1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

Vatan
 
Vatan mening onamsan, issiq quchog‘ing,
Olamda yagonasan, aziz tuprog‘ing.
Kelajaging buyukdir, yashna doimo,
Vatanim seni bugun, tanidi dunyo. 
 
1. Vatan deganda nimani tushunasiz?
2. Nima uchun “Ona Vatan” deyiladi?
3.Vatan tuyg‘usini tushuntirib bering. 
O‘z uyingiz, maktabingiz hayotingizda qanchalik muhimligini 
so‘zlab bering. 


6
Tinchlikni asrab avaylash (2-soat) 
Tinchlik insonga berilgan ne’matlar ichida eng qadrlisi hisoblanadi. 
Qaysi mamlakatda tinchlik-xotirjamlik, osoyishta hayot hukm surganda, 
shu mamlakat rivojlanadi, gullab yashnaydi. Tinchlikni ta’minlash, uni 
asrab avaylash har bir fuqoroning burchidir. Yurtimiz sarhadlarini tunu-
kun himoya qilayotgan vatan posbonlariga havas qilmaydigan inson 
bo‘lmasa kerak. Tinchlikni ta’minlash uchun har kim o‘z imkoniyatidan 
kelib chiqib harakat qiladi. Misol uchun siz uyingizni, maktabingizni 
himoya 
qilishimkoniyatiga 
egasiz. 
Uyingizga 
begona 
odamni 
kirgizmaysiz. Maktabingizda shubhali insonni ko‘rsangiz ustozlarga 
xabar berishingiz kerak. 
Bu vatan bizga ota-bobolarimizdan merosdir. Shu vatanda 
yashovchi har bir inson ona yurtining tinchligi, obodligi, farovonligi 
uchun o‘z hissasini qo‘shishi lozim.

Qo‘shning tinch - sen tinch. 

Tinchlik bilan el ko‘karar, yomg‘ir bilan yer. 
Vatanga sadoqat
Ibrohimning dadasi Ismoil aka ichki ishlar bo‘limida maxsus 
vazifada ishlaydi. Mahallamiz yoshlari bu insonga havas nazari bilan 
qarashadi. Uning hayoti doimo yurt tinchligini ta’minlash, insonlarga 
yaxshilik qilishdan iborat. Bir necha bor turli ko‘rinishdagi jinoyatlarni 


7
aniqlash, ularni oldini olish jarayonlarida qatnashgan.
Bir safar chegara po‘stida bir guruh qurollangan jangarilarning 
yovuz niyatini payqab qolgan. Ularning niyati yurtimizga bostirib kirib, 
tinch aholini mol-mulkini talash, xalqning tinchligini buzish bo‘lgan. 
Ismoil aka o‘z sheriklari bilan bu “Gazandalarni” barchasini jinoyat 
ustida qo‘lga tushirgan. Bugungi kunda bu jinoyatchilar qonun oldida 
javob berib, o‘z qilmishlariga yarasha jazo olmoqdalar.
Ismoil akaning mardligi, ziyrakligi, vatan oldidagi burchini a’lo 
darajada bajarganligi uchun “Jasorat” ordeni bilan taqdirlangan. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə