1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma





1
Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun 
ixtisoslashtirilgan 
(aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) 
maktab va maktab-internatlarining
5-sinflar uchun 
“Tarbiya” 
fanidan 
METODIK QO‘LLANMA 
 
 
 
 
Tuzuvchi:
Begmatov Xayrullo – Namangan viloyati, 
To‘raqo‘rg‘on 
tumani, 
48-sonli 
maxsus 
maktab-internati “Tarbiya” fani o‘qituvchisi.

 
 
 
 
 


2
So‘z boshi 
Tarbiya biz uchun
yo hayot – yo mamot,
yo najot – yo halokat,
yo saodat – yo falokat masalasidir 
Abdulla Avloniy 
Bugungi kunda alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarni davr bilan 
hamnafas holda ta’lim-tarbiya berish maxsus ta’limning eng muhim 
vazifalaridan hisoblanadi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni mustaqil 
hayotga tayyorlash, ularni jamiyatga moslashish va sog‘lom tengqurlari 
qatorida o‘z o‘rnini topishlarida ko‘maklashish lozim. Ushbu o‘quv-
metodik qo‘llanma tarbiya fanidan tuzilgan dastur asosida “Alohida talim 
ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar”ning yoshini, aqliy va jismoniy 
rivojlanishini hisobga olgan holda tuzildi.
Tarbiya fanining - maqsad va vazifalari: tarbiya muayyan, aniq 
maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har 
tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib 
toptirish jarayonidir.
Alisher Navoiy bobomiz: “Aql ila olam yuzin obod qil, xulq ila olam 
elini shod qil” – deb bejiz aytmaganlar. Yosh avlod ta’lim – tarbiyasi 
ularni mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topib, davlat va jamiyatga manfaat 
keltiradigan mustaqil fikrga ega bo‘lishdir. Ushbu o‘quv qo‘llanmada 
buyuk shaxslar, mutafakkir, muhaddis olimlarning asarlaridan, ma’naviy 
meroslaridan namunalar keltirilgan.
Dars jarayonida o‘qituvchi mavzularni yoritishda hikoya qilish, 
suhbat, muammoli vaziyat, taqqoslash, ko‘rgazmalilik va boshqa 
metodlardan ayniqsa, AKTdan foydalansh tavsiya etiladi. Hikmatli 
so‘zlarni yodlash, ularni ma’nosini anglab yetish o‘quvchilarni so‘z 
boyligini oshirib tafakkurini kengayishiga xizmat qiladi.



Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə