiriladi.
Ba’zi vaqtlarda asosiy vositalarni qayta baholashga ehtiyoj tug‘iladi. Asosiy vositalarni qayta baholaganda asosiy vositaning butun zanjiri qayta baholanishi kerak. O‘ayta baholash natijasida asosiy vositaning balans qiymati ko‘paygan holda ushbu ko‘payish avvalgi bahodan oshadigan summada 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» hisobvarag‘ining kreditida aks ettirilishi lozim. O‘ayta baholash natijasida asosiy vositaning balans qiymati kamaygan bo‘lsa, bu kamayish avvalgi bahodan oshadigan summada xarajat sifatida tan olinadi.
5-Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. 5- sonli BHMAda asosiy vositalarga qanday ta’rif berilgan?

  2. Asosiy vositalar natural-moddiy tarkibiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?

  3. Mashina va jihozlarga nimalarni kiritish mumkin?

  4. «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMAga binoan asosiy vositalar qanday baholarda baholanadi?

  5. Asosiy vositalarning sotish qiymati nima?




Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə