1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun


• So‘z kishining o‘zagi, odob kishining bezagi.  • Kattaga hurmat qarz, kichikka salom farz



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

17

So‘z kishining o‘zagi, odob kishining bezagi. 

Kattaga hurmat qarz, kichikka salom farz.
 
 
1.Nima uchun insonlar bir-birlariga salom beradilar?
2. “Assalomu alaykum” so‘zining ma’nosi nima?
3. Siz salom birishni odat qilganmisiz?
 
 
 
 

 
Hikmatli so‘zlarni yod oling.
 
Muloyimlik va qo‘pollik (2 soat
)
Muloyimlik ota-ona, oila a’zolari, va boshqa insonlar bilan 
bo‘ladigan munosabatlarda ularni ko‘ngliga ozor bermay, yumshoq 
muomala 
qilishdir. 
Muloyimlik 
inson 
xulqining 
eng 
go`zal 
namunalaridan bo‘lib, qayerda muloyimlik bo‘lsa, shu joyda ahillik, 
inoqlik, fayz-baraka bo‘ladi. 
Muloyim, kichik ko‘ngil, kamtar insonlarni hamma yaxshi ko‘radi. 
Hamma ular bilan yaqin do‘st bo‘lishga harakat qiladi. Inson jamiyat 
a’zolariga, jonivorlarga, tabiatga ham muloyimlik bilan muomala qilishi 
kerak. Qo‘pollik bilan bitmaydigan ishlar muloyimlik bilan bitadi. 
Qo‘pollik bu muloyimlikning aksi bo‘lib, o‘zgalar qalbiga o‘z 
muomalasi, xatti-harakati bilan ozor berish, dilini og‘ritishdir. Qo‘pollik 
bor joyda urush-janjal, bir-birini tushunmaslik, mensimaslik holatlari 
bo‘ladi. Bu esa inson hayoti, uning kelajagi, oila va jamiyat taraqqiyotiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa ota-ona, ustoz, ko‘ngli yarim insonlarga 
qo‘pol muomala qilish og‘ir gunoh hisoblanadi.


18

Gapirsang chiroyli gapir, bo‘lmasa jim tur. 

Qo‘pol insonni do‘sti bo‘lmas.
Beparvolik
 
 
Karima opaning ikki o‘g‘il farzandi bo‘lib, birisining ismi Tolibjon, 
ikkinchisining ismi Boburjon edi. Boburjon kichik bo‘lishiga qaramay 
tabiatan muloyim, kichik ko‘ngil, mehribon edi. Tolibjon esa qo‘pol, 
qaysar, badfe’l bola edi. Kunlarning birida, Karima opa o‘gli Tolibjonga 
“O‘g‘lim, tovuqlaringni don suvini berib qamab qo‘ygin” –deb bir ish 
bilan ko‘chaga chiqib ketdi. Tolibjon esa har kungiday o‘yin bilan ovvora 
bo‘lib, onasining aytgan so‘zlari yodidan ko‘tarildi. Karima opaning 
ko‘chadagi yumushlari ko‘payib, uyiga biroz kech qaytdi. Qarasa 
tovuqlarining ikkitasini mushuk yeb ketibdi. Bundan jahli chiqib, o‘g‘li 
Tolibjonni koyiy boshladi. Tolibjon esa onasiga “ikkita tovuq uchun 
shunchalikmi”, -deb unga gap qaytardi. Qo‘pol muomala qilib, onasining 
dilini og‘ritdi. 


19
Buni ko‘rib turgan Boburjon “Bu nima qilganingiz aka, onamizni 
xafa qilib qo‘ydingizku. Farzand onasiga shunday muomala qiladimi?” –
dedi. Boburjon onasining oldiga borib “Onajon, qo‘ying bu ishlarni
bugundan boshlab tovuqlarga o‘zim qarayman, sizni endi hech qachon 
xafa qildirmayman” –deb onasining quchog‘iga o‘zini otdi. Tolibjon 
qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, onasidan kechirim so‘radi. Karima 
opaning onalik mehri jo‘shib, bolasining xatosini kechirdi.
1. Muloyimlik nima? 
2. Qo‘pollikning oqibatlarini aytib bering.
3. Tolibjon nima uchun onasidan uzr so‘radi? 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə