Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə4/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

Material bo‘limi. Bu yerda sotib olingan material qiymatliklari, material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblar, materiallarni saqlash va foydalanishi bo‘yicha kirimi hamda sarflanishi hisobi yuritiladi.

  • Hisoblashish bo‘limi. Dastlabki hujjatlarga asosan ish haqini hisoblash va undan ushlanmalar bo'yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi.

  • Ishlab chiqarish-kalkulyatsiya bo‘limi. Bu bo‘limda barcha turdagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi hamda hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi.

  • Umumiy bo‘lim. Bu bo‘limda yuqorida sanab o‘tilgan bo‘limlarda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi.

    Korxonalardagi buxgalteriya apparatining ish sharoitlari har xilliligiga muvofiq ravishda ularning tuzilmasi ham har xil bo‘ladi.
    Korxona buxgalteriyasi mustaqil bo‘lim hisoblanib, uning bir nechta hisob ishlari bilan shug'ullanuvchi bo‘linmalari bor. Ayrim katta korxonalarda taftish-metodologik guruh ham tashkil qilinadi. Bular buxgalteriya apparati xodimlariga ko‘rsatmalar berish, yozma yo‘riqnomalar tayyorlash, muayyan korxonaga qarashli hamma tarmoqlarni taftish qilish va buxgalterlarning malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.



    Hisob yuritish siyosati deganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish hamda tuzish uchun qo‘llaniladigan usullar majmui tushuniladi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS asosida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi.
    Xo jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati, foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli, ishonchli, tushunarli va oddiy bo‘lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak.
    Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo‘nalishi bo‘yicha subyektning hisob yuntish siyosati shakllantirilishida O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to’g'risidagi qonun hujjatlarini qo'llash lozim.
    Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta’sir etadi:

    • mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;

    • faoliyat turi yoki tarmoq bo'ysinuvi;

    • ishlab chiqarish ko’lami hamda ishchi xodimlar soni;

    • soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh. k);

    • bozor munosabatlariga o’tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi;

    • moliya-xo’jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;

    • boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;

    • korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimi mav- judligi;

    • buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining tashabbuskorligi;

    • moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy javobgarlik tizimi.

    Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab qo'llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt birinchi hisobotini e’lon qilgunga qadar, o‘zi tanlagan hisob yuntish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o’zgartirilmaydi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati 1-son BHMAning 16-50-bandlarida va «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi kerak.


    Yüklə 2,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə