1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun


• Libos millatning ko‘zgusidir.  • Daraxt yer ziynati, kiyim el ziynati.  Do‘ppi voqeasi



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

14

Libos millatning ko‘zgusidir. 

Daraxt yer ziynati, kiyim el ziynati. 
Do‘ppi voqeasi 
 
Muzaffar ilm olish niyati bilan Turkiya davlatiga yo‘l oldi. U doimo 
ozoda, orasta kiyinar, o‘zbek milliy kiyimi bo‘lmish do‘ppi kiyib yurishni 
odat qilgan edi. 
Turkiya aeroportida tushib, yo‘lning chetida turgan taksilarning 
biriga o‘tirdi. Mashina manzili tomon harakatlana boshladi.
Mashina 
ichida 
ikki 
kishi 
bo‘lib, 
ularning 
biri: 
“Siz 
O‘zbekistondanmisiz”? -deya savol berdi. Muzaffar: “Ha shunday” –deb 
javob berdi. Ikkinchi sherigi esa: “Yurtingiz juda go‘zal, yurtingizda 
mehmondo‘st, samimiy, bag‘rikeng insonlar ko‘p ekan” - deya tarifladi.
Bu gaplardan taajjubga tushgan Muzaffar: “Sizlar meni O‘zbekligimni 
qayerdan bildingiz?”- deb so‘radi.


15
Ular bir yil avval O‘zbekistonga sayyoh bo‘lib kelgani va 
yurtimizda bir necha kun turganini so‘zlab berdilar. Ayniqsa, yoshlarni 
boshida do‘ppilari borligini ko‘rib ko`zlari quvonganini zavq bilan 
esladilar. Hatto o‘zbek do‘ppilaridan xarid qilib, esdalik uchun suratga 
ham tushishgan ekan. O‘z yurti haqida bunday ijobiy fikrlarni eshitib 
Muzaffarning ko‘ngli tog‘day ko‘tarildi. Ona yurtiga nisbatan qalbida 
g‘urur - iftixor tuyg‘ulari kuchaydi.
 
 
 
 
1. Kiyim kiyishdan asosiy maqsad nima?
2. Milliy kiyimlarimizga nimalar kiradi?
 
3. Muzaffarni O‘zbekistondan ekanligini qayerdan bildilar? 
 

Hikmatli so‘zlarni yod oling. 




16
Salom berish fazilati (2 soat)
Salom berish insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri hisoblanadi. 
Har bir ota - ona farzandiga tarbiya berar ekan, eng avvalo, salomlashishni 
o‘rgatadi. Jahonda odobning bu jihatiga e’tibor bermaydigan biron bir 
millat yoki xalq yo‘q. Dono xalqimiz “Gapning boshi-kalom, odob boshi 
-salom”deb 
bejiz 
aytmagan. 
“Assalomu 
alaykum!” 
o‘zaro 
munosabatlarning boshidir. Uni qancha samimiy, muloyim aytsangiz, 
munosabatga shunchalik iliqlik, samimiyat, ochiqko‘ngillik o‘rnashadi. 
Salom –alikni oshkora aytishning yana bir sehrli kuchi bor. U kishilar 
orasida muhabbat paydo etib, o‘rtadagi gina va kuduratlarni ketkazadi. 
Biron notanish kishi bilan ko‘rishib tanishmoqchi bo‘lsangiz, salom 
berishingiz bilan gap gapga qovushadi, o‘rtadagi begonasirash, 
noqulaylik barham topadi. Hatto sizni yoqtirmaydigan insonga ham 
“Assalomu alaykum” “sizga tinchlik – omonlik bo‘lsin” desangiz, u 
jahlidan tushadi, ko‘ngli sizga moyillashadi. 
Salom berish va alik olish xususida quyidagilarga amal qilishimiz 
lozim: 

Oila a’zolaringiz huzuriga ya’ni uyingizga salom berib 
kiring; 

Salom to‘liq, so‘zlarini buzmay, odob bilan beriladi; 

Notanish kishilarga ham salom berish joiz

Piyoda ketayotgan odam o‘tirganga;

Kichiklar kattalarga, ozchilik ko‘pchilikka, salom berishi
lozim. 



Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə