Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə18/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash. Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi.
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash jadvali

Yillar

Balans qiymati

Yillik amortizatsiya summasi

Jamg‘arilgan . amortizatsiya

Qoldiq . qiymati

1-yil

50000

(40*50000)=20000

20000

30000

2-yil

50000

(40*30000)=12000

32000

18000

3-yil

50000

(40*18000)=7200

39200

10800

4-yil

50000

(40*10800)=4320

43520

6480

5-yil

50000

4480

48000

2000



Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash. Kumulyativ usul (yillar yig‘indisi usuli)da har yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanayotgan qiymatning bo‘lagi sifatida belgilanadi. Bo‘lak amortizatsiya hisobining tugagunicha qolgan to‘liq yillar yig‘indisini amortizatsiya muddatini belgilaydigan yillarning tartib soniga bo‘lib aniqlanadi.
5 yil foydalanish muddatiga mo‘ljallangan asosiy vositalar uchun yillik raqamlar yig‘indisi quyidagicha bo‘ladi:


5+4+3+2+1=15 yil.

Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash jadvali



Yillar

Balans qiymati

Yillik amortizatsiya summasi

Jamg‘arilgan amortizatsiya

Qoldiq qiymati

1-yil

50000

(5/15*48000)=16000

16000

34000

2-yil

50000

(4/15*48000)=12800

28800

21200

3-yil

50000

(3/15*48000)=9600

38400

11600

4-yil

50000

(2/15*48000)=6400

44800

5200

5-yil

50000

(1/15*48000)=3200

48000

2000

Jadvallardan ko‘rinib turibdiki, amortizatsiya hisoblashning oxirgi ikki usulida asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari ob’ekt xizmat muddatining oxirida hisoblangan amortizatsiya qiymatidan ortiq bo‘ladi


Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun hisobvaraqlar rejasida quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
0211-«Yerni obodonlashtirishning eskirishi»;
0212-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olinib o‘zlashtirilgan asosiy vositalarning eskirishi»;
0220-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalarning eskirishi»;
0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi»;
0240-«Mebel va ofis jihozlarining eskirishi»;
0250-«Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi»;
0260-«Transport vositalarining eskirishi»;
0270-«Ish hayvonlarining eskirishi»;
0280-«Ko‘p yillik ekinlarning eskirishi»;
0290-«Boshqa asosiy vositalarning eskirishi»;
0299-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi».
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida asosiy vositalarga hisoblangan va hisoblanayotgan eskirish summalari ko‘rsatiladi. Hisobvaraqlarning debetida asosiy vositani hisobdan chiqarish paytida unga hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblanganida, eskirish summalari xarajatlarga o‘tkaziladi. Eskirish summasi ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkazilganida quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari
K-t Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Agarda eskirish davr xarajatlariga o‘tkazilsa quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlar»
K-t Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.



Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə